50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi
Download 0.85 Mb.
|
9-синф адабиет конспект янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
- Milliy va umummadaniy kompetensiya
- I. Tashkiliy qism
IV. Mustahkamlash.
V. Uyga vazifa. 2250-253-betlarni o’qib kelish. She’r yod olish. VI. Baholar tahlili. O’TIBDO’________________________________________H.Qosimov Sana_______________ 9-sinf adabiyot Dars mavzusi: Jangda o’lgan emas biror bahodir. Darsning maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish 2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish . 3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish. O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish; Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish; Milliy va umummadaniy kompetensiya: badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish. Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar. Darsning borishi. I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish: b) davomatni aniqlash: v) she’riy daqiqa. II. O’tgan mavzuni so’rash. a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida) b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati) III. Yangi mavzu bayoni JANGDA O‘LGAN EMAS BIROR BAHODIR Jangda o‘lgan emas biror bahodir, bari halok bo‘lgan xiyonatlardan, toshday uxlaganda to‘shlarin ochib yo zahar qo‘shilgan ziyofatlardan. Biror asotirda bahodirlarni hattoki yuz boshli ajdar yemagan, ming bir sinoatli yalmog‘izlar ham tog‘larni o‘ynagan devlar yengmagan. Bari halok bo‘lgan xiyonatlardan, bariga orqadan sanchilgan xanjar. Shunday bo‘lib kelgan azal-u azal mana shu jafokash, ko‘hna Vatanda. Har gal bahodirlar yiqilar ekan kurakka sanchilgan nomard tig‘idan, qayta tirilganday bo‘lardi nogoh har bir bolakayning qorachig‘ida. Ishongil, hech qachon seni aldamas sofdil elatlarning asotirlari, birorta bahodir o‘lganmas jangda, qo‘rqoqlar o‘ldirgan bahodirlarni. BAXT SO‘ZI Baxtiyorman degan birgina so‘zni aytish uchun kerak qancha kuch-chidam, garchi “baxt” so‘zlarning eng yoqimligi, garchi tursa hamki tilning uchida. Og‘ir botmasmikin bu so‘z kimgadir, tegib ketmasmikin oh-vohlariga, qandoq bardosh berib yashayman keyin baxtsiz kimsalarning nigohlariga. Avvalo, bu so‘zni o‘zgalar aytsin, aytsinlar ko‘zlari quvonchga to‘lib. elning baxti uchun umrini tikkan shoirlar aytmasin birinchi bo‘lib. Bu so‘zni bir umr aytmay yashadim, har shodlik kelganda yurdim sekinroq. G‘am so‘zin elimdan avvalroq aytdim, baxt so‘zin aytaman eldan keyinroq. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling