5. Tajriba mashg’ulot. Diоdli lampani o`chirib-yoqish dasturlarini tuzish va sоzlash. Ishdan maqsad
Download 307.62 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq5-tajriba
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-keys. Mayoqni bir maromda yoqib-o‘chiradigan mikrokontrollerni dasturlash muammosini hal qiling.
5.Tajriba mashg’ulot. Diоdli lampani o`chirib-yoqish dasturlarini tuzish va sоzlash. Ishdan maqsad: Amaliy mashg’ulotda axborot texnologiyalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akademik guruhda alohida o’tiladi. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, aqliy xujum, yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo’llaniladi. Talabalarga Diodli lampani boshqarish dasturlarini tuzish va sozlash xaqida umumiy tushuncha beriladi va bilim ko’nikma hosil qilish. 1-keys. Mayoqni bir maromda yoqib-o‘chiradigan mikrokontrollerni dasturlash muammosini hal qiling. Ushbu masalani hal qilishni uni tahlil qilishdan boshlaymiz. Mikrokontroller nuqtai-nazaridan mayoqni bir maromda yoqib-o‘chirish degani – bu lampaga elektr energiyasini berish, bir oz vaqt yoniq holatda ushlab turish, keyin energiyani o‘chirish, bir oz vaqt o‘chiq holatda ushlab turish va bu siklni doimiy ravishda takrorlash degani. Demak ushbu jarayonni biz quyidagi algoritm ko‘rinishda tasvirlashimiz mumkin: 1. Kerakli ma’lumotlarni olish. 2. Elektr toki yuboriladigan kanalni tanlash. 3. Tanlangan kanal orqali lampaga tok (signal) yuborish. Bunda mayoq lampasi yonadi. 4. Ma’lum vaqt kutib turish. 5. Tanlangan kanal orqali lampaga ketayotgan tokni uzish. Bunda mayoq lampasi o‘chadi. 6. YAna ma’lum vaqt kutib turish. 7. 3-vazifaga qaytish. Ushbu algoritmdan anglash mumkinki, 3 dan 7 gacha bo‘lgan vazifalar hech qanday shartlarsiz doimiy ravishda takrorlanib turaveradi. Bu jarayon faqat mikrokontroller energiya manbaidan uzilgan taqdirdagina to‘xtaydi. YUqoridagi algoritmning dastur kodini yozishdan avval Arduino tipidagi mikrokontrollerning C++ tilidagi boshqaruv dasturining strukturasini o‘rganib olamiz. U quyidagi strukturaga ega bo‘lishi kerak. #include Global o‘zgaruvchilar tavsifi. void setup() { Funksiya tanasi. } void loop() { Funksiya tanasi. } Struktura bo‘limlari vazifalari bilan batafsil tanishamiz. #include Bu yerda boshqaruv jarayonida foydalaniladigan qurilmalar (sensorlar, dvigatellar va xokozo) uchun yaratilgan funksiyalar kutubxonalari dasturga ulab olinadi. Bizning joriy masalamizda faqat lampadan foydalanilayotganligi sababli dasturda ushbu bo‘limning qatnashishi shart emas. CHunki, lampaga elektr toki yuborilsa bas, u maxsus topshiriqsiz yonaveradi. Global o‘zgaruvchilar tavsifi. Bu erda dastur tanasida foydalanilishi mumkin bo‘lgan farcha bir funksiya ichida qayta tavsiflash kerak emas. void setup() { Funksiya tanasi. } Bu mikrokontrollerning bir ish seansi (u energiya manbaiga ulangandan boshlab, toki o‘chirilmagunga qadar) davomida faqat bir marta bajariladigan funksiya bo‘lib, u asosan mikrokontrollerni ishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Masalan, bizning joriy masalamizda mikrokontrollerning birorta kanalini (kelgusida uni “pin” deb ataymiz) signal chiqish kanali deb belgilab olamiz. void loop() { Funksiya tanasi. } Bu funksiya asosiy boshqaruv funksiyasi bo‘lib, uning tanasi doimiy ravishda takror va takror bajarilib turadi. Ushbu funksiya ichidan tashqariga chiqib, ortga qaytish mumkin emas. Uning ishlash jarayonini vaqtincha tuxtatib turish (pauza) yoki batamom to‘xtatish mumkin. Oxirgi holatda mikrokontroller hech kanday vazifa bajarmay qo‘yadi va befoyda yonib turadi xolos. Endi ushbu strukturadan foydalanib, yuqorida keltirilgan algoritm dasturi kodini yozamiz. // Global o‘zgaruvchilarni tavsiflaymiz // Lampaga “led” o‘zgaruvchi nomini beramiz va // uni mikrokontrollerning 2-piniga ulaymiz. Download 307.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling