58 ta davlat universitetlari; 17 ta nodavlat universitetlari
Download 181.99 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Amaliy
4.5. Polsha ta’lim tizimi
85 1999 yil Polshada yangi ta‘lim reformasi kuchga kirdi. U o‘qitishning tashkiliy tuzilishi va imtihonlar tizimini tubdan o‘zgartirdi, o‘qituvchilar xizmat pog‘onasida o‘sishining yangi tizimi va maktablarni moliyalashtirish usullarini kiritdi. Reformaning asosiy tamoyillari ishlab chiqildi. Uning mazmuni: • O‘rta va oliy ta‘limni keng yoyish; • Ilmiy dasturlarning o‘zgarishiga ko‘ra ta‘lim sifatini oshirishdan iborat. Shuningdek, Reformaning yangi usullari joriy qilindi. Yangi maktab tuzilmasi; umumiy imtihon tizimi; o‘qituvchining xizmat pog‘onasidan o‘sishi; maktablarni moliyalashtirishning yangi tamoyillari; dasturiy o‘zgarishlar kiritish. Polshaning zamonaviy ta‘lim tizimi quyidagicha tuzilgan (1-chizma): maktabgacha ta‘lim (1 yil), boshlang‘ich ta‘lim (6 yil), gimnaziya (3 yil), kasbiy maktab (2 yil), Litsey (3 yil), Texnikum (4 yil), KMdan keyingi litsey (2 yil), OO‘Yu (5 yil), Doktorlik darajasini olish (3 yil). Reformaga asosan dasturiy o‘zgarishlar qilindi. O‘quvchilarning ko‘nikma- malakasi va fikrlashini shakllantirishga ko‘mak beruvchi yangi dasturiy asoslar kiritildi. Imtihon standartlari ishlab chiqildi. O‘qituvchi o‘qitish dasturi va darsliklarni tanlash yoki o‘qitish dasturini mustaqil yozish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Direktor o‘quvchilar xohishiga ko‘ra bir necha darslarni kiritishi mumkin (turli to‘garaklar, o‘lkashunoslik, ekologiya va boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlar). Davlat miqyosida ishlab chiqilgan, bir xil baholash tizimiga ega bo‘lgan, bir turdagi imtihonlar kiritildi. O‘qitish bloklari kiritildi (masalan, musiqa, san‘at va h.) 86 Mamlakatda ta‘lim tizimini moliyalash va nazorat qilish gminlar byudjetidan amalga oshiriladi. Boshlang‘ich ta‘lim va gimnaziyalar gminlar byudjetidan moliyalashtiriladi (gmin-Polshadagi eng kichik ma‘muriy birlik). Gminlar o‘quvchilar uchun doimiy dotatsiyalarni oladilar. Xususiy maktablar ochish imkoniyatlari bor, bunda shaxsiy pul mablag‘laridan tashqari davlat dotastiyasini ham olish mumkin. Maktablar ustidan pedagogik nazoratni kuratoriyalar amalga oshiradilar. Download 181.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling