50 va 51- bakteriyalarda gen transferi
Download 34.54 Kb.
|
50 va 51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 52-53-61-62- Fizik omillar va ularning mikroorganizmlarga ta’siri
Transduksiya. Donor bakteriya xususiyatining bakteriofag orqali retsipient bakteriyaga o‘tishi transduksiya deb ataladi (43-rasm). Masalan, bakteriofaglar orqali xivchinlar, fermentlar sistemasi, antibiotiklarga chidamlilik, virulentlik, kapsula hosil qilish va boshqa xususiyatlar o‘tishi mumkin. Transduksiya spetsifik va nospetsefik xilga bo‘linadi.
Nospetsifik transduksiyada istalgan xususiyat yoki bir necha xususiyat o‘tishi mumkin, buning takrorlanish tezligi 10-4—10-7 (fagning bir qismiga nisbatan). Spetsifik transduksiyada faqat ultrabinafsha nurlar ta’sir etilgan fag qatnashadi, bunda bir-biriga yaqin bo‘lgan xususiyatlar o‘tadi. Transduksiya transformatsiyaga o‘xshash, lekin dezoksiribonukleaza fermentini ta’sir ettirib, transformatsiyani to‘xtatish mumkin bo‘lsa, transduksiyaga bu ferment ta’sir ettirilsa ham u to‘xtamay davom etadi, chunki ferment fag orqali o‘tadigan xususiyatga ta’sir eta olmas ekan. 52-53-61-62- Fizik omillar va ularning mikroorganizmlarga ta’siri Ma’lumki, mikroorganizmlarning hayot faoliyati tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liqdir. Tashqi muhit faktorlari turli-tuman bo‘lib, ularni uch gruppaga ajratish mumkin: I. Fizik faktorlar: harorat, namlik, yorug‘lik, eritmalar konsentratsiyasi va boshqalar. 2. Ximiyaviy faktorlar: muhitning pH-i, oksidlanish va qaytarilish sharoiti, turli kimyoviy moddalarning ta’siri. 3. Biologik faktorlar; mikroorganizmlar orasidagi antogonizm, simbioz, metabioz, antibiotiklar, vitaminlar, faglar va boshqa faktorlar. Mikroorganizmlarga haroratning ta’siri. Mikroorganizmlar yuksak o‘simliklarga qaraganda haroratga ancha chidamli bo‘ladi. Masalan, Vas. subtilis harorat 5°C dan to 57°C gacha bo‘lganda ham rivojlanaveradi. Ko‘pchilik saprofit bakteriyalar 20°C dan 35°C gacha haroratda rivojlana oladi, patogen mikroorganizmlar esa 36-37°C da rivojlanadi. Bundan yuqori haroratda ular nobud bo‘ladi. Mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun harorat 3 ta nuqtada bo‘lishi mumkin: minimum, optimum va maksimum nuqtalari. Optimum nuqtasi eng qulay bo‘lib, bunday haroratda mikroorganizmlar tez ko‘payadi va yaxshi rivojlanadi, minimum va maksimum nuqtalari esa ancha chegaralidir. Haroratga munosabatiga ko‘ra, mikroorganizmlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1)psixrofillar (psixros - sovuq), bu guruhga mansub bakteriyalar evolyutsion taraqqiyotda past haroratda yashashga moslashgan bo‘ladi. Bu guruh uchun haroratning optimum nuqtasi 20-25°C, minimumi esa 0°C dan past bo‘lishi mumkin. Psixrofil bakteriyalar uncha keng tarqalmagan. Ular Shimoliy dengiz suvlarida va tuproqlarida uchraydi. 2) mezofillar (mezos - o‘rtacha). Bu guruhga ko‘pchilik mikroorganizmlar misol bo‘ladi. Bular uchun haroratning optimum nuqtasi 25-35°C bo‘lsa, maksimum nuqtasi 45-50°C, minimum nuqtasi 10°C. Mezofil bakteriyalar tuproqda, suvda va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yuzasida uchraydi. 3) termofillar (termos - issiq). Bu guruhga akteriyalar, aktinomitsetlar, ba’zi bir ko‘k-yashil suvo‘tlar misol bo‘ladi. Termofill bakteriyalar yuqori haroratda rivojlanadi. Bu bakteriyalarni A. A. Imshenetskiy tubandagicha klassifikatsiyalaydi: a)stenotermin termofillar - bular uchun haroratning maksimum nuqtasi 75-80°C, optimum nuqtasi 50-65°C, 28-30°C da esa ko‘paya olmaydi. Bu guruh tabiatda kam tarqalgan; b)evritermin termofillar uchun haroratning maksimum chegarasi 70-75°C, optimum nuqtasi 50-65°C bo‘lib, 28-30°C da juda sekin ko‘payadi, tabiatda keng tarqalgan guruh. v)termotolerant formalar uchun haroratning maksimum chegarasi 50-65°C, optimum 35-45°C, minimumi 5-10°C bo‘lishi kerak. 30-60°C oralig‘ida juda tez ko‘payadi, tabiatda tuproqda, go‘ngda, issiq buloq suvlarida keng tarqalgan guruh. Termofill bakteriyalarda moddalar almashinuvi protsessi juda jadal boradi, shuning uchun ular juda tez ko‘payadi va yaxshi rivojlanadi. Agar mezofillarda bakteriyalarning katta koloniyasi uch kundan keyin hosil bo‘lsa, termofillarda bir kundan keyin hosil bo‘ladi, tez o‘sadi va tez nobud bo‘ladi. Termofill bakteriyalar hujayrasidagi fermentlar yuqori harorat ta’sirida inaktivatsiyaga uchraydi, shuning uchun bu bakteriyalardan korxonalarda keng ravishda foydalanish mumkin. A.A.Imshenetskiy fikricha, termofill bakteriyalar mezofillardan kelib chiqqan. Tabiatdagi o‘zgarishlar, jumladan, haroratning ko‘tarilishi mezofillarning ko‘pchiligini nobud qilgan bo‘lsa, bir qismi tirik qolgan va yuqori temperaturaga moslashgan. Bora-bora yuqori harorat ular uchun zaruriy faktor bo‘lib qolgan. A. A. Imshenetskiyning bu fikrini E. N. Mishustin ma’qullagan. Termofillarga: Bas.cellulosae, Bas. thermophilus, Actinomyces thermophilus lar misol bo‘ladi. Mishustin yerga go‘ng solinganda termofil bakteriyalarning soni ko‘payganligini kuzatgan. Download 34.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling