- Avtomobillarni ishlab chiqarish bo’limini loyihalash
- OLIY TA’LIM FAN va INNOVATSIYALAR
- VAZIRLIGI
- TOSHKENT DAVLAT
- TRANSPORT UNIVERSITETI
- “AVTOMOBILSOZLIK VA ISHLAB CHIQARISH MUHANDISLIGI” KAFEDRASI
- 2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni.
Ma’ruza rejasi: - Maxsulot , uning turlari va tarkibi.
- Ishlab chiqarish jarayoni to‘g‘risida umumiy tushuncha.
- Ishlab chiqarish jarayoni bosqichlari.
- Ishlab chiqarish jarayonini tayyorlash.
- Ishlab chiqarish jarayonining turlari.
- Tayanch so‘z va iboralar: Maxsulot; asosiy maxsulot; qo‘shimcha maxsulot; detal; tashkil etuvchilar; zagatvoka; yarim tayyor va butlovchi mahsulotlar; ishlab chiqarish jarayoni; ommaviy; seriyalab; donalab ishlab chiqarish; ishlab chiqarish tezkorligi; ish o‘rni; operatsiyalarni bog‘lash koeffisenti; sifat.
1. Maxsulot , uning turlari va tarkibi. - Mahsulot deb, son yoki nusxa bilan aniqlanuvchi, ishlab chiqarishning oxirgi bosqichida shakllanuvchi narsaga aytiladi. Ishlab chiqarishning xarakteriga qarab mahsulot – mashina, mashina elementi yoki alohida detal bo‘lishi mumkin. Avtomobil zavodi uchun mahsulot avtomobil bo‘lsa, motor zavodi uchun dvigatel bo‘ladi, ishlab chiqarilgan maxsulotning vazifasiga qarab ular asosiy va qo‘shimcha ishlab chiqarish maxsuloti bo‘lishi mumkin. Maxsulotning birinchi turiga sotish, tashqi bozor uchun ishlab chiqarilgan maxsulotlar kirsa, ikkinchi turiga korxonaning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilgan maxsulotlar kiradi.
- Detal – bir xil materialdan yig‘ish operatsiyalarini qo‘llamasdan tayyorlangan maxsulotdir.
- Bir bo‘lak metalldan tayyorlangan val, kuyma korpus detallari shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |