6 – laboratoriya ishi


Download 405.31 Kb.
bet6/7
Sana11.05.2023
Hajmi405.31 Kb.
#1452831
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-dedline elektronika

10-laboratoriya ishi


Mavzu: OK parametrlarini tadqiq etish.
Ishning maqsadi: operatsion kuchaytirgich parametrlarini o‘lchash usullarini o‘rganish.
Nazariy qism.
Dastlab operatsion kuchaytirgichlar (OK) analog hisoblash mashinalarida matematik amallarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Birinchi lampali operatsion kuchaytirgichni 1942 yilda L.Djuli (AQSH) ishlab chiqqan. U o‘lchamlari katta va qimmat qurilma bo‘lgan. Keyinchalik lampalar tranzistorlarga almashtirilgandan keyin ular ixcham , arzon bo‘lgan, ishonchliligi nisbatan ortgan va natijada ularning qo‘llanish sohalari kengaygan. Birinchi tranzistorli operatsion kuchaytirgichlar sotuvda 1959 yilda paydo bo‘lgan. Boshqa elektron sxemalar bilan bir qatorda ularning ishonchliligini yanada orttirish, xarakteristikalarini mukammallashtirish, narxini arzonlashtirish, va o‘lchamlarini kichraytirishga bo‘lgan talablar 1958 yilda Texas Instruments firmasida yaratilgan integral mikrosxemalar texnologiyasining rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Johon bozorlarida muvaffaqiyat qozongan birinchi integral OK mA702 R.Uidlarom (AQSH) tomonidan 1963 yilda yaratilgan. Hozirgi vaqtda yuzlab nomdagi operatsion kuchaytirgichlar ishlab chiqariladi va ular keng qo‘llaniladi.
Operatsion kuchaytirgich kirish toklari kichik va kuchaytirish koeffitsienti juda katta bo‘lgan o‘zgarmas tok kuchaytirgichidir. O‘lchamlari va narxi bo‘yicha, umuman olganda, alohida tranzistordan farq qilmaydi. Lekin operatsion kuchaytirgichlar tranzistorlarga nisbatan stabilligi, xarakteristikalarining mukammalligi, imkoniyatlarining kattaligi bo‘yicha afzalliklarga ega. SHu sababli ular, hozirgi vaqtda, sxema elementlari sifatida analog sxemotexnikaning ko‘plab sohalarida tranzistorlarning o‘rniga qo‘llaniladi.
Operatsion kuchaytirgichning musbat hamda manfiy kirish signallari bilan ishlashi uchun ikki qutbli ta’minlash kuchlanishidan foydalaniladi. Buning uchun ikkita ta’minlash manbasi ko‘zda tutiladi.

10.1-rasm. Operatsion kuchaytirgich
Operatsion kuchaytirgich deyarli doimo manfiy teskari bog‘lanish bilan qamrab olingan bo‘ladi (10.1-rasm). Teskari bog‘lanishning xossalari operatsion kuchaytirgichli sxemaning xossalarini belgilaydi.



10.1-rasm. Manfiy teskari bog‘lanish
Teskari bog‘lanishning prinsipi quyidagicha. CHiqish kuchlanishining ma’lum qismi teskari bog‘lanish zanjiri orqali kuchaytirgichning kirishiga beriladi (qaytariladi). Agar teskari bog‘lanish kuchlanishi kirish kuchlanishidan ayirilsa, bunday teskari bog‘lanish manfiy deb ataladi.
Manfiy teskari bog‘lanishli operatsion kuchaytirgichning (10.2-rasm) chiqishidagi kuchlanish
Uchiq =KUUd =KU(Ukir - Uchiq),
bu erda KU - operatsion kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti, -teskari bog‘lanish koeffitsienti.
Tenglamani Uchiq /Ukir ga nisbatan echamiz
Uchiq = KUUkir - KUUchiq,
SHunday qilib, teskari bog‘lanishli operatsion kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti faqat teskari bog‘lanish zanjiriga bog‘liq. Eng sodda holda teskari bog‘lanish zanjiri rezistorli kuchlanish bo‘lgich bo‘lishi mumkin. Bunda OK chiziqli kuchaytirgich sifatida ishlaydi. Agar teskari bog‘lanish zanjiri sifatida RC-zanjir qo‘llanilsa aktiv filtr hosil bo‘ladi.



Download 405.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling