6- bob. Uch fazali zanjirlar
Yuklama uchburchak usulda ulangan zanjirda simmetrik rejim
Download 388.18 Kb.
|
Uch fazali zanjirlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2.3. Simmetrik uch fazali sistemaning quvvatlari
6.2.2. Yuklama uchburchak usulda ulangan zanjirda simmetrik rejim
Yuklama uchburchak ulangan uch fazali zanjirda shart bajarilganida va u simmetrik EYK (kuchlanish) lar sistemasidan ta'minlanganida zanjirda simmetrik rejim yuzaga keladi (6.9- rasm, a). Kuchlanishlar topografik diagrammasi 6.9- rasm, b da keltirilgan. Unga ko‘ra kuchlanishlar simmetrik yulduz hosil qiladi. Kirxgof birinchi qonuniga ko‘ra liniya toklari faza toklari orqali quyidagicha ifodalanadi: Bundan ekanligi kelib chiqadi, ya'ni liniya toklari simmetrik vektorlar sistemasini hosil qiladi. Yuklama induktiv ( >0) xarakterli bo‘lganida faza toki mos faza kuchlanishidan burchakka orqada qoladi (6.9- rasm, b). а) b) 6.9- rasm liniya tokini faza toklari orqali ifodalaymiz: boshqa liniya toklari uchun esa: Shunday qilib, yuklama uchburchak ulangan simmetrik uch fazali zanjirda liniya kuchlanishi faza kuchlanishiga teng bo‘lib, liniya toki faza tokidan marta katta bo‘ladi, ya'ni U L= UF, IL = IF. 6.2.3. Simmetrik uch fazali sistemaning quvvatlari Ikkinchi bobda ko‘rib o‘tganimizdek, sinusoidal tok zanjirida oniy quvvat vaqtning funksiyasi bo‘lib, quyidagiga teng: . Simmetrik uch fazali zanjirda oniy quvvat fazalar oniy quvvatlarining yig‘indisi ko‘rinishida aniqlanadi, ya'ni: (6.4) ifodadan ko‘rinib turibdiki, simmetrik uch fazali zanjirning oniy quvvati vaqtga bog‘liq emas va zanjir aktiv quvvatiga teng. Bu uch fazali tizimning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lib, davr mobaynida generator ta'minlab turgan yuklama (masalan, rotor valining aylantiruvchi momenti) o‘z qiymatini o‘zgarishsiz saqlaydi. Bir davr mobaynida oniy quvvat qiymati o‘zgarmaydigan uch fazali zanjir muvozanatlashgan zanjir deb ataladi. Nosimmetrik rejimda esa bu xossa o‘z kuchini yo‘qotadi. Uch fazali zanjir aktiv quvvati har bir faza aktiv quvvatlarining yig‘indisiga teng, ya'ni: . Uch fazali zanjirlarni hisoblashda liniya kuchlanishi va toklaridan foydalanish qulayroq. Yulduz ulangan sxema uchun , , uchburchak ulangan sxema uchun esa , bo‘lganligi sababli ulanish sxemasidan qat'i nazar simmetrik uch fazali zanjirning aktiv quvvati ifoda bilan aniqlanadi. Simmetrik uch fazali zanjirning reaktiv va to‘la quvvatlari quyidagicha topiladi: , , bu yerda - faza kuchlanishi va faza toki orasidagi burchak siljishi. Agar simmetrik uch fazali zanjirda yulduz ulangan faza yuklamalari uchburchak sxemasida qayta ylansa, u holda munosabat hisobidan har bir faza yuklamasidagi tok marta, har bir liniyadagi tok esa munosabat hisobidan 3 marta ortadi. Buning natijasida uch fazali yuklama quvvati 3 marta ortadi. Download 388.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling