2.1.Jukov asbobida qotish haroratini aniqlash.
Kerakli reaktiv va asboblar: Yоg’, suv hammomi, Jukov asbobi, termometr.
Ishning bajarilishi. Jukov asbob ikki devorli shisha idish bo’lib, (11-rasm) devorlar orasida vakuum hosil qilingan, bu vakuum atrof muhitga yuqori issiqlik izolyatsiyasini va minimal issiqlik yo’qolishini ta’minlaydi. Bu katta sig’imli idishlarni qo’llash va oz miqdordagi moddalarni tahlil qilish imkonini ham beradi.
Eritilgan yog’ asbob yuqori qismidan 2 sm past holatda quyiladi. Eritilgan yog’ning harorati kutilayotgan qotish haroratidan 10-15oC ga yuqori bo’lishi kerak. Termometr shunday sozlanadi-ki, simob sharigi eritilgan yog’ning o’rtasida bo’lishi kerak. Asbobdagi yog’ni termometr bilan xiralashgunga qadar aralashtiriladi. So’ngra aralashtirish to’xtatilib, haroratning o’zgarishi kuzatiladi. Ma’lum vaqt oralig’ida termometr ko’rsatkichi yoziladi. Shu yozma asosida koordinata grafigi tuziladi. Bu grafikdan qotish harorati aniqlanadi.
I II III IV
12-rasm. Qotish harorati grafiklari
Nazorat savollari
Yog’larni gidrogenlash usullari.
Moylarni gidrogenlash jarayonining parametrlari.
Gidrogenlangan yog’larning ko’rsatgichlari.
Yog’larni erish xaroratini aniqlash dan maqsad.
Do'stlaringiz bilan baham: |