55 jild: 01 nashr: 07 2022 yil mustaqil davlatlar hamdo‘stligida prokuratura organlari hisobdorligining o‘ziga xos tajribasi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1571560
1   2   3   4   5   6
Material va metodlar 
Mazkur ilmiy maolani tayyorlashda tizimli tahlil, mantiqiy, qiyosiy huquqiy tahlil, ilmiy maqolalar va 
manbalarni atroflicha tadqiq etish usullaridan foydalanilgan. 
Tadqiqot obyekti mustaqil davlatlar hamdo„stligida prokuratura organlari hisobdorligining o„ziga xos 
tajribasi tashkiliy huquqiy asoslari hisoblanadi. 
Tadqiqot natijalari: 
Hozirgi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligi mamlakatlarida prokuratura organlarining tashkil 
topishi va rivojlanishi, tarixiy tendensiyalari bir-biriga juda o„xshash bo„lib, ularni yagona 
markazlashgan prokuratura idorasiga tegishli bo„lganligi tufayli, qonunlarning tuzilishi, prokuratura 
idorasining davlat organlari o„rtasida tutgan o„rni va ahamiyati bir-biriga yaqinligi bilan ajralib turadi. 
Masalan, Rossiya Federatsiyasi Prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslari Rossiya 
Federatsiyasi Prokuratura to„g„risidagi Qonunining 3-moddasi belgilangan bo„lib, avvalambor
1
Д.В. Иванюшко .
 
Ассистент Института (филиала) Московской государственной юридической академии им. О.Е. 
Кутафина в г. Магадане. Kонституционно-правовой статус прокуратурыв странах снг.1-б


SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official
56 
Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi, Prokuratura to„g„risidagi Federal qonuni, boshqa federal 
qonunlar va xalqaro shartnomalardan iborat
2
.
Rossiya Federatsiyasi prokuratura organlari ham ushbu organ to„g„risidagi bosh qonun 
Konstitutsiyaning “Sud hokimiyati va prokuratura” deb nomlangan bobi 129-moddasida belgilangan
3

Mazkur moddada, “Rossiya Federatsiyasi prokuraturasi - bu Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga 
rioya etilishi va qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi, inson va fuqarolarning huquqlari va 
erkinliklariga rioya etilishini nazorat qiluvchi, o„z vakolatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka 
tortadigan 
organlarning 
yagona 
federal 
markazlashgan 
tizimidir. 
Rossiya 
Federatsiyasi 
prokuraturasining vakolatlari va funksiyalari, uni tashkil etish va uning faoliyati tartibi federal 
qonunlar bilan belgilanadi”
4
deb ko„rsatib o„tilgan. Bundan tashqari ikkala davlatda ham 
prokurorlarning vakolat muddatlari besh yil qilib belgilangan
5

“Prokuratura to„g„risida”gi qonunning 11-moddasida esa Rossiya Federatsiyasi prokuratura organlari 
tizimi keltiriladi: 
“Rossiya Federatsiyasi prokuratura tizimi Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi, Rossiya 
Federatsiyasi ta‟sis obyektlari prokuraturalari, harbiy va boshqa ixtisoslashtirilgan prokuratura, yuridik 
shaxs hisoblanadigan ilmiy va ta‟lim tashkilotlari, bosma nashrlarning tahririyatlari, shuningdek shahar 
va tumanlar prokuraturalari, hududiy, harbiy va boshqa ixtisoslashtirilgan prokuratura organlaridan 
iborat”
6
. “Rossiya Federatsiyasi prokuraturasi to'g'risida” Federal qonuning 12-moddasi 7-qismida 
“Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori har yili Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining palatalariga 
va Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga Rossiya Federatsiyasida qonuniylik va huquq-tartibotning holati 
to'g'risida, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi qonunlarida belgilangan vazifalar va topshiriqlar holati 
to'g'risida hisobot taqdim etadi. Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashi ushbu 
palataning yig'ilishida hisobotni Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori shaxsan taqdim etadi. Mazkur 
qonunning 51-moddasida esa “Rossiya Bosh prokuraturasi manfaatdor federal vazirliklar va idoralar 
bilan birgalikda jinoyatlar darajasi, jinoyatlarni hal qilish darajasi, tergov faoliyati va prokuror nazorati 
to'g'risida har tomonlama hisobga olish va statistik hisobot berish tizimi va metodologiyasini ishlab 
chiqadi. shuningdek, prokuratura organlarida hisobot materiallarini shakllantirish va taqdim etishning 
yagona tartibini belgilaydi”, deb ko„rsatilgan. 
MDHning boshqa davlati qo„shni Qozog‘iston Respublikasi ham Sobiq SSSR tuzumga kirgan davlat 
bo„lganligi uchun prokuratura organlari O„zbekiston Respublikasinikiga o„xshash tashkil etilgan va 
faoliyat prinsiplariga ega davlat.
Prokuratura to„g„risida Qozog„iston Konstitutsiyada alohida bob ajratilmagan bo„lib, “Sud va adolat” 
deb nomlangan 83-moddasida “Prokuratura Qozog„iston Respublikasi hududida davlat nomidan 
o„rnatilgan qonunlarga rioya etilishi ustidan oliy nazoratni amalga oshiradi, sudda davlat manfaatlarini 
himoya qiladi va davlat nomidan jinoiy ta‟qib qilish ishini amalga oshiradi” deb belgilangan
7

Shuningdek, Qozog„iston Respublikasida 1995- yil 21-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura 
to„g„risida‟‟gi
8
qonun va protsessual qonunchilik normalari bilan tartibga solinadi.Mazkur qonun 
2004-yil 20-dekabrda o„zgartirish va qo„shimcha kiritilgan bo„lib, qonun 9 bob 98 moddadan iboratdir.
Bosh prokuror faqatgina Prezident oldida hisobdor sanaladi, respublika hududida qonunlarni bir xilda 
amal qilishini ta‟minlovchi oliy nazorat organidir. Shunga qo„shimcha qilish mumkinki, 
Qozog„istonda Bosh prokuratura, viloyatlar, respublikadagi muhim joylarda, shaharlarda va poytaxt 
prokuraturasida maslahat organi sifatida Hay‟atlar faoliyat yuritadi. Shunindek, O„zbekiston 
Respublikasi Bosh prokuroriga o„xshash vakolatlar Qozog„iston prokuraturasida Bosh prokurori ham 
2
Mualliflar jamoasi. Prokuror nazorati. Darslik.– Toshkent: TDYU, 2019. 175-bet. 
3
http://www.constitution.ru/10003000/10003000-9.htm 
4
URL. https://epp.genproc.gov.ru/web/gprf/documents/legal-base?item=56368977
5
Sh. Poʻlatov. “Prokuratura organlarining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi “ Magistrlik dissertatsiyasi. TOSHKENT -
2021.47- bet. 
6
URL. http://pravo.gov.ru/proxy/ips/?docbody=&nd=102014157
7
https://online.zakon.kz/document/?doc_id=1005029&pos=1209;-60#pos=1209;-60 
8
Allamurotov A.T. Ergashev A.A. “Xorijiy davlatlarda prokuratura‟‟ o„quv qo'llanma. Toshkent –2009.68-bet 


SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official
57 
berilgan bo„lib, faqat Qozog„iston prokuraturasida Bosh prokurori Oliy Sud hay‟ati azosi hisoblanishi 
bilan farq qiladi. MDH davlatlaridan faqatgina Qozog„iston Respublikasi prokuraturasiga 
Konstitutsiya va qonunlariga zid bo„lgan qonunlar ustidan protest bildirish huquqi berildi
9

Xuddi shunday, Belorussiyada Respublika prokuraturasi davlat nomidan qonunlar ijrosi ustidan oliy 
nazoratni amalga oshiruvchi mustaqil organ hisoblanadi. Belorussiya Respublikasida Konstitutsiya 
1996-yil qabul qilingan bo„lib Konstitutsiyaning VI-bo„lim “Prokuratura, Davlat nazorati qo„mitasi” 
VII-bob “ Prokuratura” prokuraturaning huquqiy maqomini belgilab bergan
10
. Konstitutsiyaning 125-
129 moddalarida prokuraturaning asosiy vakolatlari berilgan bo„lib, 127- moddasida “Bosh prokuror 
va unga bo„ysunuvchi prokurorlar o„z vakolatlarini amalga oshirishda mustaqildirlar va qonunga amal 
qiladilar. Bosh prokuror o„z faoliyatida Prezident oldida javobgar” dir. Shuningdek, Belorusiya 
Respublikasi Konstitutsiyaning V bo„limda 121-moddasida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining 
mutlaq vakolatlariga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, mahalliy byudjetlarni va ularning 
ijrosi to„g„risidagi hisobotlarni eshitishi belgilangan.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling