58-maktab direktorining
Download 28.73 Kb.
|
“Konstitutsiya – erkinligimiz kafolati” respublika ko‘rik-tanlovi
- Bu sahifa navigatsiya:
- NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar
- 2-bob. Ko‘rik-tanlovning maqsadi
- 3-bob. Ko‘rik-tanlovni tashkil etish tartibi 3. Ko‘rik-tanlov insho ( diktant, ijodiy bayon, insho va savol javob ) yo‘nalishida: 2-4-sinf o‘quvchilari
58-maktab direktorining2021-yil “___” -__________ dagi _____- son buyrug‘iga 3-ILOVA Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya – erkinligimiz kafolati” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur nizom Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya - erkinligimiz kafolati” respublika ko‘rik-tanlovini (keyingi o‘rinlarda ko‘rik-tanlov deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2-bob. Ko‘rik-tanlovning maqsadi 2. Ko‘rik-tanlovning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “8 dekabr - Konstitutsiya qabul qilingan kun” umumxalq bayramini yuqori saviyada nishonlash, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini o‘quvchilar ongiga singdirish, ularning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, o‘quvchilar erishayotgan natijalarni targ‘ib qilish va qo‘llab-quvvatlash, ularni qonunlarga itoat ruhida tarbiyalashdan iborat. 3-bob. Ko‘rik-tanlovni tashkil etish tartibi 3. Ko‘rik-tanlov insho (diktant, ijodiy bayon, insho va savol javob) yo‘nalishida: 2-4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bir bosqichda (faqat maktab miqyosida); 5-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ikki bosqichda (maktab va tuman/shahar miqyosida), 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida to‘rt bosqichda (maktab, tuman/shahar, hududiy va respublika miqyosida) o‘tkaziladi. 4. Ko‘rik-tanlov 2-4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida diktantlar, 5-7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ijodiy bayon, 8-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida insholar tanlovi tarzida o‘tkaziladi. 5. Ko‘rik-tanlovning bosqichlari: birinchi bosqich – maktab bosqichi: har yili noyabr oyining birinchi haftasi mobaynida (bir kunda) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida; ikkinchi bosqich – tuman (shahar) bosqichi: har yili noyabr oyining ikkinchi haftasi mobaynida (bir kunda) tuman (shahar) miqyosida; uchinchi bosqich – hududiy bosqich: har yili noyabr oyining uchinchi haftasi mobaynida (bir kun) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida; yakuniy bosqich – respublika bosqichi: har yili dekabr oyining birinchi haftasida (bir kun) Toshkent shahrida o‘tkaziladi. 6. Ko‘rik-tanlovning birinchi bosqichida yo‘nalishlar bo‘yicha 2-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi. 7. Ko‘rik-tanlovning insholar (ijodiy bayon va insho) yo‘nalishi bo‘yicha birinchi bosqichda 5-9-sinf (ijodiy bayon) o‘quvchilari o‘rtasida 1-o‘rinlarni egallagan (har bir sinf kesimida) 1 nafardan hamda hamda 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida (insho) 1 nafar jami 6 nafar o‘quvchilar ikkinchi bosqichda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar. Tuman (shahar) bosqichida (insho) yo‘nalishi bo‘yicha 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar uchinchi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. 8. Ko‘rik-tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, tuman/shahar xalq ta’limi bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarida ishchi guruhlar tuziladi. 9. Ko‘rik-tanlovning birinchi bosqichini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar umumiy o‘rta ta’lim muassasasining, ikkinchi bosqichini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar tuman/shahar xalq ta’limi bo‘limlarining, uchinchi bosqichini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi. 10. Ko‘rik-tanlovning birinchi bosqichida 1-o‘rinni egallagan (yo‘nalishlar bo‘yicha 5-9-sinf va 10-11-sinf) o‘quvchilarining ijodiy ishlari hakamlar hay’ati yig‘ilishi qarori bilan har yili noyabr oyining birinchi haftasi yakuniga qadar tuman/shahar xalq ta’limi bo‘limlaridagi ishchi guruhlarga taqdim etiladi. 11. Ko‘rik-tanlovning ikkinchi bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan (yo‘nalishlar bo‘yicha 5-9-sinf va 10-11-sinf) o‘quvchilarining ijodiy ishlari hakamlar hay’ati yig‘ilishi qarori bilan har yili noyabr oyining birinchi haftasi yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalaridagi ishchi guruhlarga taqdim etiladi. 12. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi respublika ta’lim muassasalarining o‘quvchilari Toshkent shahar bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadilar. 13. Ko‘rik-tanlovning uchinchi bosqichida (har bir hududdan bir nafardan) 1-o‘rinlarni egallagan jami (14 ta) 10-11-sinf o‘quvchilarining ijodiy ishlari hakamlar hay’ati yig‘ilishi qarori bilan har yili noyabr oyining uchinchi haftasi yakuniga qadar quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda respublika ishchi guruhi (Respublika ta’lim markazi)ga taqdim etiladi: - uchinchi bosqich hakamlar hay’ati qarorining asl nusxasi; - ko‘rik-tanlovning uchinchi bosqichida 1-o‘rinni egallagan o‘quvchilarning ijodiy ishlari asl nusxasi; - ko‘rik-tanlovning uchinchi bosqichida 1-o‘rinni egallagan o‘quvchilarning ma’lumotnoma (obyektivka)si. 14. Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun insho yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi bosqichda 1-o‘rinni egallagan jami 14 nafar o‘quvchilar Toshkent shahriga taklif etiladi. Download 28.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling