5. Ishlab chiqarish jarayonining turlari. Ishlab chiqarish jarayoni turlari ishlab chiqarilayotgan maxsulot miqdori, xajmi, soniga bog‘liq xolda quyidagicha bo‘ladi: - donalab ishlab chiqarish; - seriyalab ishlab chiqarish; - ommaviy ishlab chiqarish; Donalab ishlab chiqarish jarayonlari ko‘p turdagi maxsulotlarni kam miqdorda (oyiga yoki yiliga bir nechta) ishlab chiqarishi bilan xarakterlanadi. Bu turdagi ishlab chiqarish jarayonlariga mashinalarning tajriba nushalarini ishlab chiqarish, o‘ziga hos metall qirqish stanoklari, unikal gidrotrubinalar va shu singari juda kam sonda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yaratuvchi jarayonlar kiradi. - Seriyalab ishlab chiqarish jarayoni mahsulotlarning ishlab chiqarilish turlari davriy ravishda o‘zgartirilib turishi bilan harakterlanadi. Bu turdagi jarayonlar o‘z navbatida kichik, o‘rta va katta seriyali ishlab chiqarish jarayonlariga bo‘linadi.
- Ommavy ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqariladigan maxsulotlar turi kamligi va hajmi kattaligi bilan harakterlanadi. Avtomobil, traktor, xolodilnik va shu singari mahsulotlarni katta hajmda ishlab chiqaruvchi korxonalarda kechadigan jarayonning ko‘pchiligi shu turga kiradi.
- Ommaviy ishlab chiqarishda detallarni tayyorlash, yig‘ish operatsiyalarining ko‘pchiligi potok(oqim) usulida amalga oshiriladi.
- Mashinasozlikda korxonalarni turlarga bo‘lish shrtli bo‘lib, ba’zi bir ishlab chiqarish korxonalarida, ularning bo‘limlarida bir vaqtning o‘zida, xar xil ishlab chiqarish turiga mansub jarayonlar kechishi mumkin.
- Odatda ishlab chiqarish jarayoni turini baholash kriteriyasi sifatida operatsiyalarni bog‘lash koeffisentidan foydalaniladi. Bu koeffisent oy davomida m’lum bir bo‘limda bajariladigan barcha operatsiya turlari yig‘indisining(p), shu bo‘limda movjud ish o‘rinlari soniga(N) nisbati bilan aniqlanadi
- Ко= n/N
|