50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi
Download 0.85 Mb.
|
9-синф адабиет конспект янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
- Milliy va umummadaniy kompetensiya
- I. Tashkiliy qism
IV. Mustahkamlash.
V. Uyga vazifa. 12-132-betlarni o’qib kelish. VI. Baholar tahlili. O’TIBDO’_____________________Sh.Mamatov Sana_______________ 9-sinf adabiyot Dars mavzusi: Imom al-Buxoriy. Hadislar. Darsning maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish 2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish . 3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish. O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish; Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish; Milliy va umummadaniy kompetensiya: badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish. Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar. Darsning borishi. I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish: b) davomatni aniqlash: v) she’riy daqiqa. II. O’tgan mavzuni so’rash. a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida) b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati) III. Yangi mavzu bayoni HADISLARDAN NAMUNALAR ONANI ROZI QILISH HAQIDA Bahz ibn Hakim (r.a.) otasi va bobosidan rivoyat qildi, bobosi aytdi: “Rasulullohdan: “Ey Rasulalloh, men yaxshiligimni kimga qilsam bo‘ladi?” — deb so‘radim. “Onangga”, dedilar. Men shu savolimni uch marotaba qaytarsam ham, Rasululloh: “Onangga”, deyaverdilar. To‘rtinchi marotaba so‘raganimda: “Otangga va yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga”, dedilar”. OtA-ONA HAQINI ADO QILISH HAQIDA Abu Muso Ash’ariy (r.a.)ning o‘g‘li Abu Burda (r.a.)ning aytish-laricha, Abdulloh ibn Umar (r.a.) bir yamanlik odam o‘z onasini opichlab, xonayi Ka’bani tavof qildirib yurganini ko‘rdilar. U odam quyidagi baytni ohang bilan o‘qirdi: Onayi zorim uchun bo‘ynimni eggan tevaman, Tevaga mingan onam horsalar ham men charchamam. U shuni o‘qib turib Abdullohga qaradida: “Ey Abdulloh ibn Umar, mana shu xizmatim bilan men onamning haqini ado qila olma dimmi?” — deb so‘radi. “Yo‘q, bu xizmating seni tug‘ish vaqtida onangni qiynab tutgan to‘lg‘oqlarining bittasiga ham barobar emas”, — dedi. Keyin Abdulloh ibn Umar (r.a.) xonayi Ka’bani tavof qildilar va maqomi Ibrohimga borib, ikki rakat namoz o‘qib olib, menga qarab: “Ey, Abu Muso Ash’ariyning o‘g‘li! Mana shu yerda o‘qiladigan ikki rakaat namoz o‘zidan ilgarigi gunohlarga kafforat bo‘ladi”, dedilar”. ODAM OtA-ONASINI HAQORAT QILMAYDI Abdulloh ibn Amri rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Odam qiladirgan gunohi azimlardan biri — ota-onas in i haqorat qilmoqdir!” — dedilar. Shunda: “Yo Rasululloh, odam o‘z ota-onasini qanday qilib haqorat qilmog‘i mumkin?” — deyishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Birovning ota-onasini so‘kkan odam o‘z ota-onasini haqorat qilgan bo‘lur”, — deb javob qil dilar”. QArINDOSH-UrUg‘LArIgA MeHr-OQIBAtLI ODAMNINg rIzQI ULUg‘ BO‘LMOg‘I HAQIDA Abu Hurayra raziyallohu anhu: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Kimki rizqim ulug‘, umrim uzoq bo‘lsin desa, qarindosh-urug‘lariga mehr-oqibatli bo‘lsin!” deganlarini eshitganmen”, — deydilar. BeMOrLIK KAFFOrAtI VA ALLOH tAOLO NINg “KIMNINg QILMISHI YOMON erSA, JAzO tOrtg‘USIDIr!” DegAN KALOMI SHArIFI XUSUSIDA Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zavjalari Oyisha onamiz raziyallohu anho bunday degan erkanlar: “Musulmon kishiga yetadirgan har bir musibat, hattoki badanining biror yeriga kirgan tikan ham, uning gunohiga kafforat bo‘lg‘usidir”. * * * Abu Hurayra raziyallohu anhuning rivoyat qilishlaricha, Janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bunday debdirlar: “Mo‘min odam balo-qazolarga toqat etmoqlikda sabza giyoh monanddir. Chunkim mo‘min har tarafdin shamol esganda egilib, so‘ng yana qaddini tiklab olg‘uvchi sabza giyoh yanglig‘ balo-qazolarga chidab, yengilmag‘aydir. Fojir (osiy) odam ersa, mo‘rt arz (kedr) og‘ochi1 kabidir, Alloh taolo uni, istasa, birdaniga sindira olur!”. Abu Hurayra raziyallohu anhuning rivoyat qilishlaricha, Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bunday degan erkanlar: “Alloh taolo qaysi bandasiga yaxshilikni ravo ko‘rsa, o‘shanga biror musibatni yuborgaydir”. MASt QILUVCHI ICHIMLIKLAr HAQIDA Ibn Umar raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: “Har bir mast qiladigan narsa xamrdir va har bir mast qiladigan nar- sa haromdir. Kim dunyoda xamr ichsa va vafot etsa va u unga mukkasidan ketgan bo‘lsa, oxiratda ichmaydi”2. * * * Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam “Kimki bu dunyoda mast qilguvchi ichimlik ichgan bo‘lsa-yu, keyin ichganiga tavba qilmagan bo‘lsa, oxiratda tavba qilmoqdan mahrum qilingaydur!” — dedilar”. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling