5-umumiy o’rtata’limmaktabi
Download 0.87 Mb.
|
14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni dars ishlanma1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy maqsad
- Dars metodlari
- Darsning borishi: Dars O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini jonli ijro etish bilan boshlanadi. Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
- O’qituvchi
5-umumiy o’rtata’limmaktabi 8-“E” sinfrahbari Fazilova Muhayyoning Armiya — xalqimizning mustahkam qalqoni. Sh.Mirzoyoyev Mavzu: 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga milliy armiyamiz hamda uning nufuzi, harbiy bilim yurtlar, yoshlarga berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumotlar, hamda sarhadlarimiz tinchligi va daxlsizligini avaylab-asrayotgan harbiylarimizga hurmat, mustaqillikdan keyingi yurtimizdagi erishilgan yutuqlar haqida tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad: Mavzu orqali o’quvchilarda Vatanga muhabbat, hurmat, qadriyatlarni ulug’lash, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda yangilanayotgan jamiyat ishlarida faol qatnashish hissiyotini paydo qilish. Dars shiori: Dunyoda Vatan so’zidan aziz va yurakka yaqin kalom topilmagani kabi, Vatan himoyachisi bo’lishdan ortiq shon-sharaf ham yo’qdir. Dars turi:Noan’anaviy. Dars metodlari: Guruhlarda ishlash, suhbat, bahs-munozaralar. Dars jihozi: Islom Karimov “Milliy armiyamiz – mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlari, mavzuga doir plakatlar to’plami, qog’oz va markerlar. O’quvchilar darsdan oldin 3 guruhga bo’linib, joylashadilar. Darsning borishi: Dars O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini jonli ijro etish bilan boshlanadi. Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar: “Mustaqillik” so’zining ma’nosi nima? Qachon mustaqillikka erishganmiz? Bu kun hozirda qanday nishonlanadi? Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda qanday o’zgarishlar ro’y berdi? Bu savolga javob berishda plakatlardan foydalaning. “Tinchlik uchun kurashish” deganda nimani tushunasiz? Buning uchun siz qanday ishlarni amalga oshirishingiz kerak? O’qituvchi: Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, barcha sohalar kabi harbiy sohada ham zamonaviy qurol-yarog’ va texnika bilan har tomonlama yaxshi ta’minlangan, harakatchan, yuksak talab va standartlarga javob beradigan, mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini samarali va ishonchli himoya qilishga qodir bo’lgan milliy armiyani shakllantirish bo’yicha ko’lami va miqyosiga ko’ra ulkan ishlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirildi. Qurolli Kuchlarning mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, xalqimizning tinchligi hamda bunyodkorlik mehnatini himoyalash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olib hamda 1992 yil 14 yanvarda mamlakat hududidagi harbiy qism va bo’linmalarning davlatimiz tasarrufiga o’tkazilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 29 dekabrdagi qonuniga binoan 14 yanvarь yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling