Annotatsiya: Ushbu maqola orqali XIX asrda O`ra Osiyoda yashab ijod qilgan olimlarnig musiqaga doir fikrlari va qo`lyozmalari bilan tanishasiz


Download 19.59 Kb.
bet1/2
Sana17.12.2022
Hajmi19.59 Kb.
#1025932
  1   2
Bog'liq
XIX asrlarda Olimlar


XIX asrda O`rta Osiyoda yashagan olimlar va ularning musiqaga oid fikrlari.
Andijon Davlat Universiteti San`atshunoslik fakulteti talabasi
Ibrohimova Nasibaxon Rahimjon qizi
nasibakhonibrohimova@gmail.com +998950690270

Annotatsiya: Ushbu maqola orqali XIX asrda O`ra Osiyoda yashab ijod qilgan olimlarnig musiqaga doir fikrlari va qo`lyozmalari bilan tanishasiz. Nafaqat olimlarning fikrlari balki anasgu davrda xalqning orasidagi san`at va madaniyatga qaratilgan e`tiborni ham bayon qilishga harakat qilganmiz.

Kalit so`zlar: O`rta Osiyo, Musiqa , Olimlar, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Darvesh Ali Changiy, Rodakiy, musiqa, tarix, san`at .

Annotation: Through this article, you will get acquainted with the thoughts and manuscripts of the scientists who lived and worked in Central Asia in the 19th century. We have tried to express not only the opinions of scientists, but also the attention paid to art and culture among the people in that period.

Key words: Central Asia, Music, Scientists, Abu Nasr Farabi, Abu Ali ibn Sina, Darvesh Ali Changi, Rodaki, music, history, art.

Аннотация: Благодаря этой статье вы познакомитесь с мыслями и рукописями ученых, живших и работавших в Центральной Азии в 19 веке. Мы постарались выразить не только мнение ученых, но и то внимание, которое люди того периода уделяли искусству и культуре.

Ключевые слова: Центральная Азия, музыка, ученые, Абу Наср Фараби, Абу Али ибн Сина, Дарвеш Али Чанги, Родаки, музыка, история, искусство.
O`rta Osiyoda yashagan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga salmoqli hissa qo`shganlar. Ular musiqa madaniyati sohasida ham juda bo’y va qadimiy merosga ega. O`rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeologlari tomonidan topilgan yodgorliklar buning dalili bo`ladi va shu xalqlarning yuksak madaniyatga ega bo`lganligini tasdiqlaydi. Lekin arab istilosi davrida (VII-IX asrlar) boshqa madaniy yodgorliklar qatorida musiqaga doir yozma manbalar qam kuydirilib, yo`qotib yuborilgan.
Shuning uchun O`rta Osiyo xalqlarining so`nggi ming yillik madaniyati tarixiga oid yozma manbalargina bizgacha yetib kelgan. IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda xalq ozodlik kurashining avj olishi, yerlik xalqlarning istilochilarga qattiq qarshilik ko`rsatishi va qo`zg`olonlari natijasida arab xalifaligi hukmronligi ag`darilib, mahalliy Tohiriylar va so`ngra Somoniylar davlati barpo etildi. Bu davrda fan, madaniyat va san’atning rivojlanishi uchun bir qadar sharoit yaratildi.
O`rta Osiyodan chiqqan qator olimlar xuddi shu davrlarda o`rta asr fani tarixida o`zlarining ilmiy asarlari bilan jahonga mashhur bo’`ldilar. Fanning boshqa sohalarida ham o`lmas ilmiy asarlar yaratgan al-Forobiy, Ibn Sino, al-Xorazmiy kabi ko`pgina buyuk olimlar musiqa nazariyasi («Ilmi musiqiy») bo’`yicha ham ilmiy asarlar yaratdilar hamda Shark musiqafani taraqqiyoti tarixida butun bir davr ochib berdilar.
Bu olimlar Sharq xalqlarida qo`llanilgan musiqa nazariyasining yuzaga kelishida hal etubchi rol o`ynadilar. Buyuk faylasuf-olim, o`rta asr Sharq musiqa nazariyasining asoschilaridan biri - Abu Nasr Muhammad al-Forobiy 871 yilda Sirdaryo yoqasidagi Farob shahrida tug`ilib, 950 yilda vafot ztgan. U, O`rta Osiyo turkiy qabilalaridan chiqqan bo`lib, dastlabki ma’lumotni o`z yurtida oladi. Durustgina bilim egasi bo’`lgan al-Forobiy Vag`dod, Damashq shaharlariga, so`ngra Misrga boradi va u yerlarda o`z ma’lumotini oshiradi. Al-Forobiy ajoyib musiqachi va musiqa nazariyachisi edi. U, o`z davrida mavjud bo`lgan barcha musiqa asboblarida chalardi. Kuylarni ayniqsa nay va tanburda katta mahorat bilan ijro etardi.
Ba’zi manbalarda ko`rsatilishicha, al-Forobiy qonun asbobini ixtiro etgan, o`sha davrlarda mashhur bo’lgan ud sozini takomillashtirishda juda katta ishlar olib borgan. Al-Forobiy falsafa, mantiq, matematika va boshqa fanlar bo’`yicha katta-katta ilmiy asarlar yaratgan zamonasining yetuk olimlaridan edi. Musiqa ilmi esa matematika fanlaridan biri hisoblanib, ularga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa ilmlari kirardi. Al-Forobiy o`zining musiqaga vag`ishlangan risolalarida Sharq musiqa nazariyasini asoslab berdi. Uning musiqa asarlari «Kitabul-musiqiy al-kabir» («Musiqaga doir katta kitob»), «Kilamu fil-musiqiy» («Musiqaning uslublari haqida kitob»), «qitabul-musiqiy» («Musiqa kitobi»), «qitabun fi-ihsa’il - ulum» («Fanlar klassifikatsiyasiga doir kitob»)ning musiqaga vag`ishlangan qismi, «Kitabun fi-ihsa’il-iqa’» («Musiqa ritmlari - iqo’ klassifikatsiyasi haqida kitob») va boshqalardir.
Ma`lumki, o`zbek xalqining ma`naviy go`zalligi asrlar qa`ridan kelayotgan kuy-ohanglarida o`zining ajoyib, betakror badiiy in`ikosini topgan. Ulamolarimizning bergan ta`riflaridan biriga ko`ra, musiqa – inson ruhining ozig`idir. Binobarin, milliy musiqa ko`p asrlar davomida ajdodlarimining boy ma`naviyatining, teran tafakkurining, barkamol ruhiyatining sadolardagi jonli ifodasi va, ayni paytda yangi, buyuk davlat bunyodkori bo`lmish jamiyatimizning ruh quvvati va jon ozig`idir.
XIX asrning 2- yarmida Markaziy Osiyoda har tomonlama rivojlanish davri boshlandi. Markaziy Osiyoda musiqa san’atida cholg’u ijrochiligi rivojlanib borgan. O’sha davrlarda milliy cholg’ular musiqa ijrochiligida keng qo’llanilgan.
Bu borada musiqashunos Darvesh Ali Changiy ozining musiqiy risolasida- chang, ud, nay, doira musiqa cholg’ulari ayniqsa 5 va 6 qo’sh torli ‘Ud’ musiqa cholg’usi haqida ma’umot berib, bu musiqa cholg’usining o’sha davrdagi mavqeini va musiqa ijrochiligidagi orni yuqori baholab, ‘’Ud’’ barcha musiqiy cholg’ularining podshohidir va ‘’Rud’’ musiqa cholg’usi ham kamon vositasida ijro etilganligi haqida ma’lumot beradi. Ma’lumki IX –X asrlarda yashagan buyuk shoir Abu Abdulloh Rodakiy o’z zamonasida ‘’Rud ‘’ va ‘’Chang’’ musiqa cholg’ularining mohir ijrochisi bo’lgan. O’sha davrda yashagan Mahmud Qo’shg’riyning ‘’Devoni lug’atit turk’’ asari yaratilib, bu asarda bir qancha mehnat qo’shiqlari , qahramonlik qo’shiqlari, umuman juda ko’p turli xil qo’shiqlar o’z aksini topgan. Yashagan davriga ko’ra buyuk olim Ibn Sino Farobiyga juda yaqindir . Uning ‘’Davolash kitobi ‘’ deb nomlangan yirik qomusining ‘’Musiqa haqida risola ‘’ bobida o’sha davrning musiqachiligiga iod ilmiy – falsafiy bilimlari bayon etilgan. Bu risolada cholg’ular tarifiga anchagina o’rin ajratilgan. Ibn Sino o’z davri musiqalarini ikki guruhga bo’ladi; mizrobli , nohunli
Buyuk Sharq mutafakkirlarining merosi xalq cholg‘ularini o‘rganish sohasida ham tarixiy qiymatga ega. Abu Nasr Muhammad Forobiyning mashhur asari «Kitob al – musiqa al -kabir» («Musiqa haqida katta kitob») ulkan ahamiyatga ega. O‘rta asr olimi bu kitobida ikki xil musiqa ijrochiligi: ohangni inson ovozi (qo‘shiq san’ati) va cholg‘ular vositalarida qayta tiklashga ajratadi. Forobiy mohir ijrochi sifatida musiqa cholg‘ularining jamiyat hayotidagi rolini o‘rganishga axamiyat beradi va u: «Jangu - jadallarda, raqslarda, to‘y - tomoshalarda, ko‘ngil ochar bazmlarda hamda ishq - muhabbat qo‘shiqlarini kuylashda chalinadigan o‘ziga xos cholg‘ular bor» deb yozgan edi.
Forobiyning yuqoridagi fikri cholg‘ularning nafaqat saroy ayonlari, balki shahar va qishloq aholisi, hunurmandlar orasida shuningdek, musiqa madaniyatida yetakchi rol o‘ynaganligini isbotlaydi.
Kitobning ikkinchi qismi boshdan-oxir o‘sha davr musiqa cholg‘ulariga bag‘ishlangan. Unda lyutnya, tanbur, nay, rubob, chang, qonun va boshqa musiqa cholg‘ulari izchil va batafsil ta’riflanadi. Forobiy torli, mizrobli lyutnyani o‘sha davrda eng keng tarqalgan cholg‘u hisoblagan. Lyutnya o‘ziga xos mizrob (chertma) vositasida chalingan, dastasida esa ligatura (lado)lar joylashgan. IX-X asrlarda lyutnya arabcha ud nomini oladi. Bu cholg‘u ko‘pgina Sharq mamlakatlarida, Kavkaz orti xalqlari orasida hozirgi kungacha saqlanib kelyapdi. Zamonaviy ud namunalari Toshkent Davlat konservatoriyasining sohaviytajribaviy sinovxonasida mavjud.
«Musiqa haqidagi katta kitob»da Forobiy yana bir cholg‘u asbobi- tanburni ham ta’riflaydi. Olimning fikricha, tanbur (dilni tirnash) udga eng yaqin turdagi cholg‘ulardan biridir. Tanburda torlar noxun (metaldan yasalgan maxsus chertmak-tirnoq) yordamida chertiladi. Tanbur xuddi ud kabi keng tarqalgan va xalq sevgan cholg‘udir.
Tanburning ikki yoki uch jez tori bo‘lgan. Uning ikki turi ma’lum: Xuroson va Bag‘dod tanburlari. Bag‘dod tanburlarining maqomlari kamroq (beshta), cholg‘u dastasi kaltaroq bo‘lgan. Xuroson tanburining maqomlari ko‘p bo‘lgan, dastasida cholg‘u bo‘g‘zidan to dastaning yarmigacha oralig‘ida pardalar joylashgan. Tanburning bu turi shu kungacha o‘z shaklini yo‘qotmay, musiqa ijrochiligi amaliyotida yakkanavoz hamda ansambl cholg‘usi sifatida amaliyotda foydalanib kelinyapti.
Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki jamyki ko`zga ko`rinuvchi v axis qilinuvchi narsalar o` z o`zidan shakillanib qolmaydi. Xar bir narsaning yaratilish tarixi, rivojlanish tarixi va undan qolgan arxeologik topilmalar mavjud.
Musiqa san`ati nima uchun tashkil topgani-yu, qanday qilib rivojlanganligini esa qadimgi odamlardan qolgan qoldiqlar, yodgorliklar da devoriy suratlar orqali o`rganishimiz yanada osonlashadi. Zero birinchi prezidentimiz I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz krlajak yo`q” deya juda ko`p marttalab e`tirof etganliklari ham bejiz emas. Tarixni bilmay turib keljakka erishb bo`lmaydi va yoki biror narsani yaratilish tarixi, nima uchun aynan u kerakligini bilmasdan esa ana o`sha narsani rivojlanishi uchun qilingan harakatlar besamar bo`lishini anglatadi.
Demakki bafaqat musiqa balki boshqa soxalarni o`rganishdan oldin eng avvalo uning tarixi, kelib chiqishini churroq o`rganish zarur.
Musiqa va san`atning yaratilish tarixiga qaytadigan bo`lsak musiqa shunchaki ermak uchun emas, balki, mana shu o`tmishdagi insonlarning turmush tarsi, etnik keli chiqishi va eng asosiysi ular hayot tarsi davomda qalbidagi his tuyg`ularini kelajakka yetkazib berish uchun o`ylab topilgan. Insonlar xar xil tovushlar bilan o`zlarining qo`rquvlarini, xursandchiliklarini va g`amginliklarini namoyish etishgan.

Download 19.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling