50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 0.85 Mb.
bet53/125
Sana13.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1090472
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   125
Bog'liq
9-синф адабиет конспект янги

IV. Mustahkamlash.

1. Ogahiyning ytuk inson va iste’dodli adib bo’lib yetishuvida u voyaga yetgan muhitning ahamiyati to’g’risida mulohaza yuriting.


2. Ogahiyning adabiyotimiz tarixida tutgan o’rnini qanday baholaysiz?




V. Uyga vazifa. Konspekt qilish.


VI. Baholar tahlili


Sana________________9-sinf adabiyot 40-dars

DARS MAVZUSI: MUHAMMAD RIZO OGAHIY LIRIKASI
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning siyosiy bilimlarini oshirish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy.
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.


II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

«Ta’viz ul-oshiqin»dagi ishqiy g‘azallar nafaqat Ogahiy ijodining, balki butun o‘zbek mumtoz adabiyotining sara namunalari hisoblanadi. «Yuzung ochkim, quyosh sadqang bo‘lub boshingdin aylansun», «Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina», «Ey sho‘x, ko‘zi qoshinga olam gado, man ham gado» g‘azallari Ogahiyning yuksak badiiy mahoratini, chinakam san’atkor shoir ekanligini tasdiqlaydi. Ayniqsa, «Ustuna» radifli g‘azali o‘zining jozibasi, badiiy kashfiyotlarga boyligi bilan ajralib turadi: «Mushkin qoshini hay’ati ul chashmi jallod ustina, Qatlim uchun nas keltirur, «nun» eltibon «sod» ustuna».


Arab alifbosida «nun» qoshga, «sod» ko‘zga o‘xshashligidan foydalanib, shoir yor go‘zalligining o‘ziga xos tasvirini yaratadi. «Nun»ni «sod»ning ustiga qo‘yilsa (ya’ni avval «nun», keyin unga qo‘shib «sod» yozilsa), «nas», ya’ni «hukm» so‘zi hosil bo‘ladi. Bu hukm (nas)ga ko‘ra oshiq qatl etilishi kerak. Chunki «nun»ga o‘xshash mushk rangli qora qosh bilan «sod»ga o‘xshash ko‘z o‘zlarining yor yuzidagi ko‘rinishi (hay’ati) bilan bu hukmni chiqarganlar. Ogahiygacha ko‘z-u qoshni mazkur harflarga tashbeh qilish, chashm (ko‘z)ni jallod deyish an’anaviy tasvir edi. Lekin harflardan so‘z yasab va uni mazmunga, tasvirga tadbiq etish — bu yangilik edi. Shoirning ko‘p g‘azallarida mana shunday yuksak badiiyatga yo‘g‘rilgan baytlar uchraydi. E’tiborli jihati shundaki, asosan ishqiy mavzudagi bunday g‘azallar bag‘riga falsafiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy mazmun ham ustalik bilan singdirib yuboriladi. Ba’zan g‘azallarda yor timsoli orqali, xususan lirik qahramonning unga murojaatida shohga xos xususiyatlar aks etadi. Masalan: «Ey shah, karam aylar chog‘i teng tut yamon-u yaxshini, Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina» yoki «Aylansun» radifli g‘azalidagi
Chu bergung non ila osh, ey saxiy, sidq ahlig‘a bergil,
Riyo-vu kizb ahli noning-u oshingdin aylansun

kabi baytlarda buni kuzatish mumkin. Shuningdek, shoirning ijtimoiy-siyosiy qarashlari devondagi muxammas, musaddas, ruboiy, tarji’band va qasidalarida ham u yoki bu darajada o‘z aksini topgan. Xususan, «Dahr uyi bunyodikim, suv uzradur, mahkam emas» tarji’bandi tasavvufiy mazmunga yo‘g‘rilgan ijtimoiy-falsafiy ruhdagi asardir. Tarji’bandda dunyo omonat binoga, bo‘yi, vafosi yo‘q gulshanga, jafokor tuban ayyoraga o‘xshatiladi va insonni unga ko‘ngil berib, aldanib qolmaslikka chaqiradi.


«Qasidai nasihat» esa Ogahiyning siyosat va davlatga munosabati, hukmdor fazilatlari va burch-vazifalari borasidagi mulohazalari bayon etilgan pandnomadir. Odatda qasidalarda biron-bir voqea yoki shaxs ulug‘lanadi, har tomonlama vasf qilinib, benuqson, ideal qiyofada tasvirlanadi. Ogahiyning asidasi esa odatdagi maqtovlar tizmasidan iborat bo‘lib qolmadi. U mazkur asarni yozishda o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ygan edi. Shunga ko‘ra adib qasida vositasida ko‘pni ko‘rgan donishmand, umr mazmunini anglagan faylasuf sifatida yosh xonga nasihatlar qiladi, davlatni boshqarish san’atidan saboq beradi. «Qasidai nasihat» adabiyotimiz tarixidagi siyosiy-didaktik lirikaning yorqin namunasi bo‘lib qoldi.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling