6 – laboratoriya ishi yorug‘likning qutblanish hodisasini o‘rganish


Yassi qutblangan yorug‘likning kristall plastinkadan o‘tishi


Download 196.29 Kb.
bet4/5
Sana25.12.2022
Hajmi196.29 Kb.
#1066196
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5238035105091424674

Yassi qutblangan yorug‘likning kristall plastinkadan o‘tishi
Yorug‘likning, kub simmetriyali strukturadan tashqari, shaffof kristallardan o‘tishida nurning ikkilanib sinish hodisasi ro‘y beradi. Buning ma'nosi shundan iboratki yorug‘lik shaffof kristalldan o‘tishida ikki nurga (oddiy va g‘ayrioddiy) ajraladi. Umuman, nurlar turli tezlik bilan, hamda turli yo‘nalishlarda tarqaladi.
Bunday kristallar anizotrop kristallar bo‘lib, ularda shunday yo‘nalish borki, bu yo‘nalishda oddiy va g‘ayrioddiy nurlar ajralmasdan bir xil tezlik bilan tarqaladi. Bu yo‘nalish kristallning bosh optik o‘qi deyiladi. Kristallning bosh optik o‘qi yo‘nalishida, hamda unga ko‘ndalang yo‘nalishdagi dielektrik singdiruvchanlik mos ravishda || va  bo‘lib, ular o‘zaro teng bo‘lmasa, bunday kristalga anizotrop kristall deyiladi.
Oddiy nurda elektr maydon kuchlanganlik vektori E ning tebranishi kristallning bosh optik o‘qiga ko‘ndalang bo‘ladi. Bu nur vo tezlik bilan tarqaladi. Elektr maydon kuchlanganlik vektori E ning tebranishi kristallning bosh optik o‘qiga parallel bo‘lgan g‘ayrioddiy to‘lqin tezligi esa ve bo‘ladi.
Yorug‘likning d qalinlikdagi kristall sirtiga tik tushishida (plastinka bosh optik o‘qiga parallel qilib kesilgan) oddiy va g‘ayrioddiy nurlar ajralmasdan, lekin turli tezliklar bilan tarqaladi. Plastinkadan o‘tish vaqti ichida oddiy va g‘ayrioddiy nurlar orasida optik yo‘l farqi

(none)d, (12.7)


va quyidagi fazalar farqi hosil bo‘ladi:


2(none)o (12.8)


bu yerda o – yorug‘likning vakuumdagi to‘lqin uzunligi.


Optik o‘qqa parallel qilib kesilgan plastinka uchun quyidagi

(none)dmoo/4, (12.9)


(m–ixtiyoriy butun son), shart bajarilsa, bunday plastinkaga chorak to‘lqinli (4 to‘lqinli) plastinka deyiladi.


Bunday plastinkadan o‘tgan oddiy va g‘ayrioddiy nurlar orasida 2 ga teng faza farqi hosil bo‘ladi. Yassi qutblangan yorug‘likni 4 plastinkadan o‘tishini ko‘raylik (12.6-rasm).
Kristallga elektr vektori E ning tebranishi, P tekislikda bo‘lgan nur tushayotgan bo‘lsin. Kristallda E vektor ikki Eo va Ee tashkil etuvchilarga ajralib turli tezliklarda tarqaladi va d qalinlikni o‘tishda ular orasidagi faza farqi 2 teng bo‘ladi. Agar tushayotgan nurdagi elektr vektori E ning tebranish tekisligi P bilan plastinka optik o‘qi orasidagi  burchak 45 ga teng bo‘lsa kristall plastinkadan chiqqan oddiy va g‘ayrioddiy nurlardagi elektr maydon kuchlanganlarning amplitudalari o‘zaro teng bo‘ladi. Ya'ni bu holda biz ikki yassi qutblangan amplitudalari o‘zaro teng, 2 fazalar farqiga ega to‘lqinlarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan natijaviy to‘lqinni olamiz. Burchak  ning boshqa qiymatlarida plastinkadan chiqqan nurlarning amplitudalari turlicha bo‘lib qoladi va elliptik qutblangan nurga ega bo‘lamiz. Ellipsning bir o‘qi kristallning optik o‘qi bilan mos tushadi.

Download 196.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling