Javoblar: 1) t=1,5 min 2) t= 40 s S1=400 m 3) S1/S2=1,25 marta
2 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: To'g'ri chiziqli harakat
Nazorat shakli: Test
I – variant
1. Quyidagi harakatlardan qaysi biri tekis o’zgaruvchan harakatga misol bo’la oladi ?
I. Tezligi bir xilda kamayib borayotgan jism harakati
II. Tezligi bir xilda ortib borayotgan jism harakati
III. Bir tekisda tormozlanayotgan jism harakati
IV. Tezligi o’zgarmas bo’lgan jism harakati
A) I, II, IV B) Faqat IV C) I, II, III D) I, II, III, IV
2. Boshlang’ich tezligi 2,5 m/s bo’lgan moddiy nuqta 0,1 m/s2 tezlanish bilan 10 s da qancha yo’lni bosib o’tadi ?
A) 10 m B) 25 m C) 12,5 m D) 30 m
3. 12 m balandlikdan tushgan koptok 4 m balandlikka ko’tarildi. Koptokning yo’li va ko’chishi qanchaga teng ( m ) ?
A) 10 m, 8 m B) 16 m, 8 m C) 8 m, 16 m D) 8 m, 8 m
4. 180 km/soat necha m/s ga teng ?
A) 50 B) 18 C) 180 D) 5
5. Gapni to’ldiring: “Jismning muayyan bir paytdagi yoki trayektoriyaning ma'lum bir nuqtasidagi tezligi …. deb ataladi.”
A) ...chiziqli tezlik... B) ...doimiy tezlik...C) ...muayyan tezlik... D) ...oniy tezlik...
6. m/s2 qanday kattalikning asosiy o’lchov birligi ?
A) yo'l B) tezlik C) ko'chish D) tezlanish
7. Gapni to’ldiring: “Tekis harakatda jism tezligining yo'nalishi va son qiymati ….. "
A) kamayib boradi B) ortib boradi C) o'zgarmaydi D) nolda teng bo'ladi
8. Tezlikning eng katta o’lchov birligi qaysi javobda keltirilgan ?
A) m/s B) km/soat C) km/s D) m/min
9. Gapni to’ldiring: “To'g'ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakatda tezlik va tezlanish ….. yo'nalgan bo'ladi.”
A) o'zaro qarama-qarshi B) bir xil
C) ixtiyoriy D) o'zaro bir-biriga tik
Do'stlaringiz bilan baham: |