24-mavzu. f-elementlarining umumiy tavsifi
Elementlarning umumiy tavsifi. Davriy sistemadagi o‘rni. Atomlarning tuzilishi 4f- va 5f-elementlari. Xossalaridagi ichki davriylik. Birikmalaridagi kimyoviy bog‘lanish tabiati. Lantanoidlar (4f-elementlar). Metallarning kimyoviy xossalari. Oksid va gidroksidlari. Davrda kislota-asos xossalarining o‘zgarishi.
25-mavzu. Bionoorganik kimyo
Tirik tabiatdagi kimyoviy elementlar. Hujayralarning tuzilishi. Hujayralar noorganik tarkibi. Metall ionlarining biologik roli.
Transport, transfer va transkripsiya. Kislorodning transporti va saqlanishi. Meditsinadagi kimyoviy elementlar. Kislotali kataliz mexanizm bo‘yicha ta’sir qiluvchi fermentlar. Oksidlanish-qaytarilish kataliz.
26-mavzu. Noorganik kimyo va ekologiya
Ekologik muammolari hal qilishda kimyoning roli. Ekologik muvozanat. Ilmiy texnik va atrof muxit muhofazasi muammolari. Ishlab chiqarish korxonalarida kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalar. Xomashyodan samarali foydalanish. O‘zbekiston kimyo sanoati. Ishlab chiqarish korxonalarida atrof muxitni muhofaza qilish muammolari.
Analitik kimyo
1-mavzu. Analitik kimyo fani va vazifalari.
“Analitik kimyo” fani, turli murakkab obyektlar (suv, tuproq, havo, qotishmalar, geologik, biologik, atrof-muhit obyektlari va hok.) analizi. Fanning maqsadi, kimyoviy analizning nazariy asoslari va metodlarini ishlab chiqish, atrof-muhitdagi har xil obyektlarning elementar kimyoviy tuzilishini, sifat va miqdoriy aniqlash metodlarini ishlab chiqish va o‘rgatish.Analizning kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizikaviy metodlarining asosiy prinsiplari va analitik kimyoning hozirgi zamon rivojlanish yo‘llari, fan, texnika va sanoatdagi ahamiyati, atrof-muhit obyektlari ekologik muammolari.
2-mavzu. Sifatiy analiz usullarining sinflanishi.
Ochish va identifikatsiyalash usullarini tanlash va ularning vazifalari. Atomlar, ionlar, molekula va moddalarni identifikatsiyalash. Bo‘laklab va sistematik analiz qilish. Anorganik va organik moddalarni ochish va identifikatsiyalashning fizik usullari. Mikrokristalloskopik analiz, pirokimyoviy analiz. Sifat analizining xromatografik usullari. Analizning ho‘l va quruq usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |