6-§. Jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) 570-modda. Asosiy tushunchalar
-modda. Xodimlarning va ular vakillarining talablarini ko‘rib chiqish
Download 471.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ish olimaka
- Bu sahifa navigatsiya:
- 573-modda. Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari
- 574-modda. Jamoaviy mehnat nizosini yarashtirish komissiyasi tomonidan hal etish (tartibga solish)
572-modda. Xodimlarning va ular vakillarining talablarini ko‘rib chiqish
Ish beruvchilar xodimlarning o‘zlariga yuborilgan talablarini ko‘rib chiqish uchun qabul qilishi shart. Ish beruvchi qabul qilingan qaror to‘g‘risida kasaba uyushmasi qo‘mitasiga xodimlarning talablari olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida yozma shaklda xabar beradi. Ish beruvchilarning (ish beruvchilar birlashmalarining) vakillari kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, agar tegishli darajada kasaba uyushmalari mavjud bo‘lmasa, xodimlar boshqa birlashmalarining o‘zlariga yuborilgan talablarini ko‘rib chiqishi va qabul qilingan qaror haqida ularga ko‘rsatilgan talablar olingan kundan e’tiboran bir oy ichida xabar berishi shart. 573-modda. Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari Jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) tartibi quyidagi bosqichlardan iborat: nizoni yarashtirish komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqishdan; nizoni mediator ishtirokida ko‘rib chiqishdan; nizoni mehnat arbitrajida ko‘rib chiqishdan. Jamoaviy mehnat nizosi taraflarining hech biri yarashtiruv tartib-taomilida ishtirok etishdan bosh tortishga haqli emas. Jamoaviy mehnat nizosi taraflarining vakillari, yarashtirish komissiyasi, mediator, mehnat arbitraji, jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha davlat organi yuzaga kelgan jamoaviy mehnat nizosini hal etish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan barcha imkoniyatlardan foydalanishi shart. Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari ushbu paragrafda nazarda tutilgan muddatlarda o‘tkaziladi. Zarur bo‘lgan taqdirda, yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillarini o‘tkazish uchun nazarda tutilgan muddatlar jamoaviy mehnat nizosi taraflarining roziligiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi qaror yarashtirish komissiyasi majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 574-modda. Jamoaviy mehnat nizosini yarashtirish komissiyasi tomonidan hal etish (tartibga solish) Ijtimoiy sheriklikning birlamchi darajasida jamoaviy mehnat nizosi yuzaga kelgan taqdirda, jamoaviy mehnat nizosi boshlangan kundan e’tiboran ikki ish kunigacha bo‘lgan muddatda, ijtimoiy sheriklikning boshqa darajalarida jamoaviy mehnat nizosi yuzaga kelgan taqdirda esa jamoaviy mehnat nizosi boshlangan kundan e’tiboran uch ish kunigacha bo‘lgan muddatda yarashtirish komissiyasi tuziladi. Jamoaviy mehnat nizosini ijtimoiy sheriklikning birlamchi darajasida hal etish chog‘ida yarashtirish komissiyasini tuzish haqidagi qaror ish beruvchining tegishli buyrug‘i (farmoyishi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Ijtimoiy sheriklikning boshqa darajalarida jamoaviy mehnat nizolarini hal etish chog‘ida yarashtirish komissiyalarini tuzish to‘g‘risidagi qarorlar tegishli darajadagi ish beruvchilar vakillarining va xodimlar vakillarining tegishli hujjatlari (buyrug‘i, farmoyishi, qarori) bilan rasmiylashtiriladi. Yarashtirish komissiyasi jamoaviy mehnat nizosi taraflarining vakillaridan teng asosda shakllantiriladi. Ish beruvchi (ish beruvchilarning vakili) yarashtirish komissiyasining ishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Ijtimoiy sheriklikning birlamchi darajasidagi jamoaviy mehnat nizosi yarashtirish komissiyasi tomonidan besh ish kunigacha bo‘lgan muddatda, ijtimoiy sheriklikning boshqa darajalaridagi jamoaviy mehnat nizosi esa yarashtirish komissiyasini tuzish haqida tegishli hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n ish kunigacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak. Yarashtirish komissiyasining qarori jamoaviy mehnat nizosi taraflarining kelishuvi asosida qabul qilinadi, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bu nizo taraflari uchun majburiy kuchga ega hamda yarashtirish komissiyasining qarorida belgilangan tartibda va muddatlarda ijro etiladi. Yarashtirish komissiyasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, jamoaviy mehnat nizosining taraflari kelishmovchiliklarning bayonnomasini tuzadi va jamoaviy mehnat nizosini mediator ishtirokida ko‘rib chiqish to‘g‘risida muzokaralarga kirishadi. Agar kelishmovchiliklar bayonnomasi tuzilganidan keyin uch ish kuni ichida jamoaviy mehnat nizosining taraflari muzokaralarga kirishmasa, jamoaviy nizoni mediator ishtirokida ko‘rib chiqish haqidagi masala taraflar kelishuvga erishmaganligi sababli olib tashlanadi. Bu holda taraflar nizoni mehnat arbitrajiga ko‘rib chiqish uchun topshirish to‘g‘risidagi muzokaralarga o‘tadi. Download 471.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling