5-umumiy o’rtata’limmaktabi


Har bir guruhga quyidagi qog’ozga yozilgan ma’lumotlar beriladi


Download 0.87 Mb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1524400
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni dars ishlanma1

Har bir guruhga quyidagi qog’ozga yozilgan ma’lumotlar beriladi.
1-guruhga

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida Qurolli Kuchlarimiz uchun 30 ga yaqin yo’nalish bo’yicha yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlanmoqda. Mamlakatimizda ofitser va serjant kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishning samarali tizimi yaratilgan bo’lib, bular harbiy okruglarning Serjantlar tayyorlash maktablari, oliy harbiy ta’lim muassasalari, oliy harbiy ta’lim muassasalari qoshidagi malaka oshirish fakulьtetlari, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi huzuridagi ofitserlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish oliy kurslari va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasidir. Bu o’quv maskanlari harbiy xizmatchilarga o’z professional, nazariy va amaliy bilimlarini takomillashtirish, harbiy-jangovar faoliyatida tajriba va malakalarini oshirish imkoniyatini bermoqda.

2-guruhga



Hozirgi kunda Toshkent oliy umumqo’shin qo’mondonlik, CHirchiq oliy tank qo’mondonlik-muhandislik, Samarqand oliy harbiy avtomobilь qo’mondonlik-muhandislik, Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtlari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakulьtetidan malakali harbiy xizmatchilar yetishib chiqmoqda. 1995 yilda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi ochildi. Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan ushbu dargoh zimmasiga malakali ofitserlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, qolaversa, harbiy sohadagi ilmiy-amaliy tadqiqot hamda ishlanmalarni muvofiqlashtirish, mamlakatimizda harbiy ta’limni rivojlantirish vazifasi yuklatildi.

3-guruhga

2012 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida harbiy-tibbiyot fakulьteti tashkil etildi. Yuqori intellektual salohiyatga ega, tibbiy xizmatning yuksak malakali ofitserlarini, rezerv va zaxiradagi ofitserlar tarkibini tayyorlash, Qurolli Kuchlar tibbiy xodimlarining harbiy va kasb tayyorgarligi darajasini muntazam oshirish hamda ularni qayta tayyorlash, maxsus bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtirish, harbiy tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish mazkur fakulьtetning asosiy faoliyat yo’nalishi etib belgilandi.


Ma’lumotlar guruhda o’qib chiqilgandan so’ng boshqa guruh matnlari bir biri bilan almashtiriladi va shu tariqa 3 ta ma’lumot guruhlar orasida o’rganiladi. O’qituvchi bilan ma’lumotlar haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling