5-variant Banklarning vositachilik va boshqa operatsiyalari
Tijorat banklarining passiv va aktiv operatsiyalarini boshqarish
Download 29.76 Kb.
|
5-v
Tijorat banklarining passiv va aktiv operatsiyalarini boshqarish.
Tijorat banklarning aktiv va passivlarini boshqarish zaruriyati rivojlangan mamlakatlar bank tizimida 1960-yillardan keyin vujudga kelgan. Dastlab, banklarda aktivlarni oʻzaro mutanosiblikda joylashtirish, bank foydasi barqarorligini taʻminlash, banklarda risk darajasini kamaytirish kabi masalalar ularning aktivlarini boshqarish zaruriyatini keltirib chiqardi. 1980-yillarga kelib banklarda integrasiyalashuv jarayonining chuqurlashuvi, moliyaviy resurslarning mamlakatlararo suzib yuruvchanligiga sharoitining yaratilganligi va iqtisodiyotning tobora globallashuvi bank likvidliligini taʻminlash va zarur miqdorda foydasini shakllantirish uchun faqatgina bank aktivlarini boshqarish kifoya boʻlmay qoldi. Xalqaro moliya bozorlarida resurslarga boʻlgan raqobatning kuchayishi, bank riskli aktivlari va muddatli majburiyatlari oʻrtasidagi nomutanosiblik holatlari, bank oʻz majburiyatlarini toʻliq va belgilangan muddatda bajarish bilan bogʻliq masalalar bank passivlarini boshqarishga boʻlgan zaruriyatni keltirib chiqardi. Hozirgi davrda bank aktivlari va passivlarini boshqarish faol rivojlanish bosqichiga kirdi, bugungi kunga kelib aktivlar va passivlarni boshqarish nafaqat banklarda, balki yirik kompaniya va firmalarda ham keng qoʻllanilmoqda. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish aniq prinsiplarga tayanadi. Ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib koʻrsatish mumkin: 1) aktivlarning daromadliligi va risk darajalari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlash prinsipi;2) aktivlar portfellarini diversifikatsiya qilish prinsipi;3) toʻgʻri investitsion qarorlar qabul qilish prinsipi; 4) pul oqimlarining yetarliligi prinsipi;5) foiz stavkalari, valyuta kurslari va tovarlarning baholarini oʻzgarishiga moslashuvchanlik prinsipi;6) bank qimmatli qogʻozlarining investitsion jozibadorligini taʻminlash prinsipi;7) depozitlarning yetarliligini taʻminlash prinsipi;8) kapitalning yetarliligini taʻminlash prinsipi; 9) bank likvidliligini taʻminlash prinsipi;10) transformatsiya prinsipi; 11) aktiv va passivlar boʻyicha daromad va xarajatlarni nazorat qilish prinsipi;12) bank resurslarining yetarliligi prinsipi;13) zahiralar yaratish prinsipi;14) risklarni minimallashtirish prinsipi. Tijorat banklarining likvidliligini taʻminlash prinsipi quyidagi usullardan foydalanishni taqozo etadi: 1. Tijorat bankining aktivlari va passivlarining optimal tarkibini shakllantirish usuli. Bu asosiy (birlamchi) usul hisoblanadi. 2. Aktivlar va jalb qilingan resurslarning muddatlari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlash usuli. 3. Aktivlar portfelini diversifikatsiya qilish usuli. 4. Risklarning maqbul darajasini taʻminlash usuli. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish prinsiplaridan kompleks foydalanishga salbiy taʻsir qilayotgan omillar: 1. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash amaliyotining mavjud emasligi tufayli Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini oʻzgartirish yoʻli pul massasiga, tijorat banklarining likvidliligiga va kreditlarning bahosiga taʻsir etish imkoniyatining pastligi; 2. Markaziy bankning majburiy zahira stavkalarining yuqori ekanligi va zahira ajratmalari summasini banklarning ―Nostro‖ vakillik hisobraqamlaridan olib qoʻyilayotganligi natijasida tijorat banklarining likvidliligiga va resurs bazasining barqarorligiga nisbatan salbiy taʻsirning yuzaga kelganligi; 2017-yilning 1 yanvar holatiga koʻra, Rossiya Markaziy bankining majburiy zahira stavkalarining oʻrtacha darajasi 5,6 foizni, Yevropa Markaziy bankining majburiy zahira stavkasi esa, 2,0 foizni tashkil etdi. 3. Tijorat banklarining depozit bazasida uzoq muddatli depozitlar ulushining pastligi sababli ularning investitsiya jarayonlariga qatnashishi yetarli darajada emas. 2017-yil yakunlari boʻyicha respublikamizda asosiy kapitaldagi investitsiyalar tarkibida bank kreditlari va boshqa zayom mablagʻlarining ulushi 26,3% tashkil qiladi va ushbu koʻrsatkich oldingi yilga nisbatan oʻsgan. 4. Respublikamizda imtiyozli kredit dasturlari koʻp boʻlib, (2019-yilda 78% kredit portfellarini tashkil qildi) ular moliyaviy resurslarni joylashtirish samaradorligini pasaytiradi va bank tizimida muammolarni vujudga keltiradi. Ayniqsa, davlat investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni tijorat banklari tomonidan maʻmuriy ravishda moliyalashtirilishi tijorat banklari moliyaviy holatiga salbiy taʻsir qilmoqda. Bu nafaqat tijorat banklarining kreditlash faoliyatiga, balki vakillik hisobvaraqlarida mablagʻlar yetishmovchiligiga olib kelib iqtisodiyotimizda toʻlovlarni vaqtida oʻtishiga salbiy taʻsir qilishi mumkin. 5. Respublikamizning yirik tijorat banklarida transformatsiya riskining mavjudligi. Transformatsiya riskining yuzaga kelganligi va chuqurlashganligi qisqa muddatli resurslar bir yilgacha hisobidan uzoq muddatli (3-5 yilgacha) kreditlarning berilganligi bilan izohlanadi. Download 29.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling