I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)
III. Yangi mavzu bayoni
ТuNGi ТaQQOslar
(Sirojiddin Sayyid tarjimasi)
Sen — asalsan go‘yo,
esladimmi — tishlar sirqirar,
Sen —
bir hazil,
ki dastingdan yurak zirqirar.
Men faqirman, kim ham xafa qilardi!
Do‘zax ko‘rdim, endi jannat istar dil.
Eh, nechun boshqalar seni sevadir,
sevmagin, o‘, ular odammas axir.
Kishnaydi, kishnab yo‘q qilar,
ular
odam emas, ular – ayg‘irlar!
Тillarim
tishlarni sindirganida,
ko‘zim kipriklarni kuydirganida,
Ayt, barchasin ko‘rib turib, dosh berib, tag‘in
odam deya sanalmoqqa qolurmi haqqim?
Тunlar qurbaqalardek bo‘zlamaslikning aytgin chorasin.
Men
seni sevaman
beva — faryodni,
baliq — daryoni,
tulpor — keng yaylovni sevsa qanchalik.
Men seni sevaman
noshud — shuhrat-shonni,
quyosh — sof osmonni sevgani yanglig‘.
Sen — ziqnasan,
senga yashash oson,
menga rizqin tutdi hatto gado ham,
go‘yoki go‘dakka sut bergan kabi.
O‘, men nomard, Xayyom bo‘lsaydim agar,
O‘,
men nokas, Hoz bo‘lsaydim agar,
O‘, Mahambet bo‘lsaydim agar
murodimga yetardim balki!..
Faqat, barcha she’rlar yozib bitilgan.
Shunday sevgandilar tog‘-u dashtda ham,
Shunday sevgandilar quvnab,
qon yutib,
O‘zgacha sevish ham mumkinmi yoki?..
Men seni sevaman,
O‘zim sevganday.
IV. Mustahkamlash.
1. She’rdagi “…ular odam emas, ular – ayg‘irlar!” qatori ma’nosini anglating.
2. “Тillarim tishlarni sindirganida, ko‘zim kipriklarni kuydirganida” tarzidagi iqrorda shoirning qanday holati ifoda etilgan?
3. She’rda shoir sevgisi darajasi aks etgan tasvirlarni sharhlang.
4. Unda shoirning badiiy mahorati aks etgan o‘rinlarni ko‘rsating.
5. She’rning nomini izohlashga urining.
6. She’rni yod oling.
V. Uyga vazifa. 361-364-betlarni o’qib kelish.She’rni yod olish.
VI. Baholar tahlili.
O’TIBDO’__________________________H.Qosimov