5G tarmoqlari 3,5G
Download 17.2 Kb.
|
kompyutertarmoqlari test
- Bu sahifa navigatsiya:
- OSI (Open System Interconnection)
5G tarmoqlari 3,5G avlod standartlari Ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish va ma’lumotlarni uzatilishining ushlanib qolishini kamaytirish maqsadlarida UMTS standartining navbatdagi rivojlanish bosqichida ko’p pozisiyali kvadraturali amplitudaviy modulyasiyalar 16-QAM, 64-QAM variantlari qo’llanilgan HSPA (inglizcha High Speed Packet Access) texnologiyasi ishlab chiqildi . Bu texnologiyada ko’rsatilgan ushlanib qolishlarni kamaytirish maqsadida asosiy e’tibor MAS (inglizcha Media Access Control) uzatish fizik muhitiga ulanish boshqaruv protokolini modernizasiyalashga qaratildi. HSPA texnologiyasi 3GPP loyihasi standartining 6-versiyasi spesifikasiyasi (inglizcha 3GPP- Relеase 6) sifatida kiritildi va odatda 3,5G avlodiga mansub deb ko’rsatiladi. O’z navbatida HSPA standarti ikkita tashkil etuvchi texnologiyalar – HSDPA va HSUPA dan iborat. HSDPA - (inglizchadan High–Speed Downlink Packet Access – tayanch stansiyadan mobil telefonga ma’lumotlarni yuqori tezlikda paketli uzatish) – mutaxassislar tomonidan to’rtinchi avlod mobil aloqa texnologiyalariga o’tish oraliq bosqichlaridan biri sifatida qaralayotgan mobil aloqa texnologiyasi. HSDPA texnologiyada ma’lumotlarni uzatishning maksimal nazariy tezligi 14,4 Mbit/s gacha еtishi mumkin, mavjud tarmoqlarda amaliy erishilgan tezlik esa 3 Mbit/s ni tashkil etdi. HSDPA texnologiyasi kabi HSUPA (inglizcha High – Speed Uplink Packet Access mobil telefondan tayanch stansiya yo’nalishi bo’yicha ma’lumotlarni yuqori tezlikda paketli uzatish texnologiyasi) takomillashgan modulyasiyalash uslublari hisobiga oxirgi foydalanuvchining W-CDMA qurilmalaridan tayanch stansiyaga ma’lumotlar uzatilishini tezlashtirishga imkon beradigan mobil aloqa standarti hisoblanadi. Bunda 3GRRda HSUPA texnologiyasini belgilash uchun EUL ( inglizchadan Enhanced Uplink – “yuqoriga” liniyasi bo’yicha takomillashtirilgan uzatish) atamasidan foydalaniladi. HSUPA atamasi Nokia (Finlandiya) kompaniyasi tomonidan taklif etilgan. Nazariy jihatdan HSUPA texnologiyasi “yuqoriga” yo’nalishi bo’yicha ma’lumotlarni maksimal 5,76 Mbit/s gacha tezlikda uzatishga mo’ljallangan bo’lib, bu bilan mobil qurilmadan tayanch stansiyaga ma’lumotlarning katta oqimlarini qayta ishlanishini talab qiladigan (videokonferensiya aloqasi) uchinchi avlod ilovalarini ishga tushirish imkonini berdi. OSI Kompyuter tarmoqlarining yaratuvchilar va foydalanuvchilar ishini osonlashtirish uchun telekommunikasiya va standartlar bo’yicha xalqaro tashkilotlar 80-nchi yillarda umumiy qabul qilingan ochiq tizimlarning o’zaro ishlash modelini yaratdi (Open System Interconnecyion, OSI). Bungacha ko’plab mavjud bo’lgan kommunikasion protokollar steklari OSI modelini yaratishga asos bo’lib xizmat qildi, ularning kamchiliklari hisobga olindi va barcha tarmoqlar uchun umumiy yagona protokollar steki ishlab chiqildi. OSI modeli paketli kommutasiyali tarmoqlarda tizimlarni o’zaro ishlash pog’onalarini aniqlaydi, yagona qoidaga iyerarxik o’zaro ishlash pog’onalaridan iborat va har bir pog’ona bajarishi kerak bo’lgan vazifalarni tushuntiradi. Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi. OSI modelining 7ta pog'onasi: TCP/IP protokollar steki turli xil tarmoqlarni yagona ma'lumotlar uzatish tizimiga birlashtirilgan transport tizimini yaratish uchun mo'ljallangan ierarxik tartibga ega protokollar to'plamidir. TCP / IP tarmoq protokoli to'plami paketlarni yuborish yo'llari va yo'nalishlarini tavsiflaydi. TCP/IP protokollari steki Internetdagi asosiy ma'lumotlar uzatish protokollaridir. TCP (Transmission Control Protocol) uzatishlarni boshqarish protokoli va IP (Internet protocol) tarmoqlararo protocol. Ko'pincha birlashtiriladigan tarmoqlarga tarmoq osti deb ataladi va birlashgan tarmoq intertarmoq yoki Internet deb ataladi. A sinfga tegishli manzillar uchun niqob qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? 1) - 255.0.0.0 Download 17.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling