Xususiy korxona deb qanday korxonaga aytiladi va uni ochish uchun qanday talablar qo’yiladigan? Javob: O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra
Download 61 Kb.
|
17-1-мавзу бўйича топшириқлар javoblari
17-mavzu. O’zbekistonda xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-huquqiy shakllari 1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering. Xususiy korxona deb qanday korxonaga aytiladi va uni ochish uchun qanday talablar qo’yiladigan? Javob: O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra: “Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona” deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik sub’ektlarining tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi. Uning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iboratdir: nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash; xususiy korxona Nizom jamg’armasini belgilash va shakllantirish; reja va hisobotlarni tayyorlash hamda tasdiqlash; xususiy korxonani rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish; xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to’g’risida qaror qabul qilish; xususiy korxona olgan foydani o’z ixtiyoriga ko’ra ishlatish; xususiy korxona mulkini tasarruf etish (boshqa shaxsga, ijaraga berish, garovga qo’yish, boshqa korxonalar nizom jamg’armasiga hissa tariqasida kiritish va hokazolar). Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning qanday xususiyatlari mavjud? Javob: Mas’uliyati cheklangan jamiyat. O’zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi Qonuniga binoan: “Bir yoki bir necha shaxs tomonidan tashkil etilgan, Nizom jamg’armasi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo’lingan xo’jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi”. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun qo’shgan hissalari qiymati doirasida javobgar bo’ladilar. O’zbekistonda aktsiyadorlik jamiyatlariga qanday ta’rif berilgan va ularga qanday talablar qo’yiladigan? Javob: Aksiyadorlik jamiyati. O’zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonuniga ko’ra: “Nizom jamg’armasi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo’jalik yurituvchi sub’ekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi”. Aksiyadorlik jamiyatlari ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari turida bo’lishi mumkin. Qatnashchilari o’zlariga tegishli aksiyalarini o’zga aksiyadorlar roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo’lgan aksiyadorlik jamiyatlari ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Aksiyalari faqat o’z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan aktsiyadorlik jamiyatlari to’g’risida nimalar bilasiz? Javob: O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ekinlari va ularni agrokimyoviy himoya qilish ishlari kuchaytiriladi. Shu maqsadda, 2016 yil 24 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan «O‘simliklarni himoya qilish tizimini yaxshilash va qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «O‘zagrokimyohimoya» aksionerlik jamiyati tashkil etiladi. "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati O’zbekiston respublikasi hududida joylashgan sobiq O’rta Osiyo temir yo’llari bazasida 1994 yil 7 noyabrda tashkil topgan. Umumiy temir yo’l uzunligi 3645 kmni tashkil etadi. Jamiyatda 54.7 mingdan ortiq xodimlar faoliyat ko’rsatadi. Yillik yukni ayirboshlash barcha turdagi transportlarning yuk ayirboshlashi qo’shilmasining 90% tashkil etadi. Oilaviy korxona va uni tashkil etishning qanday afzalliklari bor?Javob: Oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir.Oilaviy tadbirkorlik o‘z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi.Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkin.Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxonadir. Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir. 2-topshiriq. O’zbekistonda xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-huquqiy shakllari bo’yicha har birining afzalliklari va kamchiliklarini hamda ularga qo’yiladigan talablar to’g’risida quyidagi jadvalga to’ldirib chiqing.
3-topshiriq. O’zbekistonda xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-huquqiy shakllariga doir qabul qilingan normativ xujjatlar to’g’risida quyidagi jadvalga to’ldirib chiqing.
Download 61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling