5A110201-Aniq va tabiy fanlarni o’qitish metodikasi (Fizika va Astranomiya) mutaxassisligi kurs ishi mavzu
Download 1.15 Mb.
|
KURS ISHI ABDIYEV ABDILAZIZ FA 3-KURS
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 5A110201-Aniq va tabiy fanlarni o’qitish metodikasi (Fizika va Astranomiya) mutaxassisligi KURS ISHI MAVZU: “Yorugʻlikning sochilishi”
Toshkent – 2023 Talaba (I.F.SH) Kursi va guruhi Fan Mavzu: 1.Kurs ishining mundarijasining tuzilishi 2.Kurs ishining kirish qismini yoritilishi 3.Asosiy qisimning yoritilishi 4.Kurs ishini yozishda ijodiy yondashis 4.Xulosaning yoritilishi 6.Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlarga baho berish 7.Ishdagi kamchiliklar 8.Kurs ishiga qo’yilgan ball 9.Rahbarning (I.F.SH) unvoni “_____” ____________ 2023 yil _________________imzo KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ravnaqi ko‘p jihatdan oliy o‘quv yurtlari va oʻrta maxsus ta’lim yo‘nalishidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari tayyorlab berayotgan mutaxassislarning bilimi va ularning egallagan malaka hamda ko‘nikmalariga bogʻliq. Chunki, bu yosh mutaxassislaming olgan bilimlari ta’lim standartlari talabi darajasida bo‘lgandagina ular ta’lim-tarbiya berishdan boshlab ishlab chiqarishdagi turli-tuman texnologik jarayonlarni boshqarishgacha bo‘lgan murakkab va mas’uliyatli vazifalarni bajarishda faol qatnasha oladilar. Mustaqllikning dastlabki yillaridan boshlab o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini malakali, pedagogik va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan rahbar va o‘qituvchi kadrlar bilan yanada mustahkamlash ishlari davom ettirildi. Negaki, farzandlari bilimli, ilmli yurtgina qudratli boʻla oladi, har bir sohada ulkan natijalarga erishadi. Shu sababli ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va yangiliklar butun dunyo hamjamiyati tomonidan ham yuqori baholanmoqda. Yoshlarimiz ham iste’dod, bilim va intellektual salohiyat bobida hech kimdan kam bo‘lmaslikka intilmoqdalar. Bu albatta, yurtimizda navqiron avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini kashf etish va yuzaga chiqarishga yuksak e’tibor qaratilayotganligi samarasidir. Zero, yutimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq, umumta’lim maktablaridan tortib, o‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv maskanlarigacha – barchasida ta’limning yangicha, o‘ziga xos uslublari joriy qilindi. Bu islohotlar esa intiluvchan yoshlarning yutuq hamda muvaffaqiyatlarga erishishini ta’minlash, jamiyatning turli jabhalarida xizmat qiladigan yetuk malakali mutaxassislar tayyorlashda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va berilayotgan bilimni o‘quvchilar ongida mustahkam o‘zlashtirilishiga erishish qayta-qayta ta’kidlab o‘tilgan. Bugungi kunda fizika fani o‘qitish jarayoni o‘zining strukturaviy tuzilishi jihatidan murakkab hisoblanib, u o‘qituvchining har bir mavzu uchun alohida tayyorgarligiga va qo‘yilgan mavzuni ilmiy asoslangan holda yetkazilishiga bog‘liq. Fizikaning rivojlanishida kishilik jamiyatining rivojlanishi, tarixiy davrlarning ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shartsharoitlari maʼlum ahamiyatga egadir. Fizikaning tarixiy rivojlanishi. Fizika tarixini 3 davrga boʻlib oʻrganish mumkin: 1) qad. zamondan 17-asrgacha boʻlgan davr; 2) 17-asrdan 19-asr oxirigacha boʻlgan davr. Bu davrdagi fizika fani, odatda, klassik fizika nomi bilan yuritiladi; 3) 19-asr oxiridan hozirgi paytgacha boʻlgan davr. Hozirgi zamon fizikasi (yoki eng yangi fizika) shu davrga mansub. Klassik fizikaning rivojlanishi. 17-asrga kelib G.Galiley mexanik harakatni tajriba yoʻli bilan oʻrganib, harakatni matematik formulalar asosida ifodalash zarurligini aniqladi va bu fizika fanining keskin rivojiga turtki boʻldi. U jismlarning oʻzaro taʼsiri natijasida tezlik oʻzgarib, tezlanish hosil boʻlishiini, taʼsir boʻlmaganda harakat holatining oʻzgarmasligi, yaʼni tezlanishning nolga tengligini yoki tezlikning oʻzgarmasdan saklanishini qayd etib, Aristotelning shu masalaga qarashli fikrini, yaʼni taʼsir natijasida tezlik hosil boʻlishini inkor etadi. Keyinchalik Galiley aniqlagan qonun inersiya qonuni yoki Nyutonning mexanikaga oid birinchi qonuni degan nom oldi. 1600 yilda U. Gilbert elektr va magnit xrdisalarni oʻrganish bilan shuhrat qozondi hamda Yer tirik magnit ekanligini isbotladi. U kompas magnit milining burilishini Yerning katta magnitga oʻxshashi orqali tushuntirdi, magnetizm va elektrning oʻzaro bogʻlanishini tekshirdi. Galiley mexanikadagi nisbiylik prinsipini ochdi va erkin tushayotgan jism tezlanishi uning tezligi va massasiga bogʻliq emasligini isbotladi. E.Torrichelli yuqoridagi prinsipdan foydalanib, atmosfera bosimining mavjudligini aniqladi va birinchi barometrni yaratdi. R. Boyl va E. Mariott gazlarning elastikligini aniqladilar hamda gazlar uchun birinchi qonun —Boyl—Mariott qonunini yaratdilar. Gollandiyalik astronom va matematik V.Snellius (Snell) bilan R.Dekart yorugʻlik nurining sinish qonunini ochdilar. Hozir Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti, Fizikatexnika instituti, S.A.Azimov nomidagi "Fizika—Quyosh" IICHB, U. O. Orifov nomidagi Elektronika instituti kabi oʻnlab ilmiy muassasalar, Toshkent milliy universiteti, Samarkand universiteti, Toshkent texnika universiteti va respublikadagi qariyb barcha oliy oʻquv yurtlarida ham fizika fanining turli muammmolariga oid ishlar olib borilmokda. Mamlakatda fizika fanini rivojlantirishda. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling