Old yetakchi bo‘lgan avtomobilning transmissiyasi


Download 238.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana15.06.2023
Hajmi238.8 Kb.
#1481274
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Odiljonov m



44-rasm. Old yetakchi bo‘lgan avtomobilning transmissiyasi:
I -dvigatel, II-ilashish muftasi, III-uzatmalar qutisi, IV-asosiy uzatma, V-yetakchi 
g‘ildirak uzatmasi, VI-yetakchi g‘ildiraklar. 
3.1. Ilashish muftasi 
Ilashish muftasi quyidagi vazifalarni bajaradi: 
¾ dvigatel tirsakli valini uzatmalar qutisidan vaqtincha ajratish va 
ravon ulash; 
Bu esa: 
– avtomobilning ravon qo‘zg‘alishini ta’minlaydi; 
– detallardagi yuklanishlarni oshirmay pog‘onalarni almash-
tirishni ta’minlaydi; 
– dvigatelni to‘xtatmay turib avtomobilni to‘xtatish imkonini beradi. 
¾ keskin tormozlanish jarayonida kuch uzatmasi detallarning ortiqcha 
yuklanishidan saqlaydi va ularning xizmat muddatini uzaytiradi. 
Ilashish muftasi yetaklovchi va yetaklanuvchi qismlardan tashkil 
topgan: 
¾ yetaklovchi qismga tirsakli val bilan bog‘langan (doimo 
aylanuvchi) detallar kiradi; 
¾ yetaklanuvchi qismga ilashish muftasi dvigatel va kuch uzatmasi 
o‘zaro ajratilganda yetaklovchi qismdan ajraladigan detallar kiradi. 
Turlari: yetakchi va yetaklanuvchi qismlar orasidagi bog‘lanish 
tasnifiga asosan ilashish muftalarini friksiongidravlik va elektromagnit 
(kukunli) turlarga ajratiladi. Eng ko‘p taralgan - bu friksion ilashish 
muftalaridir. Ularda burovchi moment yetakchi qismdan yetaklanuvchi 
qismga, shu qismlarning ta’sirlashish yuzalaridagi ilashish kuchi yordamida 
uzatiladi. Gidravlik (gidromufta) ilashish muftalarida yetakchi va 
I l a s h i s h m u f t a s i
y e t a k l o v c h i d i s k
y e t a k l a n u v c h i d i s k
i l a s h i s h m u f t a s i d a y e y i l i s h
1


yetaklanuvchi qismlar bog‘lanish, shu qismlar orasida harakatlanayotgan 
suyuqlik oqimining bosimi bilan amalga oshiriladi, elektromagnit ilashish 
muftalarida esa magnit maydon yordamida amalga oshiriladi. 

Download 238.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling