6 – amaliy mashg’ulot Induktsion usuldа ishlovchi elektr texnologik qurilmаlаrning o‘tkinchi jаrаyonini hisoblаsh
Download 27.96 Kb.
|
6 – amaliy mashg’ulot Induktsion usuldа ishlovchi elektr texnologik qurilmаlаrning o‘tkinchi jаrаyonini hisoblаsh. ITP larning elektr jihozlari va ulanish sxemalari. Baland chastotada (500 - 10 000 Gts) ishlaydigan ITP ning ulanish sxemasi umumiy holda quyidagi ko’rinishda bo’ladi. Sxema tarkibiga kiruvchi asosiy jihozlar quyidagilar: - dvigatel D va generator G tizimidan iborat elektr mashinali chastota o’zgartirgich. (amalda VEP, OPCH va VPCH seriyadagi o’zgartirgichlar qo’llaniladi); - dvigatelni manbaga ulovchi magnit ulagich PM; - S1 va S2 dan iborat kondensator batareyasi. 6.1 - rasm. Baland chastotada ishlaydigan ITP sxemasi. Eritilayotgan metall va shu metallni eritishdagi quvvat koeffitsiyenti miqdoridan kelib chiqib kondensator batareyasi tarkibidagi siimni o’zgartirish imkoni bor (mazkur sxemada KT kontaktorining kontakti orqali qo’shimcha siimni zanjirga ulash yoki uni zanjirdan uzish ko’zda tutilgan). - chiziqli kontaktorlar KG ; - ajratgich ( raz’edinitel) ; - o’lchov asboblari va boshqaruv jihozlari ; - kuchlanish transformatori TN va tok transformatori TT. Sxemada U1 va U2 orqali birinchi va ikkinchi pechning induktorlari ko’rsatilgan. Mashinali chastota o’zgartirgichdan foydalanish effektivligini oshirish maqsadida bitta chastota o’zgartirgich zanjiriga navbatma-navbat P1 va P2 pereklyuchatellar yordamida birinchi va ikkinchi pechlarni ulash imkoniyati bor. Pechlar chastota o’zgartirgich zanjiriga bir pechda erigan metallni to’kish va yangi metall bilan to’ldirish davrida ulanadi. Quyida sanoat chastotasida ishlovchi ITP sxemasi keltirilgan. 6.2-rasm. sanoat chastotasida ishlovchi ITP sxemasi Sxema tarkibiga kiruvchi asosiy jihozlar, bular elektr manbasi 1; bir fazali pechni manbaga ulash zarurati uchun kondensator 3 va drossel 4 dan iborat uchala fazadagi yuklamani muvofiqlashtiruvchi simmetrlash qurilmasi; kondensator batareyasi 5; pech 6; kommutatsion shkaf 8; pechni odiruvchi gidravlik qurilma 7; pech induktorlarini sovutishga mo’ljallangan tsirkulyatsion qurilma 10; kontaktor 2 va ‘avo xaydash qurilmasi 9. Mazkur sxema bo’yicha ishlovchi ITP lar asosan malum siimdagi pechlarga mansub bo’lib, cho’yan eritishda 0,8 - 8 tonnagacha va rangli metall yoki yengil qorishmalarni eritishda 0,6 dan 3 tonnagachani tashkil qiladi. 6.2 - rasmda keltirilgan pechning umumiy narxi 6 rasmda keltirilgan ITP ning faqat elektr mashinali o’zgartirgichi narxiga nisbatan 70 - 90 foizni tashkil qilib, elektr energiyasining be’uda sarfi baland chastotadagi ITP ga nisbatan 10 foizga kamdir. ITP larning uchinchi turi - yuqori chastotalarda ishlovchi ITP lar bo’lib, ular lampali generatorlar orqali manbaga ulanadilar. Ular asosan kichik gabaritli pechlar bo’lib, asosan kichik miqdordagi metall yoki qorishmalarni eritish orqali, laboratoriya sharoitida yangi markadagi metall (qorishma) olish uchun ishlatiladi. ITP larning afzalliklari va asosiy parametrlari ITP lar boshqa turdagi pechlarga nisbatan quyidagi afzalliklarga egadirlar: 1) nisbatan osonlikcha yuqori haroratlar hosil qilish, buning oqibatida ITP larda yuqori haroratda eruvchi metallarni va shuningdek, qiyin eruvchan metallar ishtirokida qorishmalar eritish imkoniyati mavjud 2) metall bilan yoqilg’i (issiqlik manbai) yoki elektrodlar o’rtasida ‘ech qanday kontakt yo’qligi sababli kimyoviy ji’atdan tarkiban toza metall yoki qorishma olish imkoniyati; 3) eritish jarayonida hosil bo’luvchi elektromagnit kuchlar ta’sirida eritmaning doimiy qorishib borishi; 4) vakuum va neytral atmosferada eritish jarayonlarini amalga oshirish ; 5) ITP konstruktsiyasining nisbatan soddaligi, pechni kichik maydonga joylashtirish imkoniyati, katta issiqlik energiyasi kontsentratsiyasini hosil qilish evaziga katta ishlab chiqaruvchanligiga ega bo’lish . hajmi 2,5 tonnaga teng yoki undan katta ‘ajmdagi pechlar, chastotasi 50 Gts bo’lgan manbaga, birlamchi kuchlanishi 6 yoki 10 kV bo’lgan, ikkilamchi kuchlanishi esa yuklama ostida boshqariluvchan pasaytiruvchi transformator orqali ulanadi. ‘ajmi 2,5 tonnadan kichik bo’lgan pechlar esa chastota o’zgartirgichlar orqali manbaga ulanadi. Pechning quvvati uning siimi va ishlab chiqaruvchanligiga bog’liq. Induktordagi kuchlanish 500 - 1700 V ga teng. Dastlabki qizdirish uchun mo’ljallangan pechlar (mikser) ning quvvati pech quvvatiga nisbatan kichik bo’ladi. Masalan, ‘ajmi 10 tonna bo’lgan mikser (ICHTM - 10 - cho’yanni dastlabki qizdirish uchun belgilangan mikserli induktsion tigel pechi) quvvati 750 kVt ni tashkil qilsa, ‘ajmi 10 tonnalik cho’yan eritish tigelp pechi ICHT - 10 ning quvvati esa 2300 kVt ga teng. Po’lat eritish uchun belgilangan ITP larning ishchi harorati 1600 - 1700 S, cho’yan erituvchi pechlarda esa ishchi harorat 1400 - 1450 S ga teng. Download 27.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling