50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 0.85 Mb.
bet119/125
Sana13.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1090472
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125
Bog'liq
9-синф адабиет конспект янги

IV. Mustahkamlash.
V. Uyga vazifa. 331-336-betlarni o’qib kelish.
VI. Baholar tahlili.
O’TIBDO’__________________________H.Qosimov

Sana_______________ 9-sinf adabiyot




Dars mavzusi: Chingiz Aytmatov “Asrga tatigulik kun” romani

Darsning maqsadi:


1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.


II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)
III. Yangi mavzu bayoni
ASRGA TATIGULIK KUN1
(romandan parcha)
* * *
Bu voqеa jungjanglar Sario‘zak dashtlarini egallab olish va aholini qullikka solish maqsadida tub xalqlar bilan tinimsiz urush olib borgan zamonlarda yuz bеrgan edi. O‘z yеrlaridan ayrilishni istamagan mahalliy qabilalar tinimsiz kurash olib bori shar, katta-kichik janglar orasida tinch damlar ham bo‘lardi. Nayman ona fojiasi ayni shunday tinch kunlarning birida bo‘lgandi...
Ona Bayit qabristonining o‘z tarixi bor. Rivoyatga ko‘ra o‘tgan zamonlarda Sario‘zakni bosib olgan jungjanglar asirga tushgan jangchilarga nisbatan behad shafqatsizlik qilishar ekanlar. Ular kezi kelib bunday tutqunlarni qo‘shni o‘lkalarga qul qilib sotib yuborishar ekan. Bu tutqunning omadi kelgan hisoblanar ekan. Chunki sotib yuborilgan qul ertami-kechmi, bir kuni o‘z vataniga qochib ketishi mumkin ekan-da. Jungjanglarning qo‘l ostida tutqun bo‘lib qolganlarning esa sho‘ri qurir ekan. Ular mahkumning boshiga teri qalpoq tortish yo‘li bilan dahshatli bir tarzda qiynab, uning xotirasini yo‘qotar ekanlar. Odatda bunday jazoga jangda asir tushgan yosh yigitlar giriftor bo‘lishardi. Avvaliga jungjanglar tutqinning sochini dastlab o‘ngidan, so‘ngra teskarisidan taqir qirib tashlashadi. Sartaroshlik marosimi tugagach, jungjanglarning chapdast qassoblari kattakon bir tuyani so‘yib, terisini shila boshlaydilar. Ularni birinchi navbatda, eng qalin va eng og‘ir bo‘lgan bo‘yin terisini ajratib bo‘laklarga bo‘lishar, ho vuri chiqib turgan yopishqoq terisini shu zahotiyoq hozirda suzuvchilar kiyadigan qalpoqcha singari tutqinning yangi qirilgan taqir boshiga kiygizib qo‘yishardi. Mana shu teri qoplash eyiladi. Bunday qiynoqqa duchor etilgan qul yo dahshatli azoblarga bardosh berolmay o‘lib ketar, yo xotirasidan umrbod mahkum etilib, o‘tmishini eslay olmaydigan qulga – manqurtga aylanib qolar edi. Bitta tuyaning bo‘yin terisi besh-oltita qalpoqqa yetadi. Qalpoq qoplangandan o‘ng halokatga mahkum etilgan har bir qul qiynalganda boshini yerga tegiza olmasin uchun bo‘yniga yog‘och bo‘yinturuq bog‘lashardi. Shu alfozda ularning yurakni ezuvchi, quloqni qomatga keltiruvchi dod-faryodlari eshitilib qolmasin, deb odamlardan yiroqqa, suvsiz, yemishsiz, kimsasiz yaydoq dalaga oyoq-qo‘llarini bog‘liq holda jazirama oftob tig‘iga eltib tashlar edilar. Bu qiynoqlar bir necha kun davom etardi. Kerakli joylarga soqchilar qalin qo‘yilib, asirlarning qabiladoshlari ularni qutqarishga kelib qolishsa, o‘tkazmaslik uchun chora-tadbir ko‘rib qo‘yilgan edi. Biroq qutqarishga urinishlar juda kam bo‘lardi, chunki ochiq dalada qilt etgan sharpa darhol sezilib qolardi. Buning ustiga jungjanglar falonchini manqurt qilishibdi deganlgan taqdirda tutqunning eng yaqin birodarlari ham uni qutqazishga yoki pul eva-ziga qaytar ib olishga urinmayoq qo‘yardilar, chunki bu o‘sha odamning quruq jasadinigina qaytarish degan so‘z edi. Faqat ri voyatlarda Nayman ona nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan ayolgina o‘z o‘g‘lining bu taxlit achchiq qismati bilan murosa qila olmadi. Sario‘zak afsonasi shu haqda. Ona Bayit – Onayizor makoni qabristonining nomi shun-dan kelib chiqqan.
Dalaga tashlangan asirlarning ko‘pi Sario‘zak quyoshi tig‘ida
dahshatli qiynoqlarga bardosh berolmay halok bo‘lgan. Besh-oltita
manqurtdan bitta yoki ikkitasigina tirik qolgan. Boshqalari ochlikdan emas, hatto tashnalikdan ham emas, kallaga qoplangan terining quyosh issig‘ida qovjirab, qoq miyani chidab bo‘lmas darajada siqishi natijasida jon taslim qilar edilar. Olov purkab turgan quyosh ostida teri qalpoq shafqatsiz ravishda torayib, qulning qirilgan boshini temir chambarak singari jingirtob qilib qisardi. Oradan bir kun o‘tishi bilan jabrdiydalarning taqir boshida soch nish ura boshlaydi.Insonning insonlik fazilati, yaratilganda birga yaratilib, o‘lganda yana bir o‘zi bilan birga ketadigan va boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan birdan-bir noyob fazilati — xotirasi, aql-idroki bo‘lsa-yu, uni tag-tomiri bilan yulib olsalar, axir bu qanday bedodlik!? Undan ko‘ra tutqunning qalbini poralab, istagancha ziyon-zahmat yetkazib, o‘limga mahkum etishlari yoki bo‘lmasa, biryo‘la boshidan judo etsa, yuz chandon yaxshi emasmi? O‘zlarining mudhish tarixida xiyonatkor sifatida shuhrat qozongan ko‘chmanchi jungjanglar eng muqaddas narsa – insonning muqaddas insoniylik mohiyatiga ham chang soldilar. Ular qullarni jonli xotiradan mahrum etish yo‘lini o‘ylab topdilar, shu bilan bani odam zotiga aql bovar qiladigan va bovar qilmaydigan yovuzliklar orasida eng qabih jinoyatga qo‘l urdilar.Balki, shu boisdandir, manqurtga aylantirilgan o‘g‘lining g‘am-g‘ussasi olovida qovurilgan Nayman ona shunday zikr qildi: “Bo‘talog‘im, seni xotirangdan judo etayotganlarida boshingga ko‘rinmas teriqalpoq o‘rnatib es-hushingdan ajratayotganlarida, yong‘oq chaqadigan qisqichdek boshingga kiydirilgan tuyateri asta-sekin qurib qovjirab, bosh chanogingni jingirtob qilib siqayotganida, dahshatli qo‘rquvdan ko‘zlaring kosasidan irg‘ib chiqqanida, Sario‘zak dashtining dudsiz otashi o‘lim talvasasi bilan olishib, labingni ho‘llashga ham yer-u ko‘kdan bir tomchi suv topolmay tashnalik azobida qovrilayotganingda, hatto borliqqa hayot baxsh etuvchi xurshidi olam senga so‘qir, balo-qazo bo‘lib, dunyodagi jamiki yulduzlar qaro zulmat bo‘lib ko‘ringandir?...



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling