500 минг сўмдан пул тарқатиш белгиланди
Download 16.37 Kb.
|
KONSTITUTSIYAVIY HGUQUQ KAZUS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг.
9-kazus. Ўзбекистонда 409 мингта оила “Темир дафтар”га киритилган. Маълум қилинишича, аҳоли 5та мезон асосида “Темир дафтар”га киритиб борилмоқда: 1) меҳнатга лаёқатсиз ёки сурункали касалликлари оиласи аъзоси мавжуд бўлган оилалар; 2) якка-ёлғиз бевалар ва ўзгалар парваришига, қарамоғига муҳтож бўлган оилалар; 3) 5 нафар ва ундан ортиқ фарзанди мавжуд ижтимоий ҳимояга муҳтож бўлган оилалар; 4) коронавирус пандемияси натижасида ўзининг доимий даромад манбайидан маҳрум бўлган оилалар; 5) ҳақиқатан ҳам эҳтиёжманд, ночор ва моддий кўмакка муҳтож оилалар. Президентнинг 2020 йил 26 августдаги “Аҳолини ижтимоий қўллаб-қувватлашга қаратилган қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори билан Ўзбекистондаги уч тоифа, хусусан “Темир дафтар”даги оилалар фарзандларига 500 минг сўмдан пул тарқатиш белгиланди. Ушбу бир марталик моддий ёрдам кўрсатилишидан хабар топган “Камолон” маҳалласининг ўзига тўқ, моддий шароити яхши аҳволда бўлган 5 нафар фуқаролари ушбу қарордан норози бўлишди. Улар ушбу ёрдам Конституцияда белгиланган ижтимоий тенглик тамойилларига зид бўлиб, пандемия даврида барчага бирдек моддий ёрдам кўрсатилиши керак деб ҳисоблашди. Шу туфайли улар моддий ёрдам сўраб маҳалла фуқаролар йиғинига мурожаат қилишди. Рад жавоби олгач, прокуратурага МФЙ раисининг қарори устидан шикоят билан мурожаат этишди. Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг. 1.Fuqarolarning tengligi nima? 2.Ijtimoiy yordam qay tarzda beriladi? Shu o’rinda bu 5 nafar fuqaroning murojaatlari ham to’g’ri. Chunki O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 35 – moddasida “har kim bevosita o’zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlari, muassasalari va xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega” deb ta’kidlangan. Lekin ular o’ziga to’q bo’lishiga qaramasdan ijtimoiy yordam talab qilib murojaat qilishdi. Zero konstitutsiyaning 39-moddasida aytilganidek “har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”. Ammo bu 5 kishi na qarigan, na mehnat qobiliyatini yo’qotgan. 18- moddaning 1-qismida har kim, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsi, e’tiqodi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengligi belgilangan. Aslini olib qaraganda ham shunday. Ya’ni erkakmi ayolmi,oq tanli qora tanli, o’zbekmi boshqa millat vakilimi, boymi kambag’almi qonun oldida teng degani. Lekin mazkur moddanimng 2-qismida “imtiyozlar qonun bilan belgilab qo’yiladi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo’shi shart” deyilgan. Bunday imtiyoz ijtimoiy va moddiy yordam, hamda boshqa turdagi qulayliklar yaratiladi. Buning hammasi ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni jamiyatdan ajralib qolishini oldini olish uchun bajariladi. Agar o’zini eplay oladigan tirikchillikning qonuniy asosiga ega sog’lom kishilarga ham ijtimoiy ta’minot berilsa, bu ijtimoiy adolat bo’lmaydi. Prokuratura organiga murojaat qilganlariga kelsak yuqorida aytilganidek “har kim bevosita o’zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlari, muassasalari hamda halq vakillariga ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin”. Lekin jamiyat a’zolari ularni o’ziga to’qligini biladi. Prokuratura organiga murojaatlari asossizdir. Download 16.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling