5–Ma’ruza: qovushqoqlikni o‘lchash tizimlari. Reja
Download 195.49 Kb.
|
5.- ma
5.3-rasm. Membranali pnevmatik
vskozimetr sxemasi Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushqoqligi o‘zgarganda uning idish 3 dagi sathi o‘zgaradi. Buning natijasida gidravlik kameraning yuqorigi membranasi egiladi va u o‘z navbatida zaslonka rolini bajaruvchi membrana 6 ni egilishga majbur etadi. Natijada soplo 9 ning ochilish yoki yopilish darajasini o‘zgartiradi, bu soplo pnevmatik kamera 8 ni atmosfera bilan tutashtirib turadi, bunda kamera 8 da havo bosimi o‘zgaradi va bu o‘zgarishni o‘lchash asbobi 13 yordamida o‘lchanadi. Uning shkalasi bevosita kinematik qovushqoqlik birliklarida darajalangan. 5 .4-rasmda sharikli pnevmatik viskozimetrning sxemasi keltirilgan. Pnevmokamerani atmosfera bilan tutashtiruvchi sharikli klapanning qo‘llanilishi juda yuqori aniqlikda o‘lchashni ta’minlaydi. Suyuqlikning qovushqoqligini o‘lchashda uning kapillyar 2 li idish 1 dagi sathi o‘zgaradi. Qovushqoqlikning ortishi suyuqlikning gidravlik bosimi hisobiga membrana 3 ning pastga egilishiga sabab bo‘ladi. 5.4-rasm. SHarikli pnevmatik viskozimetrning sxemasi Natijada sharikli membrana bilan biriktirilgan sharikli klapan 4 havo bilan to‘ldirilgan pnevmokamera 5 ning yuqorigi qismidagi konussimon teshikni berkitadi. Havo pnevmokameraga magistral havo yo‘lidan doimiy drossel 7 yordamida 0,14 MPa bosimda beriladi. Bosim suyuqlik sathining o‘zgarishiga proporsional ravishda ortadi, bunga prujina 12 ning siqilishi natijasida erishiladi. Kovushoqlik kamayganda sharikli klapan ko‘tariladi va havo teshik 8 orqali agmosferaga chiqib ketadi. Kapillyar 2 dan oqib chiqadigan suyuqlik sig‘im 9 ga tushadi, u erdan shesternyali nasos 10 yordamida so‘rib olinadi, nasosni reduktorli sinxron dvigatel 11 harakatga keltiradi. Nasos tekshirilayotgan suyuqlikni termostat orqali tortib oladi (chizmada ko‘rsatilmagan). Ikkilamchi asbob 6 sifatida o‘ziyozar PV42E yoki namuna manometrdan foydalanilgan bo‘lib, ularning shkalalari qovushqoqlik birliklarida darajalangan bo‘ladi. O‘lchash chegaralari (212 — 938) 103 Pa s ni tashkil qildi. Nisbiy keltirilgan xatolik ± 2% ni tashkil qiladi. 5.5- rasmda halqali viskozimetrning prinsipial sxemasi k eltirilgan. Halqasimon kamera 3 prizma 2 ning tayanch oyoqlari yordamida o‘z geomegrik markaziga osib qo‘yilgan. Halqaning pastki qismiga yuk 4 mahkamlab ko‘yilgan. Suyuqlik termostat orqali halqasimon kamera 3 ga tortib olinadi va kapillyar trubka 5 dan idish 6 ga okib chiqadi. Suyuqlikning qovushqoqligi o‘zgarganda aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi, uning ta’sirida halkasimon kamera strelkasi bilan tayanch nuqta atrofida aylanish teskari ta’sir etuvchi moment bilan muvozanatlashmagunga qadar buriladi. Download 195.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling