6- laboratoriya ishi. Bir pog’onali chervyakli reduktorni o‘rganish
Download 160.26 Kb.
|
6-LABORATORIYA ISH1
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISH BO‘YICHA QISQACHA NAZARIY MA’LUMOTLAR
6- LABORATORIYA ISHI.BIR POG’ONALI CHERVYAKLI REDUKTORNI O‘RGANISHIshdan ko‘zda tutilgan maqsad. Chervyakli reduktor kon- struksiyasini o‘rganish, uning asosiy detallari vazifasi va ishlashi bilan tanishish, o‘lchamlari va parametrlarini aniqlash. ISH BO‘YICHA QISQACHA NAZARIY MA’LUMOTLARChervyakli uzatmalar harakatni ilashish asosida ayqash vallarga uzatish uchun xizmat qiladi. Amalda ko‘pincha ayqashlik burchagi 900 bo‘ladi. Chervyakli uzatmalarda harakat xuddi vintli juftning ish- lashi yoki qiya tekislikda massaning ko‘tarilishi kabi uzatiladi. Chervyakli uzatmalarning quyidagi afzalliklari bor: ─uzatish nisbati katta va uzatma ixcham bo‘ladi; ─ravon va shovqinsiz ishlaydi; ─kinematik aniqligi yuqori; ─o‘z-o‘zidan tormozlanuvchi qilib tayyorlanishi mumkin. Chervyakli uzatmaning kamchiliklari: ─foydali ish koeffitsienti nisbatan kichik; ─uzatmaning qizishi va tez yeyilishi; ─chervyakli uzatma g‘ildiraklarida qimmatbaho rangli metall qotishmalari─bronzalarning qo‘llanilishi. Bir pog‘onali chervyakli reduktorda uzatish nisbati i 8 80 or- alig‘ida bo‘ladi. Chervyakli reduktorlarda chervyak g‘ildirakning ustida, ostida va yonida joylashtirilishi mumkin. Chervyakning aylana tezligi 4─5 m/s gacha bo‘lgan hollarda uni g‘ildirak ostida joylashti- rish zarur. Bunday joylashishda moylash sharoitlari yaxshi bo‘ladi, ay- lana tezligi 5 m/s dan katta bo‘lgan chervyakni g‘ildirak ustida joy- lashtirish tavsiya etiladi. Bu holda uzatmani moylash va issiqlik uzatish sharoitlari chervyagi pastda joylashgan holdagidan yomon bo‘ladi. Chervyagi yon tomonda joylashgan reduktorlarda ilashmani va reduktor podshipniklarini moylash sharoiti qiyinlashadi, shu sa- babli bunday joylashishni faqat mexanizmlarning kompanovkasida joylashtirish talabidan kelib chiqib qo‘llanadi. Chervyakli reduktorlarda ham asosan dumalash podshipniklari ishlatiladi. 6.1-rasmda chervyagi yuqorida joylashgan chervyakli reduktor tasvirlangan. Reduktorning asosiy detal va uzellari quyidagilardan iborat. 6.1-rasm. Chervyakli reduktor Chervyak. Chervyak g‘ildiragi. Reduktor korpusi. G‘ildirak podshipnigining yopiq qopqog‘i. G‘ildirak podshipnigining teshik qopqog‘i. Chervyak podshipnigining yopiq qopqog‘i. Chervyak podshipnigining teshik qopqog‘i. Havo bo‘shatgich. Ko‘rish darchasining qopqog‘i. Chervyakning dumalash podshipniklari. Chervyak g‘ildiragining podshipniklari. Zichlagichlar. Chervyakli g‘ildirak vali. Shponka. Rim boltlar. Moy o‘tkazuvchi quvur (moylash tizimiga tegishli). Sozlovchi qistirma. Biriktiruvchi bolt, gayka va shaybalar. Moy ko‘rsatgich (chizmada ko‘rsatilmagan). Moy to‘kuvchi tiqin (chizmada ko‘rsatilmagan). Chervyak uglerodli va legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. Chervyak g‘ildiragi ko‘pincha chervyak bilan antifriksion juft hosil qiladigan yumshoq material bo‘lgan bronza, cho‘yan yoki latundan tayyorlanadi. Reduktor korpusi ko‘pincha kulrang cho‘yandan quyib tayyorla- nadi. Korpus chervyak va g‘ildirak vali uchun tayanch bo‘ladi. Kichik gabaritli chervyakli reduktorlarda korpus yaxlit qilib, ajraladigan sirt- siz (ajralish sirti) qilib tayyorlanadi. Bunda chervyak, chervyak g‘ildiraklari va ularning podshipniklari olinadigan yon qopqoqlar orqali yig‘iladi. Chervyakli reduktor korpusi ko‘pincha qovurg‘ali qilib tayyorlanadi, qovurg‘a sirtining yuzasi issiqlik uzatish yuzasini oshiradi. Chervyakli uzatmada o‘q bo‘ylab yo‘nalgan katta kuch hosil bo‘l- gani uchun chervyak va chervyak g‘ildiragi tayanchlarida radial-tirak rolikli (ba’zan sharikli) podshipniklar qo‘llanadi. Download 160.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling