1-amaliy mashg’ulot mavzu: Qurilish qorishmalarini rivojlanish bosqichlari. Qurilish qorishmalarni klassifikatsiyasi. Qurilish qorishmalarni tayyorlash uchun
Download 205.44 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilish qorishmalari turlarini ishlab chiqarishni rivojlanishi
1-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Qurilish qorishmalarini rivojlanish bosqichlari. Qurilish qorishmalarni klassifikatsiyasi. Qurilish qorishmalarni tayyorlash uchun tо‘ldiruvchilar “Qurilish qorishmalari texnologiyasi” fani qurilish qorishmasiga oid masalalar, bog‘lovchi moddalar, tо‘ldiruvchilar, qurilish qorishmalari haqidagi ilmning rivojlanishi, qurilish qorishmalarining О‘zbekiston va chet ellarda turli sohada qо‘llash, qurilish industriyasining rivojlanishi bugungi kunda qurilishda qurilish qorishmalarining yangi tarkiblarini yaratishni, hozirgi kundagi holatini о‘zlashtirish, qurilish qorishma xususiyatlariga ta’sir etuvchi omillar, qurilish qorishmalarni ishlab chiqarish texnologiyasi haqida malumot va qо‘yiladigan talablari jarayonning о‘ziga xos tomonlari va mohiyatini qamrab oladi. Fannini о‘qitishdan maqsad – talabalarda qurilish materiallarini yaratilishini umumiy prinsiplarini; quruq qorishmalarni tarkibi va xususiyatini; qurilish qorishmalarni ishlab chiqarish usullari va qо‘llanilish sohalarini о‘rganish bо‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Qurilish qorishmalari turlarini ishlab chiqarishni rivojlanishi Mustaqillik yillari davomida qо‘llanilib kelayotgan bosqichma-bosqich islohotlar siyosati О‘zbekiston aholisi hayotida faravonlikni oshirishda anchagina ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklar olib keldi. Shu bilan birga rivojlanib kelayotgan Respublika jaxon hamjamiyati tomonidan tan olindi va о‘z mavqeiga ega bо‘ldi. Demak, faol investitsion siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy intellektual va boshqa resurslarni import о‘rnini bosuvchi va eksportga chiqarish mumkin bо‘lgan qо‘l ostimizdagi о‘z zaminimiz xomashyosini qayta ishlash, ishlab chiqarish sohasini yaratishda ahamiyati kattadir. Iqtisodiy asoslangan investitsion rejalarni bajarish va О‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi davlatlar sarmoyasi va kreditlarni jalb etish, amalda xalq xо‘jaligida tarkibiy о‘zgarishlarni rivojlantirish maqsadida belgilangan eng muhim va ustuvor vazifa deb qaralmoqda. Respublikamizda bu vazifani samarali bajarish uchun investitsion faoliyat yuritilishiga qulay muhit va zarur bо‘lgan shart-sharoitlar, huquqiy meyorlar yaratildi, anchagina yetakchi donor-davlatlar va xalqaro moliyaviy va sanoat tashkilot va о‘z investitsiyalari, kreditlarini ajratishmoqda. Ular kattagina miqdordagi investitsiya va kreditlarni ajratishga tayyor ekanligini bildirishdi. Yuzaga kelgan barcha imtiyozlardan unumli va oqilona foydalanish uchun samarali ishlab chiqarish turlarini loyihalashtirish va ularni tadbiq etish talab qilinadi. Respublika xalq xо‘jaligining asosiy tarmoqlari orasida qurilish materiallari salmoqli о‘rin egallaydi. Bu esa о‘z xomashyo bazasiga egaligimiz, sanoat, qurilish materiallari va uy joy konstruksiyalariga bо‘lgan yuqori ehtiyoj va malakali mutaxassislarning borligi bilan belgilanadi. Mamlakatimizda boshqa sohalar qatori qurilishda ham juda katta yutuqlarga erishildi. Kо‘plab hashamatli binolar, sport saroylari, yopiq bozorlar, zamonaviy kо‘cha va maydonlar, hiyobonlar va bog‘lar, turar joy binolari, kollejlar, litseylar va boshqa qurilgan imoratlar qurilish va me’morchilik sohasidagi ishlarning keng kо‘lamidan dalolat berib turibdi. Bugungi kunda me’morchilik ijtimoiy-iqtisodiy, estetik, demografik va kо‘p asrlik tarixiy madaniyat an’analarining birligini tiklamoqda. Ma’lumki, yangi turar joy va sanoat rayonlari va majmualarining qurilishi bilan bir qatorda bugungi kunda mavjud fondni modernizatsiyalash va qayta qurish masalalari muhim ahamiyatga egadir. Shaharlar imoratlarini yangilash va qayta qurishning muhimligi shundaki, XX asrning ikkinchi yarmida shahar qurilishi shaharlarning chetki rayonlaridagi bо‘sh yerlarida yoppasiga ekstensiv rivojlanish xarakteriga ega edi. Natijada qurilish narxi oshdi, ekspluatatsion chiqimlar qimmatlashdi, unumdor yerlar kamayib ketdi. Bu usul arxitektura-shaharsozlikda salbiy ijtimoiy-iqtisodiy yо‘qotishlarga, transportda yurishda kо‘p vaqt yо‘qotilishiga, odamlar orasidagi aloqalarning susayishiga, markaziy rayonlar funksiyasining pasayishiga va hokazolarga olib keldi. Sо‘nggi yillarda shahar imoratlarini qayta qurishda eski imoratlarni buzishning, tarixiy binolarni asrab qolishning yangi konsepsiyalari ishlab chiqildi. Biz shaharlardagi juda kо‘p turar joy xududlarini qayta qurishimiz kerak, bu esa muammolar yechimiga yondashish prinsiplarini qayta kо‘rib chiqishni talab etadi, shu jarayon mobaynida binolarning loyihaviy va me’moriy kompozitsion yechimlari yangilanishi kerak. Industrial qurilish usullarining yangi qurilish va konstruktiv sxemalari, qurilish texnikasining intensiv rivojlanishida kuzatiladi. Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga о‘tishi munosabati bilan keyingi yillarda konstruktiv va badiiy-tasviriy kо‘rsatkichlar bо‘yicha kо‘p miqdorda yangi materiallar paydo bо‘ldi. Qurilish ishlarining umumiy hajmida pardozlash eng sermehnat ish bо‘lib, jami mehnat sarfining 20-25 % ini, shu jumladan bо‘yoqchilik va gulqog‘oz yopishtirish ishlari 10% dan kо‘prog‘ini tashkil etadi. Mazkur ishlarning sermehnatliligini kamaytirish qurilishni industrlashtirish imkoniyatini beradi. Industrlashning о‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda zavodda tо‘liq tayyorlangan yig‘ma konstruksiyalar (devorbop va pardevorbop buyumlar, qavtlararo yopma plitalar, zina marshlari) dan foydalaniladi. Yangi turdagi pardozlash materiallaridan–gipskarton, qoplama plastiklardan foydalanilganda ham mehnat sarfi ancha kamayadi. Qurilish hajmini tobora kо‘paytirish bilan birga, jami qurilish ishlari, shu jumladan bо‘yoqchilik ishlari sifatini yaxshilash muhim vazifalardan hisoblanadi. Bо‘yoqchilik ishlari binolar va inshootlarning chidamliligini oshirish, ularning tashqi kо‘rinishini kо‘rkam qilish, xonalarda meyoriy sanitariya-gigiyena sharoitlari yaratish maqsadida konstruksiyalar sirtini bо‘yashdan iborat. Devorlarga gulqog‘oz yopishtirsh ham bо‘yoqchilik ishlari jumlasiga kiradi, bu ishlarni odatda bо‘yoqchilar bajaradi. Barcha turdagi bо‘yoqchilik ishlari xavfsizlik texnikasi qoidalari va yong‘inning oldini olish tadbirlariga qat’iy rioya qilgan holda bajariladi. Binolarning chidamliligiga, me’morlik nuqtainazaridan kо‘rkamliligiga, tashqi va ichki pardozning sifatiga qо‘yiladigan talablar yildan-yilga oshib bormoqda. Uzoq muddatga chidaydigan pishiq parda hosil qiladigan yangi, tejamli, samarali pardozlash materiallari, chunonchi, yangi sintetik aliflar, lok va bо‘yoqlar, xususan suv-emulsiyali va kremniy organik bо‘yoqlar ana shu talablarni qondiradi. Bu materiallardan foydalanilganda binolarni pardozlashga ketadigan vaqt qisqaradi hamda bо‘yoqchilik ishlarining sifati oshadi. Bо‘yoqchilik ishlarida pigment va tо‘ldirgichlar, gruntovkalar, shpaklyovkalar, bog‘lovchi moddalar, bо‘yovchi tarkiblar, loklar, eritgichlar va turli yordamchi materiallardan foydalaniladi. Qurilish ishlari kо‘lamining kengligi va bu ishlar sifatiga nisbatan qо‘yilayotgan yuqori talablar bо‘yoqchilik va devorlarga gulqog‘oz yopishtirish ishlarining hozirgacha qо‘llanib kelinayotgan usullari hamda vositalarini tubdan о‘zgartirib yubordi. Pardozlash ishlarining hamma asosiy operatsiyalari mexanizatsiyalashtirildi. Download 205.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling