19.10.2023
184
-um-son
Doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyasini tuzish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi
Qonuni
16-moddasi hamda “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish” bo‘yicha 19-son
buxgalteriya hisobining milliy standartiga (1999-yil 2-noyabr, ro‘yxat raqami 833)
asosan
BUYURAMAN:
1. Universitetda inventarizatsiyalarni o‘tkazish
uchun quyidagi tarkibda
doimiy ishlaydigan komissiya tuzilsin:
Moliya iqtisod ishlari bo‘yicha
prorektor - komissiya raisi;
Bosh buxgalter - komissiya a‘zosi;
Bosh auditor - komissiya a‘zosi.
2. Mazkur Komissiya faoliyatini “Inventarizatsiyani
tashkil etish va
o‘tkazish” bo‘yicha 19-son buxgalteriya hisobining milliy standarti (1999-yil 2-
noyabr, ro‘yxat raqami 833) ga qat‘iy amal qilgan holda olib borsin.
3. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish prorektor A. Iminov
zimmasiga
yuklansin.
Rektor v.v.b.
I.RUSTAMBEKOV
Toshkent
shahar