Eshit” radifli g’azal


Download 26.38 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi26.38 Kb.
#1008693
Bog'liq
sabrina word


Eshit” radifli g’azal
Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shah-u, men benavo,lutf ayla,faryodim eshit.
Dudi ohim shu’lasi husning dabiristonida
Misrayi barjastadur ,ey sarvi ozodim,eshit.
Sarvi nozim, sendin ayru naxli ohim bo’ldi xam,
Qomating hajrida sindi shoxi shamshodim , eshit.
Har nechakim sabr ta’mirini bunyod ayladim,
Ashk selobida vayron o’ldi ozodim, eshit.
Barcha yor-u oshnodin aylading begonalig’,
Ashk selobida vayron bo’ldi , hargiz qilmading yodim, eshit.
Kelki , bir soat seni ko’rmoq uchun mushtoqmen,
Telba bo’ldim sendin ayru, ey parizodim, eshit.
Nodira , bodi sabodin sanga irsol etgali
Qildi insho bu g’azalni tab’i noshodim, eshit.

Ushbu g’azal 1792-yilda Andijonda tavallud topgan Nodira qalamiga mansub gazaldir.Yetti baytdan iborat bu oshiqona g’azal o’zbek mumtoz she’riyati uchun an’anaviy bo’lgan ramali musammani mahzuf (yoki maqsur) ,ya’ni foilotun foilotun foilotun foilun (yoki foilon) vaznida bitilgan.Taqte’si: - V - - / - V - - / - V- - / -V-(yoki – V ~). G’azaldagi beshinchi baytning birinchi misrasi “ begonalig’ ’’ so’zi bilan tugagani , ya’ni oxirgi bo’g’in o’ta cho’ziq hijodan tashkil topgani uchun ramali musammani maqsur vaznida bitilgan.


G’azalda turkiy so’z (“eshit”) radifiga olingan . Qofiyadagi so’zlarning barchasi o’zbekcha egalik qo’shimchasi (dodim – faryodim – ozodim – shamshodim – obodim – yodim – parizodim – noshodim ).
Lirik qahramon gapni to’g’ridan to’g’ri yorga murojaatdan boshlaydi. Ammo g’azalning boshidan oxirigacha biror joyda “yor” so’zi ishlatilmaydi. Chunki oshiq ma’shuqqa “ey saloin sarvari” (“ey podsholar podshohi” ,1-bayt) ,”ey sarvi ozodim “(ey sarv daraxtidek tik qomatligim” , 2-bayt), “sarvi nozim” (“mag’rur turadigan tik qomatligim” , 3- bayt) , “ey parizodim” (“ey parilar avlodidan bo’lganim” , 6- bayt) umdalmalari bilan murojaat qiladi . To’rt baytda bunday undalmalarning kelishi g’azalning o’ziga xos uslubidan dalolat beradi.
Bulardan tashqari , lirik qahramon yorni “shah”ga , o’zini “benavo”ga o’xshatadi ham (matlada).
Shu ifodalardan ham bilinib turibdiki , g’azal zimdan Nodiraning umr yo’ldoshi – Amir Umarxon (Amiriy)ga bag’ishlangan. Lekin bu ochiq-oydin oshkor qilinmagan. Bunda adabiyotning adabiyotligi , shoiraning badiiy mahorati namoyon bo’lgan. Ya’ni she’r an’anaviy , ya’ni oshiqning yor sog’inchi ifodalangan ishqiy g’azal tarzida qabul qilinaveradi.
G’azalda tazod san’atining go’zal namunalari ham uchraydi .Matladagi “shah” bilan “benavo”(muhtoj, bechora), 3-baytdagi “sarvi noz” bilan “xam” (egilgan), 4-baytdagi “vayron”(buzilgan) bilan “obod”,5-baytdagi “oshno”(tanish) bilan “begona” , 5-va6-baytlarda kelgan “necha kunlar”bilan “bir soat” o’rtasida yuzaga chiqqan ajib bir qarama-qarshilik fikrni kuchaytirishga , oshiq holatini yanada aniqroq tasvirlashga xizmat qilgan.
G’azaldagi baytlar ma’no-mazmunini quyidagicha ifodalash mumkin:
Ey podshohlar podshohi , arz qilib , (oldingga) keldim , arzimni eshit ,
Sen shohsan-u, men bechoraman, mehr ko’rsatib , faryodimni eshit (matla).
Ohimning cho’zilgan shu’lasi husning devonaxonasi (mirzoxonasi)da (bir) munosib misra (bo’ldi), ey sarvdek tik qomatli (yorim) , eshit (2-bayt).
Mag’rur tik qomatli sarvdek yorim, sendan uzoqda xurmo daraxtidek tik ohim egildi,
Qomating hajrida shamshod shoxidek shoxim sindi, eshit(3-bayt).
Sabrimni har qancha ta’mirlamayin,
Ko’z yoshlarim selidan (bu) obodim vayron bo’laverdi, eshit (4-bayt).
(Ishqing bilan) barcha yor-u oshnodan begona aylading,
Necha kunlar bo’ldi, hech meni yodga olmaysan , eshit (5-bayt).
Kelki , bir soat seni ko’rmoq uchun mushtoqman,
Seni ko’rmayotganimdan telba bo’ldim, ey parizodim, eshit (6-bayt).
Nodira sharqdan esayotgan yoqimli shamol orqali senga yuborish uchun
Xursand bo’lmagan ta’bidan, bu g’azalni yozdi, eshit (maqta).
G’azal ma’no mazmuni bilan tanishib, uning yana bi xususiyatini sezish mumkin.Unda shoira yorining tik qomatini yoki, aksincha, ishqiy iztiroblari oqibatida o’zining tik qomati bukilgani holatlarini tasvirlash maqsadida mumtoz she’riyatimizda an’anaviy bo’lgan daraxtlar , yoki ular bilan bog’liq (“sarvi ozod”, “sarvi noz”, “naxli oh”, “shoxi shamshod”) timsollaridan mahorat bilan foydalanadi.
Download 26.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling