580-sonli Auditning xalqaro standarti


Download 390.24 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi390.24 Kb.
#1645709
Bog'liq
580-sonli Auditning xalqaro standarti

580-sonli Auditning xalqaro standarti

Raximberdiyeva Dilshoda

Auditning 580-sonli Xalqaro Standarti “Yozma bayonotlar” deb ataladi. Ushbu Auditning Xalqaro Standartida moliyaviy hisobotlar auditini o‘tkazish jarayonida auditorning tadbirkorlik subyekti rahbariyatidan va, zarur holda, boshqaruv yuklatilgan shaxslardan yozma bayonotlar olish vazifasi ko‘rib chiqiladi.

Auditning 580-sonli Xalqaro Standarti “Yozma bayonotlar” deb ataladi. Ushbu Auditning Xalqaro Standartida moliyaviy hisobotlar auditini o‘tkazish jarayonida auditorning tadbirkorlik subyekti rahbariyatidan va, zarur holda, boshqaruv yuklatilgan shaxslardan yozma bayonotlar olish vazifasi ko‘rib chiqiladi.

580-sonli Auditning Xalqaro standartga qo‘llaniladigan atamalar quyida ko‘rsatilgan ma’nolarga ega:

Yozma bayonot – Tadbirkorlik subyekti rahbariyati tomonidan muayyan masalalarni tasdiqlash yoki boshqa auditorlik dalilini tasdiqlash maqsadida auditorga taqdim etiladigan yozma bildirgi. Ushbu ma’noda yozma bayonot moliyaviy hisobotlarni, ulardagi taqdimnomalarni yoki tasdiqlovchi buxgalteriya hisobi kitoblari va yozuvlarini qamrab olmaydi.


Ushbu Standart kontekstida “tadbirkorlik subyekti rahbariyati”ga havolalar “tadbirkorlik subyekti rahbariyati va, zarur holda, boshqaruv yuklatilgan shaxslar” deb o‘qilishi lozim. Bundan tashqari, moliyaviy hisobotlarni haqqoniy taqdim etish asosi bilan bog‘liq holda, tadbirkorlik subyekti rahbariyati moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo‘llaniladigan asosga muvofiq tayyorlash va haqqoniy taqdim etish uchun yoki moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo‘llaniladigan asosga muvofiq to‘g‘ri va haqqoniy tasavvur beradigan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgar bo‘ladi.
Yozma bayonotlar kerakli auditorlik dalillarini ta’minlashiga qaramay, mustaqil ravishda ular o‘zlari bog‘liq bo‘lgan har qanday masalaga nisbatan yetarlicha tegishli auditorlik dalillarini ta’minlamaydi. Bundan tashqari, tadbirkorlik subyekti rahbariyati ishonchli yozma bayonotlarni ta’minlagani auditor tadbirkorlik subyekti rahbariyati vazifalarining bajarilishi xususida yoki muayyan taqdimnomalar xususida oladigan boshqa auditorlik dalillari xususiyati yoki ko‘lamiga daxl etmaydi.
Ushbu Standartda Auditorning maqsadlari quyidagilardan iborat bo’ladi:
1) Tadbirkorlik subyekti rahbariyatidan va, zarur holda, boshqaruv yuklatilgan shaxslardan ularning fikricha, ular moliyaviy hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarganlari va auditorga taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘liqligi uchun javob berishlarini tasdiqlaydigan yozma bayonotlar olish;
2) Moliyaviy hisobotlar yoki moliyaviy hisobotlardagi muayyan taqdimnomalar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa auditorlik dalillarini yozma bayonotlar vositasida tasdiqlash, basharti auditor bunday tasdiqlashni zarur deb topgan bo‘lsa yoki u boshqa AXSga ko‘ra talab etilsa;
3) Tadbirkorlik subyekti rahbariyati va, zarur holda, boshqaruv yuklatilgan shaxslarning yozma bayonotlariga javoban yoki tadbirkorlik subyekti rahbariyati yoki, zarur holda, boshqaruv yuklatilgan shaxslar auditor talab qilgan yozma bayonotlarni ta’minlamagan bo‘lsa, tegishli harakatlarni bajarish.
Agar auditor talab etiladigan bunday bayonotlarga qo‘shimcha ravishda moliyaviy hisobotlar yoki moliyaviy hisobotlardagi bir yoki bir nechta muayyan taqdimnomalar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa auditorlik dalillarini tasdiqlash uchun bir yoki undan ortiq yozma bayonotlar olish zarur, degan qarorga kelgan bo‘lsa, auditor bunday yozma bayonotlarni so‘rab olishi lozim.
Auditor tadbirkorlik subyekti rahbariyatidan quyidagilar to‘g‘risida yozma bayonotlar talab qilishi lozim:
  • U audit kelishuvi shartlariga ko‘ra auditorga barcha tegishli ma’lumotlarni bergan va ular bilan tanishish uchun imkoniyat yaratganligi to’g’risida
  • Barcha operatsiyalar yozilgan va moliyaviy hisobotlarda aks ettirilganligi to’g’risida yozma bayonotlarni talab qilishi lozim. Yozma bayonotlar sanasi moliyaviy hisobotlar bo‘yicha auditorlik hisoboti (xulosasi) sanasidan oldingi sana bilan mos kelishi va unga mumkin qadar yaqin bo‘lishi lozim. Yozma bayonotlar barcha moliyaviy hisobotlarga va auditorlik hisoboti (xulosasi)da aytib o‘tilgan davr yoki barcha davrlarga to‘liq tatbiq etilishi lozim.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 390.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling