5
Talaba tomonidan barcha berilgan savollarga javoblar keltirilgan. Ma’lumotlar tushunarli. Javob berishda talaba mustaqil o’z fikrlarini bayon qilgan, ijodiy fikrlagan, savollarning mohiyatini tushungan holda javoblar keltirib o’tgan. Asosiy tushunchalarga ta’rif berilib mazmuni yoritilgan. Umumiy xulosalar shakllantirilgan. Savollar mazmunini yoritishda misollar ham keltirilgan. Xulosa, talaba fan haqida ham nazariy, ham amaliy bilimlarga ega.
4
Talaba tomonidan barcha berilgan savollarga javoblar keltirilgan. Ma’lumotlar tushunarli. Talaba fikrlarini mustaqil bayon qilishga harakat qilgan, berilgan savolning mazmuni haqida tushunchaga ega. Asosiy tushunchalar ta’rifi keltirilgan, biroq mazmuni to’liq yoritilmagan. Umumiy xulosalar shakllantirilgan. Savollar mazmunini yoritishda misollar keltirilmagan. Xulosa, talaba fan haqida umumiy tushuncha va bilimlarga ega.
3
Talaba tomonidan barcha berilgan savollar mazmuni to’liq yoritilmagan. Keltirilgan ma’lumotlar qo’shimcha izohni talab etadi. Asosiy tushunchalar mazmuni yanada kengroq yoritilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Talaba savollar mohiyati haqida qisman tushunchaga ega. Umumiy xulosalar shakllantirilmagan. Xulosa, talaba fanga oid ma’lumotlarni qoniqarli darajada o’zlashtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |