6 – amaliy mashg’ulot ishi


Download 106.38 Kb.
bet6/6
Sana16.11.2023
Hajmi106.38 Kb.
#1781501
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5amaliy masala

3.1-rasm. Drozofila meva pashshasida kо ‘z rangining jinsga birikkan
holda irsiylanishi. W - kо ‘z rangining qizilligini, W - kо ‘z rangining
oqligini ifodalaydi.


JINS GENETIKASIGA DOIR MASALALAR

Barchamizga ma’lumki, hujayra yadrosida uning nasliy apparati hisoblangan xromosomalar mavjud va ularning miqdori turning barcha vakillari uchun doimiy hisoblanadi. Masalan, odamning somatik hujayralarida ularning miqdori 46 ta, shimpanzeda 48 ta, itlarda 78 ta hayvonlarda 44 ta, uv pashshalarida 12 ta va hokazo. Erkaklardagi va urg'ochilardagi farq qilmaydigan, bir xildagi xromosomalar autosomalar deb ataladi. Turning erkaklari va urg'ochilarida bir-biridan farq qiladigan xromosomalar jinsiy xromosomalar deb ataladi. Odatda, organizmda bir juft jinsiy xromosoma bo‘ladi va uning tuzilishi organizm jinsini belgilab beradi. Masalan, drozofila pashshasining 8 ta xromosomasidan 6 tasi erkaklar va urg'ochilarida o'zaro o'xshash, lekin keyingi bir juft katta farq qiladi. Jumladan, urg'ochilarida bir juft tayoqchasimon (XX),


Erkaklarida esa tayoqchasimon xromosoma bitta bo'lib, uning jufti ikki yelkali (XY) bo'ladi. Mana shu xromosomalar organizmning jinsini belgilab beradi. Tanadagi barcha somatik hujayra yadrolarida xromosomalar to'plami diploid bo'ladi, masalan, odamda ular 46 ta bo'lib, shulardan 44 tasi autosoma, 2 tasi jinsiy xromosoma. Jinsiy xromosomalar faqat jinsiy organlarda bo'ladi degan fikr xato hisoblanadi, shuni unutmaslik kerakki, jinsiy organlar ham somatik hujayralardan tashkil topadi. Faqat jinsiy hujayralar, ya’ni tuxum hujayra va spermatozoidlardagina xromosomalarning soni gaploid bo'lib, odamda bu to'plam 23 ta xromosomaga teng, ulardan 22 tasi autosoma, 1 tasi jinsiy xromosoma hisoblanadi.
Demak, XX xromosomalar urg'ochi jinsini bildiradi, XY xromosomalar esa erkak jinsini, lekin ayrim organizmlarda buning aksi bo'ladi, jumladan, kapalaklarda, qushlarda, sudralib yuruvchilarda urg'ochi organizm XY, erkak organizm esa XX xromosomaga ega bo'ladi.
Jinsga birikkan holda irsiylanishda belgilarni ifodalovchi harflar X yoki Y xromosomaning o'ng yuqori burchagiga yoziladi. Masalan, buni quyidagi masala misolida ko'rishimiz mumkin.
Masala. Odamda gemofiliya qonning ivimasligi kasalligi retsessiv [h] holda X xromosomaga birikkan holda irsiylanadi. Ota-ona gemofiliya bo'yicha sog'lom bo‘lsa-da, lekin ulardan tug'ilgan farzandlarning biri gemofiliya bilan kasallangan. Ushbu farzandning jinsini va unga gemofiliyani yuzaga chiqaruvchi gen kimdan o'tganligini aniqlang.
Yechilishi: demak, H geni sog'lom, h esa gemofiliyani belgilaydi va ular X xromosomaga birikadi. Otaning jinsiy xromosomasi XY, demak, faqat bitta X xromosoma bor, ota sog'lom, demak, uning genotipi quyidagicha: XHY; ona jinsiy xromosomasi XX.
Demak, gen ikkala xromosomada ham bo‘ladi, ona sog‘lom, lekin bizga uning gomozigota yoki geterozigota ekanligi aytilmagan, shuning uchun u quyidagicha yoziladi: XHX Masala shartida oiladan kasal farzand tug'ilgan deyilmoqda, e'tibor beradigan bo'lsak, ota mutlaqo sog'lom va uning xromosomasida h geni mavjud emas, demak, bu gen onadan o'tgan va ona geterozigota (XHXh) holatida
bo‘lgan. Endi chatishtirishni amalga oshiramiz.


Ko’rinib turibdiki, gemofilik farzandning jinsi erkak va unga gemofiliyani yuzaga chiqaruvchi gen onasidan o'tgan.


1-masala. Onasi gemofiiiya tashuvchisi, otasi sog'lom bo'lgan oilada o'g'il bolalarning necha foizi gemofiiiya bilan kasallangan bo'ladi?


A. 50 B. 25 C. 100 D. 0
2 -masala. Onasi gemofiiiya tashuvchisi, otasi sog'lom bo'lgan oilada qiz bola­larning necha foizi gemofiiiya bilan kasallangan bo'ladi?
A. 0 B. 25 C. 50 D. 100
3 -masala. Otasi gemofiiiya bilan og'rigan, onasi sog'lom bo'lgan oilada gemofilik o'g'il tug'iladimi?
A. yo'q B. ha C. 1/4 D. 1/2
4-masala. Odamda ter bezlarining bo'lmasligi retsessiv belgi bo'lib, jinsga bog'liq holda irsiylanadi. Oilada ota va o'g'il bu anomaliyaga ega bo'lib, ona sog'lom bo'lsa, o'g'ilga bu anomaliyaning otadan o'tganligi ehtimoli qanday (%)?
A. 0 B. 25 C. 75 D. 50
5-masala. Mushuklarda ranglarni ifodalovchi genlar X xromosomada joylashgan. Qora rang dominant, lekin malla rang ustidan to'liq dominantlik qilolmaydi, natijada geterozigotalarda oraliq belgi - toshbaqarang hosil bo'ladi. Toshbaqarang mushukchalarning jinsi va genotipi qanday bo'ladi?
A. erkak; XaY
B. urg'ochi; XAXA yoki XAXa
C. erkak; XAYa
D. faqat urg'ochi; XAXa
6-masala. Odamlarda uchraydigan daltonizm retsessiv d geni bilan ifodalanib, u jinsiy X xromosomada joylashgan. Quyida berilgan ota-onalar genotipini tahlil qilib, qaysi oilada hamma farzandlar daltonizm kasalligiga ega bo'lib tug'ilish ehtimolini aniqlang.
A. XDXD x XDY
B. XdXd x XdY
C. XDXd x XDY
D. XDXD x XdY
7-masala. Odamlarda uchraydigan daltonizm retsessiv d geni bilan ifodalanib, u jinsiy X xromosomada joylashgan. Quyida berilgan ota-onalar genotipini tahlil qilib, qaysi oilada faqat daltonik o'g'il tug'ilish ehtimolini aniqlang.
A. XDXDx XDY
B. XdXd x XdY
C. XdXd x XDY
D. XDXD x XdY
8-masala. Odamlarda uchraydigan daltonizm retsessiv d geni bilan ifodalanib, u jinsiy X xromosomada joylashgan. Quyida berilgan ota-onalar genotipini tahlil qilib, qaysi oilada daltonik o'g'il va qiz tug'ilish ehtimolini aniqlang.
A. XDXDx XDY
B. XDXd x XdY
C. XDXd x XDY
D. XDXD x XdY
9-masala. Normal rang ajratish geni (dominant) va daltonizm geni (retsessiv) X xromosomada joylashgan. Daltonik erkak kishi sog'lom ayolga uylanganida oilada daltonik qiz tug'ildi. Ota-ona genotipini aniqlang.
A. XDXd x XDY
B. XDXDx XdY
C.XDXdx XdY
D.XdXdxXDY
10-masala. Drozofila pashshasida ko'zining oq rangi X xromosomadagi retsessiv gen bilan ifodalanadi. Agar oq ko'zli urg'ochi pashsha qizil ko'zli erkak pashsha bilan chatishtirilsa, F1, da olingan duragaylarning qaysi birida ko'zning rangi oq bo'ladi?
A. urg'ochi va erkaklarda
B. faqat urg'ochilarda
C. faqat erkaklarda
D. F1, da oq rangli pashshalar uchramaydi
11-masala. Drozofila pashshasida ko'zining oq rangi X xromosomadagi retsessiv gen bilan ifodalanadi. Agar oq ko'zli urg'ochi pashsha qizil ko'zli erkak pashsha bilan chatishtirilsa, F, da qanday ajralish namoyon bo'ladi?
A. 100% qizil
B. 75% q izil: 25% oq
C. 50% q izil: 50% oq
D. 25% q iz il: 75% oq
12-masala. Drozofila pashshasida ko'zining oq rangi X-xromosomadagi retsessiv gen bilan ifodalanadi. Agar oq ko'zli urg'ochi pashsha qizil ko'zli erkak pashsha bilan chatishtirilsa, F1, da olingan duragaylarning qaysi birida ko'zning rangi qizil bo'ladi?
A. urg'ochi va erkaklarda
B. faqat urg'ochilarda
C. faqat erkaklarda
D. F, da qizil rangli pashshalar uchramaydi
Download 106.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling