5lp momiq ajratish texnologiyasini ishlashi to’g’risida ma’lumot


Download 176.94 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi176.94 Kb.
#1555360
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullazizov B hisobot.doc


Mundarija



Kirish




5LP momiq ajratish texnologiyasini ishlashi to’g’risida ma’lumot






5LP momiq ajratish texnologiyasining ishlash prinspi va parametrlari




Yuritmaning kinematik hisobi




Xulosa




Foydalanilgan adabiyotlar





KIRISH
“Jahon bozorida tabiiy mahsulotlar, xususan, tabiiy paxta tolasidan tayyorlangan to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlariga talab doimo yuqori bo‘lgan va intensiv ravishda ortib borayotgan aholi soni hisobiga bu talabning istiqbolda ortib borishi kutilmoqda. Har yili dunyo miqyosida 23-24 mln. tonna atrofida paxta tolasi ishlab chiqariladi, lekin uning yillik iste’moli 0.5-1.0 mln tonnaga ko‘p. Yetishmagan tola xajmi xomashyo zaxiralari hisobiga qoplanmoqda”. Shuning uchun, jahon miqyosida paxta yetishtirish qishloq xo‘jaligining istiqbolli tarmoqlaridan hisoblanadi va nafaqat AQSH, Xitoy, Xindiston kabi paxta yetishtirish bo‘yicha yetakchi mamlakatlar, balki barcha paxta yetishtiruvchi mamlakatlarda paxta tolasi iste’mol xususiyatlarini yaxshilash, bozor talablariga mos keladigan maxsulot ishlab chiqarish, uning sotilish narxlari tushib ketmasligini ta’minlash, uni ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish orqali maxsulot tannarxini pasaytirish yo‘li bilan uni ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash masalalari soha istiqbolini hal qiluvchi masalalarga aylangan.
Jahonda paxtani terish, tashish, quritish, iflosliklardan tozalash jarayonlarida mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf qilish, paxtaga dastlabki ishlov berish texnologiyasining barcha bosqichlarida, asosan urug‘lik chigit tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirishga katta e’tibor berish, uskunalarini zamonaviy seleksion paxtaning urug‘lik chigitlarini tozalash saralash texnologik jarayonlariga moslash maqsadida takomillashtirish ishlarini amalga oshirish kunning dolzarb talablaridan hisoblanadi.
Chunki,qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarning keyingi yilgi hosildorligi, ya’ni qabul qilinadigan paxta xomashyosining miqdori, sifati va navlari, paxta tolasi va urug‘lik chigitning unib chiqishiga oid ko‘rsatkichlar urug‘lik tayyorlash texnologiyasiga bog‘liq.
Respublikamizda paxta yetishtirish va uni chuqur qayta ishlash asosida yuqori sifatli va past tannarxga ega bo‘lgan keng assortimentdagi sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish va dunyo bozoriga chiqarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, paxta sanoati tizimi chuqur isloh qilinmoqda, paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil qilish orqali paxta mahsulotlari va undan to‘qimachilik hamda yengil sanoat maxsulotlari ishlab chiqarishni markazlashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida, jumladan “…milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, …iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish” vazifasi belgilab berildi. Ushbu vazifani amalga oshirishda, jumladan, paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonida, xususan paxtani pnevmotransport bilan tashishda uni tashuvchi havodan samarali ajratib olish uskunasi konstruksiyasini yaratish va parametrlarini asoslash muhim masalalardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni, “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 28 noyabrdagi PQ-3408 son qarorlari, Vazirlar mahkamasining 2018 yil 31 martdagi 253-sonli “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa ma’yoriy – huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti ma’lum darajada xizmat qiladi.


  1. Download 176.94 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling