50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 0.85 Mb.
bet67/125
Sana13.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1090472
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   125
Bog'liq
9-синф адабиет конспект янги

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.


II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)
III. Yangi mavzu bayoni
HADISLARDAN NAMUNALAR
GUMON QILISH HAQIDA
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.): “Gumondan saqlanish, zero gumon so‘zlarning yolg‘onidir. Josuslik qilmang, bir-biringiz bilan raqobatlashmang, o‘zaro adovat qilmang, bir-biringizga hasad qilmang va g‘azab qilmang, Allohning solih bandalari bo‘ling!” – dedilar.
* * *
Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: “(Narsasi) o‘g‘irlangan odam gumon qila-qila hatto o‘g‘ridan ham (gunohi) kattaroq bo‘la boshlaydi”.
MArHAMAtSIz KISHIgA MArHAMAt QILINMAYDI
Abu Said (r.a.) rivoyat qildi: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Marhamat qilmagan kishiga marhamat qilinmaydi”, — dedilar.
QO‘SHNICHILIKNINg AHAMIYAtI HAQIDA
Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): “Hz. Jabroil qo‘shni haqiga1 rioya qilish to‘g‘risida menga shu qadar ko‘p vasiyat (toshpiriq) qildilarki, men uni hatto molimga ham merosxo‘r qilib qo‘ysalar kerak, deb o‘yladim”, — dedilar.
* * *
Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: Men Rasululloh (s.a.v.)dan: “Yo Rasululloh! Mening ikkita qo‘shnim bor, hadyani shulardan qaysi biriga berishim kerak?” — deb so‘raganimda, “Qaysi bittasining eshigi senga yaqinroq bo‘lsa, o‘shanga berasan”, dedilar.
YAXSHILIKKA YAXSHILIK QILISH HAQIDA
Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): “Kim moddiy jihatdan birovga yaxshilik qilsa, unga ham yaxshilik qayt arilsin. Yaxshilik qilishga qurbi kelmasa, u kishini g‘oyibona maqtasin, chunki maqtash tashakkur o‘rnida o‘tadi. Ammo u kishining yaxshiligini yashirsa, undan tongan, yaxshilikni bilmagandek bo‘ladi. Kim o‘zida yo‘q narsani menda falon narsa bor deb maqtansa, ikki qavat kiyim bilan o‘ralgan hisoblanadi”, — dedilar.
YAXSHI XULQ SAMArASI
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.): “Islom jihatidan saviyasi balandlaringiz xayrli bo‘lganidek, axloq jihatidan esa eng yaxshilaringiz xayrlidir”, dedilar.
* * *
Muoviya ibn Abu Suf’yon (r.a.) aytdilar: “Men Rasululloh (s.a.v.)-dan bir so‘z eshitdim. Shu so‘z tufayli Alloh taolo menga manfaat yetkazadi. Rasululloh (s.a.v.): “Sen kishilar ning aybi
va kam chiligini surishtirib yursang, ularni bu zib qo‘yasan”, degan edilar. Shuning uchun men ularni buzib qo‘ymay deb kamchiliklarini tekshirib yurmayman”1.
KISHI SeVgAN ODAMI BILAN BIrgA BO‘LISHI HAQIDA
Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: “Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)dan: “Ey Allohning payg‘ambari! Qiyomat kuni qachon bo‘ladi?” — deb so‘raganda, Rasululloh(s.a.v.): “Sen qiyomat kuni uchun
qand ay amallarni tayyorlab qo‘yding?” — deb so‘radilar. U: “Men qiyomat kuni uchun deyarli katta bir amal tayyorlaga nim yo‘q, faqat Alloh taoloni va uning Rasulini sevaman”, — dedi.
Shunda Rasululloh (s.a.v.): “Har bir kishi o‘zi sevgan kishisi bilan birga bo‘ladi”, — dedilar”. Anas ibn Molik (r.a.): “Bu so‘zni eshitg an musulmonlar shu qadar xursand bo‘ldilarki, buning tasviriga qalam ojiz”, — dedilar.
KISHI eSHItgAN NArSASINI gApIrAVerMASLIgI HAQIDA
Abdulloh ibn Umar (r.a.) otalari hz. Umar (r.a.) dan naql qildilar: “Kishi eshitgan narsasini gapiraverishi yolg‘onchiligi uchun yetarlidir”.
MASXArA QILISH HAQIDA
Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: “Boshiga musibat tushgan odam bir to‘da ayollarning oldidan o‘tayotganida ayollar uning ustidan kulib masxara qildilar. (Oqibatda) ulardan ba’zilarining boshiga ham musibat tushdi”.
HAYO, UYAtCHANLIK HAQIDA
Abu Mas’ud Aqaba ibn Amr Ansoriy (r.a.) aytdilar: “Rasululloh (s.a.v.): “Sen xudodan va bandalardan uyalmasang, xohlagan ishingni qilaver, deyilgan so‘z o‘tmish payg‘ambarlardan meros bo‘lib kelgan va keyin kishilar ham uni o‘zlariga dasturulamal qilib olgan bir nasihatdir”, — dedilar”.
* * *
Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilinganiga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.): “Hayo qayerda bo‘lmasin kishini bezaydi, chirkin1 so‘z har qayerda kishini jirkanch ko‘rsatadi”, — dedilar.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling