5–Ma’ruza: qovushqoqlikni o‘lchash tizimlari. Reja
Download 195.49 Kb.
|
5.- ma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qovushqoqlik to‘g‘risida umumiy tushuncha.
5–Ma’ruza: QOVUSHQOQLIKNI O‘LCHASH TIZIMLARI. Reja: Qovushqoqlik to‘g‘risida umumiy tushuncha. Qovushqoqlikni o‘lchashning kapillyar vositalari (kapillyar viskozimetrlar). Qovushqoqlik to‘g‘risida umumiy tushuncha. Sanoatning bir qancha tarmoqlarida, masalan, sun’iy tolalar, sintetik smolalar, kauchuk eritmalari, bo‘yoqlar, surkov moylari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda qovushqoqlik mahsulot tarkibi va sifatini aniqlovchi kattalik hisoblanadi. SHuning uchun ko‘pgina hollarda qovushqoqlikni avtomatik tarzda uzluksiz o‘lchab turish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Suyuqliklarning sirpanish yoki siljishga qarshilik ko‘rsatish xususiyati qovushqoqlik deyiladi. Berilgan oqimda suyuqlik ikki qatlamining siljishida tangensial kuch vujudga keladi. SHu kuch Nyuton qonuniga ko‘ra quyidagicha aniqlanadi: (5.1) bu erda F – siljish kuch, N; µ – dinamik qovushqoqlik yoki qovushqoqlik koeffitsienti, Pa s; S – ichki ishqalanish yuzasi, m2; – harakatdagi qatlam qalinligi bo‘yicha tezlik gradienti (siljish tezligi), 1/s; v – qatlam oqimining tezligi, m/s; n – harakatdagi qatlam qalinligi, m. (5.1) tenglamadan dinamik qovushqoqlikni aniqlaymiz: (5.2) SI sistemasida dinamik kovushqoqlik birligi qilib, suyuqlik oqimining shunday qovushqoqligi qabul qilinganki, bu oqimda 1 N/m2 siljish bosimi ta’sirida chiziqli tezligining gradienti siljish tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan 1 m masofada 1 m/s bo‘ladi. Dinamik qovushqoqlikning bu birligi N s/m2 yoki Pa s o‘lchoviga ega. Amalda ko‘pincha dinamik qovushqoqlikning suyuqlik zichligi ρ ga bo‘lgan nisbatida ifodalanuvchi kinematik qovushqoqlikdan foydalaniladi, ya’ni (5.3) Kinematik qovushqoqlik SI sistemasida m2/c o‘lchoviga ega. Tajribada, shuningdek, pauz (P) va santipauz qovushqoqlik birliklarida o‘lchanadi. Bu birliklar SI sistemasidagi qovushqoqlikning birligi bilan quyidagicha bog‘langan: 1 P =0,1 Pa s; 1 sP = 1 mPa s. Qovushqoqlikni o‘lchash paytida temperaturaning ta’sirini e’tiborga olib, tegishli tuzatishlar kiritish lozim. Hozir suyuqlik qovushqoqligini o‘lchaydigan bir qator asboblar mavjud. Bu asboblar ishlash prinsipi jihatidan kapillyar, sharikli, rotatsion va tebranishli asboblarga (viskozimetrlarga) bo‘linadi. Download 195.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling