51-mavzu tabiat – onamiz!
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq51 - мавзу
https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi 51-mavzu TABIAT – ONAMIZ! O‘tgan asrlarda ishlab chiqarishning rivojlanishi, yangi yerlar o‘zlashtirilishi, zamonaviy qurollar yaratilishi bilan boshlangan ekologik muammo XXI asrda yanada avj oldi. Ona zamin o‘ylamasdan va tartibga solinmagan texnogen ta’sirlardan juda qattiq aziyat chekyapti. Ekologik muammolarning achchiq oqibatlari haqida gapirganda, uzoqqa borish shart emas. Birgina Orol dengizining qurib qolishi qanchalik talafot va inqirozlarni keltirib chiqarganiga bugun har birimiz guvohmiz. Odamzod tabiatan g‘alati mavjudot. Suv – obihayot deydi-yu, lekin tonna-tonna chiqindini dengiz-u daryolarga oqizib uni ifloslantiradi. Yashillikni, fusunkor tabiatni xush ko‘radi-yu, ammo o‘ylab ham o‘tirmay, yashnab turgan daraxtlarga qiron keltiradi. Atom urushidan qo‘rqishadi, biroq minglab gektar joyda sinov tariqasida bomba portlatib, ekologiyaga, o‘z tamadduniga jiddiy zarar yetkazadi. Aslida daryolarni quritgan, unumli yerlarni, o‘rmonlarni cho‘llarga aylantirgan, portlatgan, zaharlagan, xullas, ona zaminni og‘ir asoratlar bilan jarohatlayotgan yagona tirik mavjudot insondir. Aslida ekologik muammo, atrof-muhit muhofazasi masalasi birdaniga paydo bo‘lib qolmagan. Yillar, asrlar davomida yetilib kelgan muammo ilk marotaba 1972- yilda Stokgolmda o‘tkazilgan BMT konferensiyasida muh okama qilingan. Mazkur konferensiyada «Inson farovon va yuqori qadr- qimmatga ega hayotni taqozo etadigan muhitda yashamog‘i lozim» g‘oyasi ilgari surilgan. BMT tomonidan 1992-yil Rio-de- Janeyroda o‘tkazilgan konferensiyada esa ekologiya muammosi yana jahon afkor ommasining diqqat https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi markazida bo‘lib, unda ikkita muhim hujjat: «Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiya» hamda «Bioxilma-xillik bo‘yicha konvensiya» qabul qilingan. Davlatimiz mazkur xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda qonunchilik bazasi yaratilgan. Hech kimga sir emas, ekologik muammoga butkul barham berishning yagona yo‘li – ona tabiatni ko‘z qorachig‘idek asrashdir. Lekin har bir odamda ekologik madaniyat bo‘lmasa, bari befoyda. Mavjud resurslardan oqilona foydalanish ko ‘nikmasi shakllanmas ekan, ekologik xavf-xatarlar biz bilan yonma- yon bo‘laveradi. Suv toshqinlari, o‘rmon yong‘inlari, chang-bo‘ron va boshqa tabiiy ofatlar yuz beraveradi. Shuningdek, ekologiyani yaxshilash, yashil tabiatni asrab qolish uchun u qonunan q at’iy himoya qilinishi, qonunbuzarliklarning oldini olish choralari ko‘rilishi lozim. Jazo ning qat’iyligi va hammaga birdek qo‘llanishi jinoyat sodir etish darajasining kamayishiga olib kelishi shubhasiz. Agar bu qoidalar ishlamasa, bunday jinoyatlar yana va yana sodir etilaveradi, ekologiyaga jiddiy zarar yetaveradi. Negaki, ba’zi jinoyatlar aynan jazo turining mukammal bo‘lmaganligi, yengilligi va boshqa ko‘rinishlari sabab tez va qayta sodir bo‘laveradi. Bunday vaziyat qasddan ushbu ishga qo‘l uruvchilarning jazodan ko‘ra, qilgan jinoyatlaridan ko‘proq manfaatdorlik topishlari ortidan bo‘lishi mumkin. Masa lan, bir tadbirkor muayyan joydan ko‘p qavatli uy qurishga ruxsat oldi, lekin o‘sha yerda yuzlab daraxtlar bor. Agar qonun mukammal bo‘lmasa, tadbirk or o‘sha daraxtlarni osonlikcha kesib tashlab, uyini quraveradi. Chunki u bu yerdan oladigan daromadi daraxtlarni kesgani uchun to‘laydigan jarimalardan ancha ko‘pligini yaxshi biladi. Shu o‘rinda ayrim xorijiy davlatlarda ekologiyaga zarar yetkazish qanchaga tushishiga bir qur nazar tashlasak. Eng qattiq ekologik qonunchilik Germaniyada amal qiladi. Qasddan sodir etilgan jinoyatlar – besh yilgacha, o‘ta og‘ir qilmishlar uchun – o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Mabodo ehtiyotsizlik or qasidan ekologiyaga zarar yetkazib qo‘ysangiz, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishingiz mumkin. Belgiyada esa yerga tashlangan har qanday chiqindi uchun 50 yevro, axlatdon yoniga tashlangan chiqindi uchun esa 150 yevro to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Buyuk Britaniyada bunday qonunbuzarlik uchun 100, ifloslanishni nazorat qilish qonunini buzganlik uchun esa 400 funt sterlinggacha jarima solinadi. Fransiyada 2008-yilda atrof-muhitga zarar yetkazuvchi transport vositalari egalari uchun jarimalar tizimi joriy etilgan. Har bir kilometr harakatda atmosferaga 160 g dan ortiq karbonat angidrid chiqaradigan yangi avtomobil sotib olgan avtoulov egasi 2600 yevrogacha jarima to‘lashi kerak. Elektr transport vositalarining egalari «super bonus» – 5000 yevro olish huquqiga ega. AQShda suv, havo sifati va chiqindilar to‘g‘risidagi qonunlarni qasddan buzish 25 ming dollargacha jarima yoki 1 yilgacha qamoq jazosiga olib kelishi mumkin. Agar qoidabuzarlik takror sodir etilsa, jarima miqdori 50 ming dollargacha, qamoq muddati e sa 2 yilgacha ko‘tariladi. Yurtimizda esa tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi qonun, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Ma’muriy javo bgarlik to‘g‘risidagi kodeksning qator moddalarida atrof-muhitga zarar yetkazish bilan bog‘liq g‘ayriqonuniy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik choralari belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, amaldagi Jinoyat kodeksining to‘rtinchi bo‘limi «Ekologiya sohasidagi jinoyatlar»ni, XIV bobi esa «Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar»ni o‘ziga jamlagan. Qonun talabiga ko‘ra, atrof-tabiiy muhitga zarar yetkazgan korxona, tashkilot va muassasalar, shuningdek, shaxslar yetkazilgan zararni, shu jumladan, boy berilgan foyda o‘rnini qoplashi shart. Bu borada Ichki ishlar vazirligi tomonidan qilinayotgan ishlarni ham aytib o‘tish joiz. Joylarda tegishli mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda ishlaydigan «ekologik politsiya» atamasi vujudga keldi. Profilaktika inspektorlariga o‘z hududida atrof-muhitga zarar yetkazish bilan bog‘liq holatlarga bayonnoma rasmiylashtirish vakolati berildi. Xulosa qilib aytganda, muqaddas tuproq, toza havo, zilol suv, o‘z nurini saxiylik ila sochayotgan quyosh – barcha-barchasi tabiatning betakror mo‘jizasi. Ularni o‘z holicha saqlab, kelajak avlodga yetkazish siz-u bizga bog‘liq. Buning uchun esa yuqorida ta’kidlanganidek, har birimiz ona yerimizni, tabiatni ardoqlashimiz, ekologik madaniyatli b o‘lishimiz talab qilinadi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Avlodlarimiz bizdan keyin ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun biz tabiatga mehr va e’tibor berishimiz, u bilan uyg‘un bo‘lib yashashimiz kerak. Bu nima degani? Bu – tabiatni toza-ozoda tut ish, yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash, daraxt ekib, bog‘ yaratish degani. Eng muhim masala – aholining ekologik madaniyatini oshirish haqida jiddiy bosh qotirishimiz zarur». Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling