6-§. Jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) 570-modda. Asosiy tushunchalar


-modda. Xodimlarning va ular vakillarining talablarini ko‘rib chiqish


Download 471.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana05.11.2023
Hajmi471.05 Kb.
#1749211
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish olimaka

572-modda. Xodimlarning va ular vakillarining talablarini ko‘rib chiqish 
Ish beruvchilar xodimlarning o‘zlariga yuborilgan talablarini ko‘rib chiqish uchun qabul qilishi shart. 
Ish beruvchi qabul qilingan qaror to‘g‘risida kasaba uyushmasi qo‘mitasiga xodimlarning talablari olingan kundan e’tiboran uch 
ish kuni ichida yozma shaklda xabar beradi. 
Ish beruvchilarning (ish beruvchilar birlashmalarining) vakillari kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, agar tegishli 
darajada kasaba uyushmalari mavjud bo‘lmasa, xodimlar boshqa birlashmalarining o‘zlariga yuborilgan talablarini ko‘rib chiqishi va 
qabul qilingan qaror haqida ularga ko‘rsatilgan talablar olingan kundan e’tiboran bir oy ichida xabar berishi shart. 
573-modda. Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari 
Jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) tartibi quyidagi bosqichlardan iborat: 
nizoni yarashtirish komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqishdan; 
nizoni mediator ishtirokida ko‘rib chiqishdan; 
nizoni mehnat arbitrajida ko‘rib chiqishdan. 
Jamoaviy mehnat nizosi taraflarining hech biri yarashtiruv tartib-taomilida ishtirok etishdan bosh tortishga haqli emas. 
Jamoaviy mehnat nizosi taraflarining vakillari, yarashtirish komissiyasi, mediator, mehnat arbitraji, jamoaviy mehnat nizolarini 
tartibga solish bo‘yicha davlat organi yuzaga kelgan jamoaviy mehnat nizosini hal etish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan barcha 
imkoniyatlardan foydalanishi shart. 
Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari ushbu paragrafda nazarda tutilgan muddatlarda o‘tkaziladi. 
Zarur bo‘lgan taqdirda, yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillarini o‘tkazish uchun nazarda tutilgan muddatlar jamoaviy mehnat 
nizosi taraflarining roziligiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi qaror yarashtirish komissiyasi majlisining 
bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 
574-modda. Jamoaviy mehnat nizosini yarashtirish komissiyasi tomonidan hal etish (tartibga solish) 
Ijtimoiy sheriklikning birlamchi darajasida jamoaviy mehnat nizosi yuzaga kelgan taqdirda, jamoaviy mehnat nizosi boshlangan 
kundan e’tiboran ikki ish kunigacha bo‘lgan muddatda, ijtimoiy sheriklikning boshqa darajalarida jamoaviy mehnat nizosi yuzaga 


kelgan taqdirda esa jamoaviy mehnat nizosi boshlangan kundan e’tiboran uch ish kunigacha bo‘lgan muddatda yarashtirish komissiyasi 
tuziladi. 
Jamoaviy mehnat nizosini ijtimoiy sheriklikning birlamchi darajasida hal etish chog‘ida yarashtirish komissiyasini tuzish 
haqidagi qaror ish beruvchining tegishli buyrug‘i (farmoyishi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. 
Ijtimoiy sheriklikning boshqa darajalarida jamoaviy mehnat nizolarini hal etish chog‘ida yarashtirish komissiyalarini tuzish 
to‘g‘risidagi qarorlar tegishli darajadagi ish beruvchilar vakillarining va xodimlar vakillarining tegishli hujjatlari (buyrug‘i, farmoyishi, 
qarori) bilan rasmiylashtiriladi. 
Yarashtirish komissiyasi jamoaviy mehnat nizosi taraflarining vakillaridan teng asosda shakllantiriladi. 
Ish beruvchi (ish beruvchilarning vakili) yarashtirish komissiyasining ishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. 
Ijtimoiy sheriklikning birlamchi darajasidagi jamoaviy mehnat nizosi yarashtirish komissiyasi tomonidan besh ish kunigacha 
bo‘lgan muddatda, ijtimoiy sheriklikning boshqa darajalaridagi jamoaviy mehnat nizosi esa yarashtirish komissiyasini tuzish haqida 
tegishli hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n ish kunigacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak. 
Yarashtirish komissiyasining qarori jamoaviy mehnat nizosi taraflarining kelishuvi asosida qabul qilinadi, bayonnoma bilan 
rasmiylashtiriladi, bu nizo taraflari uchun majburiy kuchga ega hamda yarashtirish komissiyasining qarorida belgilangan tartibda va 
muddatlarda ijro etiladi. 
Yarashtirish komissiyasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, jamoaviy mehnat nizosining taraflari kelishmovchiliklarning 
bayonnomasini tuzadi va jamoaviy mehnat nizosini mediator ishtirokida ko‘rib chiqish to‘g‘risida muzokaralarga kirishadi. 
Agar kelishmovchiliklar bayonnomasi tuzilganidan keyin uch ish kuni ichida jamoaviy mehnat nizosining taraflari 
muzokaralarga kirishmasa, jamoaviy nizoni mediator ishtirokida ko‘rib chiqish haqidagi masala taraflar kelishuvga erishmaganligi 
sababli olib tashlanadi. Bu holda taraflar nizoni mehnat arbitrajiga ko‘rib chiqish uchun topshirish to‘g‘risidagi muzokaralarga o‘tadi. 

Download 471.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling