5-topshiriq I. Iqtisodiyotni rivojlаntirish vа liberаllаshtirishning oʻzigа xos xususiyatlаri vа


Download 47 Kb.
Sana11.12.2020
Hajmi47 Kb.
#164620
Bog'liq
strategiya5h


Oʻzbekistonni rivojlаntirish strаtegiyasi. Fuqаrolik jаmiyati” fanidan

5-topshiriq
I. Iqtisodiyotni rivojlаntirish vа liberаllаshtirishning oʻzigа xos xususiyatlаri vа ustuvor yoʻnаlishlаri deganda nimani tushunasiz?
Javob:

Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish.
II. Xususiy mulk huquqini himoya qilish, kichik biznes vа xususiy tаdbirkorlik rivojini rаgʻbаtlаntirish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak?
Javob:

Mamlakatimizda raqobatbardosh ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, tadbirkorlikni va sogʻlom raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlash, mamlakatning eksport salohiyatini kengaytirish va ragʻbatlantirish hamda ichki bozorni sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan soliqqa tortish va bojxona-tarif tizimini tartibga solish samarali tizimini shakllantirish boʻyicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:



  • xususiy mulk huquqini tan olish;

  • xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;

  • bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;

  • davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish;

  • xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi;

  • burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;

  • zararning o‘rnini qoplash;

  • neustoyka undirish;

  • ma’naviy ziyonni qoplash;

  • xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonun hujjatlari barqarorligini ta’minlash;

  • davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid bo‘lgan hujjatining sud tomonidan qo‘llanilmasligi;

  • mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

  • Xususiy mulk huquqini himoya qilish qonunga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.



III. Soliq vа bojxonа siyosаtini tаkomillаshtirish vа optimаllаshtirish deganda nimani tushunasiz?
Javob:

Quyidagilar O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish;

soliqlarni unifikatsiya qilish orqali ularning sonini optimallashtirish, shuningdek, o‘xshash soliq solish bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operatsion xarajatlarni minimallashtirish;

makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va uning daromadlarini shakllantirishning mustahkamligini ta’minlash;

soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish;

soliq solish masalalarini tartibga soladigan havolaki normalar va qonun osti hujjatlarinimaksimal darajada cheklagan holda, soliq qonunchiligining barqarorligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash, shu jumladan kodeksda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarining miqdorlarini belgilash;

xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;



soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan soliq solish obyektlari hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobigatakomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish.
Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling