6-§. Jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) 570-modda. Asosiy tushunchalar
-modda. Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha davlat organlari
Download 471.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ish olimaka
577-modda. Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha davlat organlari
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha davlat organlaridir. Ish beruvchi jamoaviy mehnat nizosi boshlangan paytdan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha davlat organini tashkilotda nizo yuzaga kelganligi haqida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi: ijtimoiy sheriklikning tarmoq va respublika darajasida yuzaga keladigan jamoaviy mehnat nizolarining hisobini yuritadi; jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishga ko‘maklashadi; mehnat arbitrlarini hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritadi; mehnat arbitrlarini tayyorlashni tashkil etadi; jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida ko‘rib chiqishga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi tavsiyalarni tasdiqlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari: ijtimoiy sheriklikning birlamchi va hududiy darajasida yuzaga keladigan jamoaviy mehnat nizolarining hisobini yuritadi; jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishga ko‘maklashadi. Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida: zarur bo‘lgan taqdirda, jamoaviy mehnat nizosi taraflari vakillarining vakolatlarini tekshiradi; jamoaviy mehnat nizolarining yuzaga kelish sabablarini aniqlaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; jamoaviy mehnat nizosining taraflariga uni ko‘rib chiqish va tartibga solishning barcha bosqichlarida uslubiy yordam ko‘rsatadi. Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha davlat organlari jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishga doir ishlarni tashkil etish chog‘ida xodimlar va ish beruvchilarning vakillari bilan hamkorlik qiladi. Download 471.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling