6 – laboratoriya ishi
Ideal operatsion kuchaytirgich
Download 405.31 Kb.
|
2-dedline elektronika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘llanilishi
Ideal operatsion kuchaytirgich
Quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan kuchaytirgichni ideal operatsion kuchaytirgich deb ataymiz: kuchlanish bo‘yicha cheksiz katta kuchaytirish koeffitsientiga ega KU=Uchiq /(U1 - U2) (real OK da 1000 dan 100 mln. gacha); nolga teng bo‘lgan nolning siljish kuchlanishi, ya’ni kirishlaridagi kuchlanishlar teng bo‘lganda chiqish kuchlanishi nolga teng (real OK larda 5 mkV dan 50 mV gacha); nolga teng bo‘lgan kirish toklari (real OK larda pA ning ulushlaridan bir necha mkA gacha); nolga teng bo‘lgan chiqish kuchlanishi (quvvati kichik real OK larda o‘nlab Om dan bir necha kOm gacha); sinfaz signalni kuchaytirish koeffitsienti nolga teng; kirish signalining o‘zgarishiga oniy tarzda darhol aks sado berishi (real operatsion kuchaytirgichlarda kirish signali o‘zgargandan keyin chiqish signalining o‘rnatilish vaqti nanosekundlardan yuzlab mikrosekundlargacha). Ideal operatsion kuchaytirgich — bu kuchaytirish koeffitsienti va o‘tkazish sohasining kengligi cheksiz, amplituda-chastotaviy xarakteristikasi (ACHX) tekis, kirish qarshiligi cheksiz, chiqish qarshiligi nolga teng hamda nolning dreyfi (og‘ishi) bo‘lmagan ideal kuchaytirgichdir. Amalda real operatsion kuchaytirgichlar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: juda katta kuchaytirish koeffitsienti (50000 dan YUqori); juda keng o‘tkazish sohasi va tekis ACHX; juda YUqori kirish qarshiligi; juda kichik chiqish qarshiligi; juda kichik nolning dreyfi. Qo‘llanilishi Operatsion kuchaytirgichlarning qo‘llanilish sohasi juda keng. Ularni invertirlovchi, invertirlamaydigan, jamlovchi va differensiallovchi kuchaytirgichlar, kuchlanish takrorlagich, integrator va komparator sifatida qo‘llash mumkin. Operatsion kuchaytirgichga ulanadigan tashqi komponentlar uning konkret qo‘llanilish sohasini belgilaydi. Download 405.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling