6 – laboratoriya ishi yorug‘likning qutblanish hodisasini o‘rganish


Download 196.29 Kb.
bet2/5
Sana25.12.2022
Hajmi196.29 Kb.
#1066196
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5238035105091424674

Malyus qonuni
Tabiiy yorug‘lik to‘lqinida elektr maydon vektori E tebranish tekisligi bo‘ylab betartib joylashgan bo‘ladi va vaqt o‘tishi bilan tasodifiy ravishda o‘zgarib turadi. Bu holda fazalar farqi  ga teng bo‘lmaydi va u xoatik ravishda o‘zgarib turadi. Bu holda natijaviy E elektr maydon tebranish tekisligi ham xaotik ravishda o‘z holatini o‘zgartirib turadi. Yassi qutblangan yorug‘likni tabiiy yorug‘likdan qutblantirgich deb ataluvchi optik asboblar yordamida olish mumkin. Bu asboblar yorug‘lik tebranishlaridan o‘zining qutblantirish tekisligiga mos bo‘lganlarini o‘tkazib, unga ko‘ndalang bo‘lganlarni to‘la tutib qoladi.
Tabiiy yorug‘likdan ma'lum bir tekislikda tebranuvchi nurlar dastasini ajratib olinishiga qutblanish deyiladi.

Qutblanish tekisligi bilan  burchak tashkil etgan tekislikda tebranuvchi A amplitudali har qanday tebranishni ikki A||Acos va AAsin amplitudali (12.3 a-rasm, nur rasm tekisligiga tik yo‘nalgan) tebranishlarga ajratish mumkin. Birinchi A|| tebranish qutblantirgich asbobdan o‘tib, ikkinchisi A da to‘la tutilib qoladi. O‘tgan to‘lqin intensivligi A||2A2cos2ga proporsional, ya'ni Icos2 ga teng. Bu yerda I – A amplitudali tebranishlarning intensivligi. Demak qutblantirgichning qutblantirish tekisligiga parallel tebranishlar intensivligi umumiy intensivlikni cos2 ning o‘rtachasiga teng qismini, ya'ni 12 ni tashkil etar ekan. Qutblantirgichni nur tarqalayotgan o‘q atrofida aylantirilganda undan o‘tgan to‘lqin intensivligi o‘zgarmasdan faqat to‘lqin tebranish tekisligi o‘zgaradi.
Faraz qilaylik qutblantirgichga chiziqli qutblangan Ao amplitudali va Io intensivlikka ega bo‘lgan (yorug‘lik) lazer nuri tushayotgan bo‘lsin (12.3 b-rasm).
Qutblantirgichdan tebranishlarning AAocos qismi o‘tadi, bu yerda – qutblantirgichning qutblantirish tekisligi bilan unga tushayotgan to‘lqin tebranish tekisligi orasidagi burchak. Demak o‘tgan yorug‘likning I intensivligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi
IIocos2 (12.2)

va Malyus qonuni deyiladi.





Download 196.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling