4.6 Niderlandiya ta’limining ayrim masalalari
Niderlandiyaning yer maydoni 42 ming km kv bo‘lib, unda 15
million aholi
istiqomat qiladi. Uning shimoliy dengiz bo‘yida uch daryo Reyn, Maasa, Sxelde
dengizga
quyilish joyida joylashganligi, Niderlandiyaga katta geografik qulaylik
tug‘diradi. Shu tufayli ham aholining
katta qismi kemasozlik, turizm, tranzit
yuklarni kemalar bilan tashib berish bilan band. Ishga yaroqli aholidan 6 millioni
yoki 67 foizi maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida, 28 foizi sanoatda, 5 foizi qishloq
xo‘jaligi va baliqchilik xo‘jaliklarida mehnat qiladi. Davlat tuzimi –
konstitutsion
monarxiya, uning o‘z parlamenti ham faoliyat ko‘rsatadi. Bu mamlakat 12
viloyatdan tashkil topgan, poytaxti Amsterdam shahridir.
Niderlandiya kichik mamlakat bo‘lsada,
lekin xalqaro ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy hayotda faol ishtirok etadi. Hozirgi Birlashgan
Millatlar Tashkilotining
o‘tmishdoshi bo‘lgan millatlar ligasi aynan birinchi bor Niderlandiyada tashkil