6-§. Jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) 570-modda. Asosiy tushunchalar


-modda. Jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ishtirok etuvchi shaxslar uchun kafolatlar


Download 471.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana05.11.2023
Hajmi471.05 Kb.
#1749211
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish olimaka

578-modda. Jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ishtirok etuvchi shaxslar uchun kafolatlar 
Yarashtirish komissiyasining a’zolari, mehnat arbitrlari jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ishtirok etish 
vaqtida nizoni hal etish (tartibga solish) vaqti uchun o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda asosiy ishidan ozod qilinadi. 
Xodimlarning, ular birlashmalarining jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ishtirok etayotgan vakillari 
jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) davrida intizomiy jazoga tortilishi, boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin emas, ular 
bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ularning vakilligiga vakolat bergan organning oldindan roziligini olmay turib, ish beruvchining 
tashabbusiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin emas. 
579-modda. Yarashtiruv tartib-taomillarida ishtirok etishdan bo‘yin tovlash 
Jamoaviy mehnat nizosi taraflaridan biri yarashtirish komissiyasini tuzishda yoki uning ishida ishtirok etishdan bo‘yin tovlagan 
taqdirda, jamoaviy mehnat nizosining boshqa tarafi keyingi ish kunidan (smenadan) kechiktirmay jamoaviy mehnat nizosini mediator 
ishtirokida hal etish (tartibga solish) to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazishni talab qilishga haqli. 
Jamoaviy mehnat nizosining taraflaridan biri jamoaviy mehnat nizosini mediator ishtirokida hal etish (tartibga solish) 
to‘g‘risidagi muzokaralardan bo‘yin tovlagan taqdirda, jamoaviy mehnat nizosining boshqa tarafi keyingi ish kunidan (smenadan) 
kechiktirmay, jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida hal etish (tartibga solish) to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazishni talab qilishga 
haqli. 


Ish beruvchi (ish beruvchining vakili) vaqtinchalik mehnat arbitrajini tuzishdan, jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga 
solish) uchun doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi mehnat arbitrajiga o‘tkazishdan yoki jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida hal 
etishda (tartibga solishda) ishtirok etishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, yarashtiruv tartib-taomillari jamoaviy mehnat nizosini hal etishga 
(tartibga solishga) olib kelmagan deb hisoblanadi. 

Download 471.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling