Ii chorak adabiyot 8-sinf
Download 32.5 Kb.
|
8-sinf 2 chorak test adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.A. Navoiy zamondoshlariga yo’llagan xatlarini yig’ib tuzgan to’plami
II chorak adabiyot 8-sinf 1. . Nodiradan bizgacha qancha devon qoldi? A. 1ta B. 2ta C. 3ta D. 4ta 2. Doda keldim..” g’azalining qofiyalari ketma-ketligi to’g’ri berilgan qatorni toping A) dodim-ozodim-faryodim-shamshodim- yodim-obodim-parizodim-noshodim B) dodim-faryodim-ozodim-shamshodim- obodim-yodim-parizodim-noshodim C) dodim-faryodim-shamshodim-ozodim- obodim-yodim-parizodim-noshodim D) dodim-faryodim-ozodim-shamshodim- yodim-obodim-parizodim-noshodim 3. Mumtoz she’riyatimizda uchraydigan “begona bayt” tushunchasini izohlang. A. Biror shoir g’azaliga nazriy bog’lanib, uning aynan ko’chitirib olingan birinchi bayti B. Maqta’dan oldingi bayt C. Lirik chekinish, ya’ni she’r mavzusidan bir oz chetlashtirilgan bayt D. G’azalning oxirgi bayti 4. Qaysi g’azalda tazod san’atining go’zal namunalari ham uchrab, matla’dagi “shah” bilan “benavo” so’zlari ortasida yuzaga chiqqan ajib bir qarama-qarshilik fikrni kuchaytirishga oshiq holatini yanada aniqroq tasvirlashga xizmat qilgan? A. Dodim eshit B. Etib ket C. Kelmadi D. Oqibat 5. Mumtoz adabiyotimizda go’zallik ramzi hisoblangan payg’ambarni aniqlang. A. Yoqub C. Muhammad B. Nuh D. Yusuf 6. Nodiraning “...Ehtiyoj”, “Doda keldim...” , “Kel dahrni...” she’rlari qaysi janrda yozilgan? A. Muashshar C. G’azal B. Musaddas D. Qit’a 7 . Asli ismi Mohlaroyim bo’lgan shoira? A. Komila C. Maknuna B. Nodira D. A, B va C 8. Nodira ijodida uchraydigan “salotin sarvari” so’zining ma’nosi nima? A . Ota C. Olloh B. Podsholar yetakchisi D. Vazir 9. Badiiy asarda biror voqea-hodisa, tarixiy fakt,adabiy yoxud afsoniy qahramon nomini tilga olish yoki unga ishora qilib o'tish sanáti qanday sanát hisoblanadi? A. Talmeh B. Irsoli masal C. Tajnis D. Tashbeh 10. Ushbu g'azal 9 baytdan iborat bo'lib, vazni mumtoz adabiyotimizda ko'proq ruboiy bitiladigan a'nánaviy hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf vaznida yozilgan. Ushbu ta'rif qaysi g'azal haqida? A. Dodim eshit B. Etib ket C. Kelmadi D. Oqibat 11.A. Navoiy zamondoshlariga yo’llagan xatlarini yig’ib tuzgan to’plami? A.”Xamsa” C. “Lison ut-tayr” B. “Munshaot” D. “Mahbub ul-qulub” 12. Qaysi o’zbek adabiyoti vakili ham she’riy, ham nasriy janrlarda birdek muvaffaqiyat bilan qalam tebratdi, har ikki yo’nalishda ham o’zidan nodir namunalar qoldirdi? A. Oybek C. G’afur G’ulom B. Said Ahmad D. Usmon Nosir 13. Nodiraning turkiy devoida nechta g’azal mavjud? A. 170ta C. 189ta B. 200ta D. 300ta 14. _______ shunday janr, unda qofiyaga olingan so’z yoki so’zlar turkumi o’zaro shakldoshlik paydo qilishi shart. A. tuyuq C. ruboiy B. fard D. qit’a 15. Garchi bore di musaxxar devlar farmonida Poymoli xayli mo’r o’ldi Sulaymon oqibat – baytida qanday badiiy san’at ifodalangan? A. Tashbeh B. Irsoli masal C. Tajnis D. Talmeh 16. Lev Tolstoy, F. M. Dostoyevskiy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor deganimizda ko’z oldimizda qaysi janr ustalari namoyon bo’ladi? A. she’riyat (lirik) B. Nasr (Epik) C. dramaturgiya D. fojia 17. G’afur G’ulomning dastlabki she’riy to’plami? A. “Dinamo” C. “Ko’klam” B. “Mitti yulduz” D. “Tirik qo’shiqlar” 18. Ruboiy dastlab forsiy (__________________________________________) va turkiy (______________________________) she’riyatida paydo bo’lgan. 19.” Aziz asrimizning aziz onlari, Aziz odamlardan so’raydi qadrin... “ Misralari kimga tegishli? 20.Fardlardan biri: Muruvvat – __________________________________________________________, Futuvvat – __________________________________________________________ . 21. “Oqqan ariqqa oqar suv” maqoli, asosan, _______________________________ ma’nosida ishlatiladi. 22. Navoiy barcha tuyuqlarini ___________________________________ ga jamlagan va ularning umumiy soni ________________ ta. 23. “Sen yetim emassan” she’rining muallifi kim? 24. G’.Gulomning “Vaqt” she’ri mazmuniga ko’ra qanday she’r? 25. G’afur G’ulomning tom ma’nodagi mumtoz she’rlari nomini yozing Download 32.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling