Chervyakli reduktor.
Kalitlar to‘plami.
Shtangenreysnus.
Shtangensirkul.
Masshtabli chizg‘ich.
Kronsirkul.
ISH BAJARISH TARTIBI
Reduktorning tashqi ko‘rinishi kuzatiladi. Korpus konstruksi- yasi va detallarining vazifasi o‘rganiladi. Kuzatish natijalari 6.1- jadvalga yoziladi.
Reduktorning kinematik sxemasi chiziladi.
Reduktorning geometrik, kinematik parametrlari aniqlanadi va 6.2-jadvalga yoziladi.
O‘qlararo masofa o‘lchanadi.
G‘ildirak tishlar soni z2 va chervyak kirimlar soni z1 sanaladi.
Quydagilar o‘lchanadi:
─g‘ildirak tishlari va chervyak o‘ramlari ustidan o‘tgan diametri
da2 va da1;
─chervyakning o‘q bo‘yicha qadami px;
─chervyakning rezba kesilgan qismi uzunligi b1;
─g‘ildirak gardishining eni b2.
Hisoblang:
─uzatish nisbati i ;
─uzatmaning o‘q bo‘yicha moduli, uning qiymati GOST bo‘yicha yaxlitlanadi;
─chervyak va g‘ildirak bo‘luvchi aylanalari diametri d1 va d2;
─chervyakning nisbiy diametr koeffitsienti q;
─g‘ildirak tishining tubidan o‘tuvchi va chervyak ichki diametr- lari df2 va df1.
─chervyak vint chizig‘ining ko‘tarilish burchagi ;
Reduktorning biron detalining eskizi chiziladi.
Reduktorning konstriktiv xususiyatlari bo‘yicha xulosa qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |